|
Mavzu : Boshlang’ich sinflarda miqdorlarning nazariy asosi va o’rgatish metodikasi Reja: kirish
|
bet | 9/16 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 188,53 Kb. | | #261081 |
Bog'liq Boshlang’ich sinflarda miqdorlarning nazariy asosi va o’rgatish metodikasi1-topshiriq.
Darsliklardan bir xil nomdagi massa miqdorlarini qo'shish va ayirishga oid masalalarni topish.
O'quvchilar gramm o'lchov birligi va uning boshqa massa o'lchov birliklari bilan munosabati to'g'risida ma'lumotga ega bo'ladilar.
1 kg = 1000 gr.
3-sinfda esa - sentner va tonna o'lchov birliklari va ular o'rtasidagi munosabatlarni o'rganadilar.
Masalan: 1 1 = 1000 kg 1 t = 10 s 1 s = 100 kg
Bunday munosabatlar quyidagi mashqlarni bajarish jarayonida o'quvchilar ongida o'rnashib qoladi.
kilogrammalarda ifodalang: 2 t. 006 kg 8000 gr.
grammalarda ifodalang: 1 kg - 0,25 gr 2 kg 050 gr.
d) sentnerlarda ifodalang: 9 t - 6 s 8000 kg.
Taqqoslang (yulduzchalarni <, >, = belgilar bilan almashtiring):
12t • 1200 kg; 32 g ■ 32 kg; 4 t 8 s • 480 kg; 220 s • 20 12 s.
Hajm. Hajm tushunchasi va uning o'lchov birligi litr tushunchasi bilan bo-birinchi sinfda tanishadilar. 3-sinfda hajm o'lchov birligining ko'rinishlari o'rganiladi. Shuning uchun ham hajmni o'rganishda nomli ko'rsatkichdan boshqa nomli ko'rsatkichga o'tish, ikki xildagi hajm miqdorini qo'shish va ayirish kabi jarayonlar bo'lmaydi.
Vaqt. Vaqt haqidagi tushunchani shakllantirish jarayonidagi murakkablikni nazarda tutib, bu sohadagi ishlarni birinchi sinfdanoq boshlamoq lozim.
O'quvchilarning kunlar va oylarini yozib borishi, oy va hafta ichida kunlar soni qancha ekanligini aniqlash, dars va tanaffuslar davomi kabi amaliy ishlar birinchi sinfdanoq vaqt haqidagi tushunchalar berib boriladi.
Vaqtga oid tasavvurlarni tarkib toptirish, vaqt o'lchovlavrini o'rganish hamda tegishli malaka va ko'nikmalarni tarkib toptirish metodikasi.
3-sinfda "Vaqt o'lchovlari" mavzusini o'rgatishda bolalar vaqt o'lchovining asosiy birliklari haqida konkret tasavvurga ega bo'lishlari kerak. Bular yil, hafta, sutka, soat, minut.
O'qituvchining vazifasi o'quvchilarni vaqtni aniqlashlarida soatdan amalda foydalanishga, shuningdek, hodisaning qancha davom etganligini, boshlanishi va oxirini aniqlash bilan bog'liq bo'lgan har xil masalalarni yechishda tabel kalendardan foydalanishga o'rgatishdan iborat.
Ma'lumki, vaqt o'lchovlari, o'lchovlarning metrik tizimidan farqli o'laroq bevosita o'lchash imkoniyatini bermaydi. Bu hoi turli ko'rsatmali qoilanmalardan foydalanish kerakligini ko'rsatadi.
Tabel-kalendar. Joriy yil uchun bunday tabel-kalendarni o'quvchilarning o'zlari o'qituvchi rahbarligida mehnat darslarida tayyorlaydilar.
Soatlarning namoyish modellari.
Maktab o'quvchisining kundalik rejimli jadvallari.
Birinchi darsda bolalarda yil, oy, hafta haqidagi tasavvurlarni shakllantirishga doir ishlar bajariladi.
Yilda oylarning kelish tartibini mustahkamlash maqsadida rim raqamlari bilan (I-XII) yarmi kiritiladi.
Sutka tushunchasi sutkaning bolalarga tanish bo'laklari bo'lgan ertalab, kunduzi, kechqurun, tun tushunchalari orqali kiritiladi. Undan tashqari vaqtinchalik quyidagi ketma-ketlikka asoslanadi: o'tgan kuni, kecha, bugun, ertaga, ertadan keyin. O'quvchilarga kalendardagi chislolar sutkalarni ifodalashni, sutkalar kechasi soat 12 da boshlanishini tushuntirish kerak.
Shundan keyin soat va minut qaraladi. Mamlakatimiz hayotidan olingan misollar, zavod va fabrikalar 1- minutda, 1-ish kunida qancha mahsulot ishlab chiqarishlari haqidagi son ma'lumotlar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Soat va minut bilan tanishtirishga bag'ishlangan birinchi darsdayoq vaqt o'lchovlari orasidagi munosabatlar aytiladi: bir sutka 24 soatdan, 1 -soat 60-minutdan iborat.
ERTALAB, KUNDUZI, KECHQURUN, KECHA, BUGUN, ERTAGA
700-dan 800 - gacha - badan tarbiya va ertalabki nonushta.
800-dan 1200 - gacha - dars mashqulotlari.
12°°-dan 1300 - gacha - tushlik
13°°-dan 1600 - gacha - dam olish
16°°-dan 1800 - gacha - dars tayyorlash
1800-dan 2030 - gacha - madaniy dam olish
2030-dan tungi uyqu
O'quvchining kun tartibi (rejimi) haqida.Boshlang'ich finf o'quvchilarida kun tartibini vaqtini soat bo'yicha taqsimlanishi tushuntiriladi.O'quvchilarda ertalab, kunduzi, kechqurun tushunchalari mustahkamlanishida ertalabki nonushta, tushlik vaqti, kechqurungi ovqat, tunggi uyqi tartiblari eslatiladi.
Darslarda bolalarga “vaqtni his qilishga”, unda yo’nalish olishga yordam beradigan topshiriqlarni berib borish lozim. Buning uchun bolalarga uylarida bunday hisob-kitob qilishlarini taklif etish mumkin: ular kiyinish, yuvinish; o’rinlarini sarishtalash uchun qancha vaqt sarf etadilar, maktabga kelishlari, do’konga borishlari uchun qancha vaqt kerak, uy vazifalarini bajarish uchun qancha vaqt sarf qiladilar. Bolalar o’z yozganlarini maktabga olib keladilar. Bu narsa kun tartibi haqida bolalar bilan qiziqarli suhbat uchun asos bo’la oladi. Bolalar o’qituvchi bilan birgalikda bu ishlarning qaysi birini tezroq qilish mumkinligini va bir necha minut tejash mumkinligini aniqlaydilar.
Natijada o’qituvchi minutning qadri haqida suhbat o’tkazadi, bolalarning xotirasini rivojlantiradigan o’yin o’tkazadi. Mana minutning qadri haqida suhbatning namunasi: Minutning qadri. Minut shunday tez o’tib ketadiki, uni hatto sezmay ham qolasan. Bu muddatda nima ish ham qila olishga ulgurish mumkin? Biroq, agar harakat qilsa, bir minutda ham ko’p ish qilish mumkin ekan.
Bolalarga bunday musobaqa o’tkazishni taklif eting – kim bir minutda ko’proq ish bajaradi: bitta harfning o’zini ketma-ket chiroyli qilib yoki raqamlarni
birdan boshlab yozadi, katakli qog’oz varag’ida krestchalar va nollarni almashtirib yozadi, ipga tugmalar tizadi, 10 sm uzunlikdagi ip bo’laklarini ulaydi (kimdagi ip uzun ekanligi taqqoslanadi). Musobaqa natijalarini keyin e’lon qilish kerak. Bir oz
vaqtdan so’ng musobaqani takrorlash maqbuldir. Bolalar keyingi galda yaxshi natijalarga erishishlari uchun ularga oldindan mashq qilib tayyorgarlik ko’rishlarini taklif etish mumkin.
Siz bilan biz,- deydi o’qituvchi, kim bir minutda sodda mashqlarni eng ko’p bajara olishini tekshirib ko’rdik. Yillar o’tadi va sizlarning ko’pchiligingiz o’yinda emas, balki ish joyingizda, zavodda yoki fabrikada bir minutda eng ko’p
mahsulot chiqarishga harakat qilasiz. Demak, bolalar, minutni qadrlashga (vaqtni ham) o’rganing. Xalqimizda “daqiqa soatlarni tejaydi” degan naql bor, minutlardan esa o’zingiz bilasiz, soatlar, kunlar, haftalar paydo bo’ladi.
Keling, bolalar mana bunday o’yin o’ynaymiz: “Besh minutda ko’p narsani xotirlab qolish mumkinmi? Agar diqqat qilinsa va juda harakat qilinsa, ko’p narsani o’zlashtirish mumkin ekan. Hozir bunga o’zingiz ham ishonch hosil qilasiz”,- deydi o’qituvchi va turli ma’lumotlar yoki sarguzashtlarni o’z ichiga olgan kichik hikoyani bolalarga o’qib beradi (besh minut davom etadi.) Shundan keyin u bolalardan biriga nimani eslab qolganligini aytib berishni taklif etishi mumkin. Qolganlar esa diqqat bilan tinglaydilar va to’ldiradilar. Boshqalar e’tibor qilmagan yoki xotirlab qolmagan narsalarni eng oxirida aytib bergan bola g’olib hisoblanadi.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlarda yoki tanaffuslarda vaqtni his qilishni rivojlantiruvchi o’yinlarni taklif etish foydalidir.
Sekundlarni baland ovoz bilan sanab, har sanoqda qo’lingizni yuqoriga ko’taring. Keyin xohlagan o’quvchilar navbat bo’yicha shu ishni bajarishsin.
Maromidan adashib ketgan bolalarni to’g’rilab turing. Keyin sekundlarni jamoa bo’lib sanang. Yorug’lik tablosida vaqt ko’rinib turadigan soatlardan yoki metronomdan foydalanilsa, ish yaxshi samara beradi.
Bolalarga eslating: oltmish sekund bir minutga teng. Har bir o’quvchi
Sizning ishorangiz bo’yicha to’liq sukunatda o’z ichida sanay boshlasin va 1 minut o’tgandan so’ng qo’lini ko’tarsin. Ishni yakunlang - kim vaqtida ko’tardi, kim ilgari, kim esa keyin qoldi.
Bolalar bo’ylariga qarab safga tizilishlarini taklif eting. Bu ishni ular
qancha vaqtda bajarishlarini soatga qarab kuzatib turing. Safga bundan ham tezroq tizilish mumkinligini va zarurligini tushuntiring. Bolalar tarqalishsin va Sizning buyrug’ingiz bo’yicha yana safga tizilishsin. Bolalar bilan birgalikda bu ishga kerak bo’ladigan eng kam vaqtni aniqlang.
Bolalarni safga tizing va ular ishora bo’yicha tarqalishlarini, biroq rosa uch minutdan so’ng har bir bola o’z o’rniga qaytishi lozimligini e’lon qiling. Yakunlang: kim oldin, kim o’z vaqtida keldi, kim kechikdi.
Uchinchi sinfda juda katta o’lchovlar: asr, davr va kichik o’lchov - sekund o’rganiladi. Yilni tasavvur etish uchun ushbu grafik ish taklif etiladi: 10 sm uzunlikdagi kesma chiziladi. Uni teng 10 bo’lakka bo’linadi. Bir bo’lim 10 yilga mos bo’lsin. Butun kesma necha yilga mos keladi? (100 yil = l asr.) Shunday qilib, biz asr kesmasini chizdik.
0 10 100
Unda 5 sm ga teng kesma qo’ying.
Asr kesmasiga turli tarixiy sanalar bo’yicha misollar tuzish mumkin.
10 yil - bu Sizning yoshingizga mos kesma.
Asr haqidagi tushuncha eng murakkabdir: bola fikran bu ulkan vaqt oralig’ini qamrab olishi qiyin. Asr haqidagi tushuncha sekin asta, asosan turli tarixiy voqealar bilan tanishish jarayonida rivojlanadi.
“Vaqt kesmasi” dan foydalanib, uchinchi sinf o’quvchilari u yoki bu voqea qaysi asrda sodir bo’lganligini, biz qaysi asrda yashayotganimizni, 21 asr qaysi yili boshlanishini aniqlaydilar. Asr kesmasida turli tarixiy sanalar bo’yicha misollar tuzish mimkin.
Asr tushunchasini kiritish ancha murakkab, chunki bolalar bu katta vaqt oralig’ini fikran qamrab olishlari qiyin kechadi. Asr haqidagi tushuncha asta-sekin, asosan turli tarixiy voqealar bilan tanishish jarayonida rivojlanadi. O’qituvchilarning vazifasi shunday misollarni tanlashdan iboratki, ular bolalarga ozgina bo’lsa ham 100 yilga teng vaqy oralig’i davomiyligi qancha bo’lishi haqida tasavvur bersin. Masalan: eng ko’p yashagan insonlar yoshi, qadimiy yodgorliklar va hokazo.
O’zining qisqaligi tufayli, “sekund” sekin asta o’zlashtiriladi. Sekundni qo’lda “tutib” olish mumkin: “kaftlaringizni yaqinlashtirib ochib, lablaringiz yaqinida tuting, men bilan birga yigirma uch deng. Bir sekund o’tdi”.
Sekund tushunchasi ham aniq misollar orqali o’zlashtiriladi. Bining uchun o’quvchilar 1 sekund vaqt ichida nima ishlar qilishga ulgurushlari mumkinligidan boshlashari mumkin. 1 swkundda 1-2 ta qadam bosish, bir-ikkita so’z aytish, 3-4 ta sonni aytish kabi shunga o’zshash misollar foydali.
Sekundning davomiyligini metronom yordamida ko’rsatish mumkin yoki 25 sm li ipga osib, mayatnik yasab oling. Uning bitta to’la tebranishini namoyish eting, bir sekund o’tdi. Sekundning davomiyligini yanada aniqroq tasavvur qilish uchun osma soat yoki sekundomerdan ham foydalanish mumkin.
|
| |