• Fayllarning nusxasini oluvchi dasturlar. Fayllarni arxivlash. Arxivlash metodikasi. Arxivlash qoidalari.
  • Mavzu-: Arxivlash dasturlari va ularning turkumlanishi




    Download 481,5 Kb.
    bet5/29
    Sana15.12.2023
    Hajmi481,5 Kb.
    #119447
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
    Bog'liq
    Axborot texnologiya mavzulari

    Mavzu-: Arxivlash dasturlari va ularning turkumlanishi.
    Mavzu-: Fayllarni arxivlash va arxiv fayllarini ochish.
    Mavzu: Arxiv fayllarni zararlanganligini tekshirish. Arxivlangan fayllarni tiklash.
    Reja:

    1. Fayllarni arxivlash zaruriyati.

    2. Fayllarning nusxasini oluvchi dasturlar.

    3. Fayllarni arxivlash.

    4. Arxivlash metodikasi.

    5. Arxivlash qoidalari.

    Kompyuterlarda ishlashda har-xil sabablarga ko’ra magnit disklarda axbortlarni yo’qolishi yoki buzilishi holatlarni uchratish mumkin. Bu magnit diskni (qattiq ) diskni jismoniy buzilishi, fayllarni tasodifan yo’qotilishi yoki noto’g’ri tahrirlanishi (foydalanishi), kompyuter viruslari orqali axbortlarni parchalanishi va boshqalar tufayli sodir bo’lishi mumkin. Bunday hollarda yo’qotishlarni kamaytirish uchun foydalanilayotgan fayllarni arxiv nusxalariga ega bo’lish kerak va o’zgarayotgan fayllar nusxalarini sistematik ravishda yangilab turish kerak.
    Fayllardan nusxa olish uchun BACKUP va RESTORE shuningdek, COPY yoki XCOPY buyruqlaridan foydalanish mumkin (MS-DOS operatsion sistemasini eslang). Biroq bunda boshlang’ich fayllar qancha joy egallasa arxiv nusxalari ham shuncha joy egallaydi, lekin kerakli fayllardan nusxa olish uchun ko’p disketalar talab qilinadi. Masalan 60 Mbayt xajmli qattiq diskdagi fayllardan nusxa olish uchun 3.5 dyumli disketadan qariyib 42 ta disketa kerak bo’ladi. Disketalarni bunday ko’p miqdorda ishlatilinishi ham juda qiyin, shuning uchun arxivni yangilash va yaratish mehnati juda ahamiyatli ekanligi kelib chiqadi.
    SHuning uchun ham arxivlarni yaratuvchi maxsus dasturlar ishlatilinadi. Ularni ikki guruhga ajratish mumkin.

    • Qisuvchi (o’rovchi) dasturlar.

    • Rezervli nusxa oluvchi dasturlar.

    Birinchi guruh dasturlari axborotlarni qisqarishini maxsus usullar hisobiga kichik o’lchamdagi fayllar nusxalarini yaratish va bir qancha fayllar nusxalari bitta arxiv fayliga birlashtirish imkoniyatini beradi. Ko’p hollarda o’rovchi dasturlar orqali oldindan qisqartirilgan fayllarni disketalarda, ayrim hollarda strimmer uchun ishlatilinadigan kassetalarda saqlash juda qulay.
    Ikkinchi guruh nusxa oluvchi dasturlar qattiq diskdan disketalarga yoki strimmer kassetalariga axborotlarni ko’chirish uchun mo’ljallangan. Bu dasturlardan Norton Backup (Dos va Windows uchun), FastBack Plus va boshqalar.
    Strimmer bo’lganda rezervli nusxalar yaratish uchun tabiiyki rezervli nusxa oluvchi dasturlardan foydalaniladi. Bunday hollarda odatda o’rovchi dasturlarni qo’llasa ham bo’ladi, chunki zamonaviy rezervli nusxa oluvchi dasturlar o’zlariga berilgan ma‘lumotlarni juda sifatli qisqartiradilar. Disketa yoki magnitooptik disklarga arxivlashtirishda odatda o’rovchi dasturlardan foydalanish qulayroq. O’rovchi dasturlarni Hozirgi kunda juda ko’p turlarini ko’rish mumkin. Ulardan keng tarqalganlari PKZIP/ PKUNZIP, ARJ, RAR, LHA, UC2, ACE va boshqalar.

    Download 481,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




    Download 481,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu-: Arxivlash dasturlari va ularning turkumlanishi

    Download 481,5 Kb.