|
Matlab tizimi imkoniyatlari va uning intеrfеysi
|
bet | 2/7 | Sana | 08.10.2024 | Hajmi | 0,89 Mb. | | #274103 |
Bog'liq Matlab ma\'ruzaMATLAB tizimi interfeysi.
MATLAB tizimining asosiy oynasi quyidagicha ko’rinishda bo’lib, quyidagi bo’limlardan iborat:
Sarlavha satri;
Asosiy mеnyular satri;
Uskunalar panеli;
Ishchi soha;
Komandalar ishchi varag’i;
Oxirgi yozilgan komandalar ro’yxati;
Holat satri.
Asosiy mеnyular satri quyidagi mеnyulardan iborat.
File — fayllar bilan ishlash menyusi
Edit — tahrirlash menyusi
View — uskunalar panelini chiqarish va yopish menyusi
Web — Internet manbalari menyusi
Windows — oynalar bilan ishlash menyusi
Help — ma’lumotnoma menyusi
Menyu buyruqlari:
Fayllar bilan ishlaydigan standart buyruqlarni o’z ichiga olgan File menyusining 1-bandi New buyrug’i bo’lib, unda M-file, Figure, Model, GUI bandlari mavjud.
New+M-file – yangi M-file yaratish
New+Figure – yangi figura(grafik oyna) yaratish
New+Model – yangi model yaratish
New+GUI – yangi FGI( Foydalanuvchining Grafikli Interfeysi)ni yaratish
Izoh: Qolgan menyu va menyu bandlaridagi buyruqlarini mustaqil o’rganish, Windows sistmasida ishlay oladigan foydalanuvchilar ixtiyoriga havola qilamiz.
MATLAB ning ishchi varag’i tom ma’noda uch qismga bo’linadi:
Buyruqlarni kiritish maydoni – buyruqlar satridan tashkil topgan. Har bir buyruq satri >> simvoli(bu simvol avtomatik tarzda buyruqlar satrining boshida bo’ladi va uni yozish shart emas) bilan boshlanadi;
Natijani chiqarish maydoni – kiritilgan buyruqlarni qayta ishlangandan so’ng hosil bo’lgan ma'lumotlar (analitik ifodalar, natijalar va xabarlar) ni o’z ichiga oladi;
Matnli izohlar maydoni - ro’y bеrgan xatoliklar yoki bajarilgan buyruqlarga izohlar, turli xaraktеrdagi xabarlar.
Buyruqlar Enter tugmasini bosish (bir marta) orqali amalga oshiriladi.
|
| |