• =СЦЕПИТЬ(B1;" ";C1;" ";D1)
  • Лист3
  • Matnli funksiyalar




    Download 63,43 Kb.
    Sana30.09.2024
    Hajmi63,43 Kb.
    #272936

    MATNLI FUNKSIYALAR

    • MS Excel 2010 da kataklardagi matnlar bilan ishlash uchun maxsus funksiyalar mavjud. Bular quyidagilar:

    T/R

    Funksiya

    Vazifasi

    1.

    БАТТЕКСТ

    Sonni matnga almashtiradi

    2.

    ДЛСТР

    Matnli satrdagi belgilar sonini aniqlaydi

    3.

    ЗАМЕНИТЬ

    Matnning belgilangan joyini yangi matnga almashtiradi;

    4.

    ЗНАЧЕН

    Matn ko‘rinishdagi sonni songa o‘tkazadi;

    5.

    ПОВТОР

    Matnni n marta takrorlaydi;

    6.

    СЦЕПИТЬ

    Bir nechta matnni bitta matnga o‘tkazadi.
    • 1-mashq. Uchta katakda o‘quvchilarni familiyasi, ismi, otasining ismi yozilgan ma’lumotlarni bitta katakka birlashtirish. Bajarish: Ushbu masalani yechishning ikki xil usuli mavjud: Birinchi usul:  B1 katakka o‘quvchining familiyasi, C1 katakka ismi, D1 katakka otasining ismi kiritiladi;  E1 katakka ushbu formula =СЦЕПИТЬ(B1;" ";C1;" ";D1) kiritilib, Enter tugma bosiladi;  qolgan kataklarga ushbu formula nusxa ko‘chiriladi. Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi: 
    • Ikkinchi usul: Jadvalni yuqoridagi tartibda to‘ldirib olamiz; E1 katakka ushbu formula =B1&" "&C1&" "&D1 kiritilib, Enter tugma bosiladi. Agar o‘quvchining familiyasi Лист1 varag‘ining B1 katagida, ismi Лист2 varag‘ining B1 katagida, otasini ismi Лист3 varag‘ining B1 katagida berilgan bo‘lib, ushbu ma’lumotlarni Лист4 varag‘ida hosil qilish uchun istalgan katakka ushbu formula =СЦЕПИТЬ(Лист1!B1;" ";Лист2!B1;" ";Лист3!B1) kiritilib, Enter tugma bosiladi
    • YODDA SAQLANG ! Excel elektron jadvalida B2:C5 ifoda kataklar blokini bildiradi. 8 ta katakni blokka oladi. Agar B2;C5 ko‘rinishda bo‘lsa 2 ta katakni belgilaydi.

    Download 63,43 Kb.




    Download 63,43 Kb.