Mavzu-1: Nasoslarni qo‘llanilishi. Reja




Download 60.46 Kb.
bet2/5
Sana10.01.2024
Hajmi60.46 Kb.
#133730
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Ma\'ruza (1)
Axborot havfsizligi, Yaxlit pedagogik jarayon, untitled-document-4fe747ff-3db8-447f-a5fc-a44bda0045b7 (2), 09aba1defd2dbaf2776be6818724a092 Нигматов Ҳ Kompyuter tizimlari va tarmoqlari китоб (1), Taqdimot (1), Magistrliq dissertaciya temasiniń tiykarlaniwi hám aktuallıǵı, vozdeystvie-solepylevyh-aerozoley-na-rost-i-razvitie-hlopchatnika-v-priaralie (2), Research Exchange Programme Evaluation form (2), vozdeystvie-solepylevyh-aerozoley-na-rost-i-razvitie-hlopchatnika-v-priaralie (1) (1), 1-Amaliy mashg’ulot Mavzu ms word dasturi imkoniyatlari, kasbiy, 3-laboratoriya, 7-dekabr test matem, 4-Ma\'ruza OAT, 9-Ma\'ruza OAT
1.2 Nasoslarning tasniflari.
Nasoslarda solishtirma energiyani muvozanati asosiy o‘rinlardan birini egallaydi va u D.Bernulli tenglamasi orqali ifodalanadi.

gZ–kattalashtiruvchi nasoslar bosimi;
P/ –kuchaytiruvchi nasoslar bosimi;
V2/2 –kuchaytiruvchi nasoslarni tezlashuvi deyiladi.
Hozirgi paytda bunday xolatda nasoslarni sinflarga ajratish amaliy kamchiliklarga ega bo‘lib, nasosni oqimga ta’siri katta yoki kichik o‘lchamda bir vaqtning uzida Bernulli tenglamasida uchta uzgaruvchiga xam uzgartirishlar olib kiradi. Hozirgi zamonaviy nasoslarda kuchlarni ta’sir tartibiga ko‘ra uchta sinflarga ajratish mumkin: parrakli yoki ko‘rakli (oquvchi nasoslar), bo‘ralma nasoslar (kuchaytiruvchi nasoslar) va xajmiy nasoslar (sikuvchi nasoslar).
Parrakli nasoslarda dvigatelda energiyani paydo bo‘lishi g‘ildirak parraklaridagi oqish jarayonini sillikligi va ularni oqim kuchini ta’siriga bog‘liqdir.
Bo‘ralma nasoslarda dvigatel energiyasi tezkor paydo bo‘lish jarayonida boshqa turga aylanib, suyuqlik zarrachalarining tez harakatlanishi natijasida bo‘ralma harakatni buzilishi yoki g‘ildirak kanallarining yuqori chegarasini egallab olishidir.
Bo‘ralma nasoslarning gildiragidagi suyuqlik harakatida surish va bosim bilan uzatish uchastkalari oralig‘ida markazdan qochma kuch samarasi mavjuddir. Keyingi vaqtlardagi tekshiruv ma’lumotlariga ko‘ra bo‘ralma nasos g‘ildiraklaridagi harakat vintlar oralig‘idagi harakatga taqqoslanib ko‘rilganda markazdan qochma va xajmiy nasoslarning samaradorligi bir biriga o‘xshash xolatda ekanligi ma’lum buldi.
Xajmiy nasoslarda energiyani oshishi nasosni yopiq tizimida, suyuqlik oqimini porshen harakati ta’sirida, bosim quvuri tomon siqilishi natijasida paydo bo‘lib, membrana, ilgarilanma-qaytma harakat yoki shesterna tishlari orasida, vintlar, mushtaklar, sirpanuvchi plastinalarni harakati ya’ni nasosning bu elementlarini aylanma harakati jarayonida paydo bo‘ladi.
Parrakli nasoslar markazdan qochma (radial), dioganal va o‘qli (parrak) turlarga bo‘linadi.
a) markazdan qochma nasoslarda ishchi g‘ildirak suyuqlik harakati markaziy qismdan chetki tomonga radial yo‘nalishda ya’ni suyuqlik oqim zarrachalarining absolyut tezlikni tashkil etuvchilari bo‘lmaydi.
b) dioganal nasoslarda suyuqlik zarrachalarini tashkil etuvchilari aylanish sirtlari orqali harakatlanib, o‘qqa nisbatan qiya xolatda absolyut tezlikning o‘qli va radial tashkil etuvchilari – bir xil tartibli kattalikda bo‘ladi.
v) o‘qli nasoslarda suyuqlik harakati o‘qli yo‘nalish bo‘yicha xosil bo‘ladi.
Parrakli nasoslar kichik qiymatda uzi surish imkoniyatiga egadir. Ularni ishga tushirishda suruvchi quvurlarga, g‘ildirakka suyuqlik kuyiladi va bundan tashkari xar xil usullar qo‘llaniladi.
Parrakli nasoslarni zamonaviy tez yuruvchi elektromatorlar, bug‘ va gaz turbinlarini ichki yonuv dvigatellari bilan biriktirish qulaydir. Parrakli nasoslar jamlanishi va yengilligi tufayli qulaydir.
Parrakli nasoslarning foydali ish koyeffitsiyenti (FIK) 0.9-0.92 ga teng bo‘lib, porshenli nasoslar kabidir. Shuning uchun uncha yuqori va o‘rtacha bosimlarda, hamda katta qiymatdagi sarflarni uzatishda parrakli nasoslar qo‘llaniladi. Hozirgi paytda loyixalash ishlarini mukammallashtirilgan texnologiyalaridan foydalanilgan holda, zamonaviy parrakli nasoslar qo‘llanilib, ular 3000 metr va undan katta bosimlardagi ishlab chiqarish soxalarida qo‘llanilmoqda. Parrakli nasoslar neft va neft maxsulotlarini quvurlarga uzatishda, neft kazib olishda, neft qatlamlariga suv uzatishda, neft kimyosida yuqori zaxarli va zaxarli suyuqliklarni uzatishda qo‘llanilmoqda. Parrakli nasoslarni kamchiligi aylanish chastotasi va surish balandligini chegaralanganligi, kavitatsiyaning paydo bo‘lishidir.
Burilma nasoslar barqaror (bir joyga o‘rnatilgan) va qochma qurilmali, quvvati bir necha un kilovattdan katta, qovushqoqligi kam, tarkibida abraziv aralashmalari bo‘lmagan suyuqliklarni uzatishda qo‘llaniladi. Bo‘ralma nasoslarning bosimi markazdan qochma nasoslarga (MQN) nisbatan 2-5 marta katta, ya’ni bir xil diametrli g‘ildirakda aylanish chastotasi past, FIK (0.25-0.5) ga teng.
Xajmiy nasoslar shu bilan tavsiflanadiki, uni ishchi organlarida davriy xolatda yopiq xajmiy suyuqlikni ma’lum bir sigimi siqilib, bosim bilan quvurli utkazgichga uzatiladi.
Xajmiy nasoslarning asosiy xususiyati shundaki, doimiy ravishda germetikligi, suruvchi va bosim bilan uzatish xonalarining ajratilishi, uzi surish imkoniyatidir. Xajmiy nasosning uzatish miqdori ishchi organlarining geometrik o‘lchamlar va birlik vaqtdagi sikllar soni bilan belgilanadi. Xajmiy nasoslarning uzatish quvvati 0.8 dan 800 m3/soat va undan xam kattadir. Xajmiy nasoslarda bosim kattaligi chegaralanmagandir.



Download 60.46 Kb.
1   2   3   4   5




Download 60.46 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu-1: Nasoslarni qo‘llanilishi. Reja

Download 60.46 Kb.