|
Kuchlanishning nosimmetriyasini kamaytirish usullari
|
bet | 2/3 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 86,43 Kb. | | #107722 |
Bog'liq MA\'RUZA 18Kuchlanishning nosimmetriyasini kamaytirish usullari.
Kuchlanish va toklarni nosimmetriyasini kamaytrish uchun;
-bir fazali yuklamalarni uchchala fazalarga bir xil kilib taqsimlash;
katta quvvatli bir fazali elektr iste’molchilarni aloxida transformatorga ulash;
nosimmetrik yuklamalarni kiska tutashuv quvvati katta bo‘lgan tarmoqlarga ulash maksadga muvofikdir.
Kichik kuvvet koeffitsientli nosimmetrik yuklamalarni simmetriklashtirishda nosimmetrik uch fazali kondensator batareyalaridan foydalanish mumkin (rasm 4.1). U mumiy xolda xar bir fazadagikondensatorlarning quvvatlari teng bo‘lmaydi, ya’ni Qab ^ Ovs ^ Osa
Nosimmetrpk kondensatorlar tokning fakat reaktiv tashkil etuvchilarni kompensatsiyalab tarmokdan utayotgan toklar mikdorini tenglashtiradi.
Nosimmetriyani kamaytirish uchun kuch transformator cho‘lg‘amlarini ulanishini to‘g‘ri tanlash xam axamiyatga ega. Masalan cho‘lg‘amlari yulduz - nolli yulduz ( U/U ) sxemada ulangan transformatorni uchburchak - nolli yulduz (D/Y) sxemasiga o‘tkazganda uchga karrali toklar nol tartibli tizimni xosil qiladilar va birlamchi cho‘lg‘amda tutashadilar. Bu esa uch fazali tizimnimuvozanatlashtiradi. SHunga uxshash effekt transformator cho‘lg‘amlari sxemasini yulduz - Z simon (Y/Z) ulanganda ham sodir bo‘ladi.
Agar yuqorida ko‘rsatilgan vositalar kerakli samara bermasa kuchlannsh va toklarni nosimmetriyasini kamaytnrish uchun maxsus simmetriyalovchi kurilmalar ishlatiladi. Katta quvvatli bir fazali yuklamani simmetriyalashda SHteynmetni sxemasini ishlatish mumkin (rasm 4.2).
Sofaktiv yuklamada (ZnRn) faz toklarning mikdorlari simmetrik bo‘lishi uchunreaktor va kondensator batareyalarining reaktiv quvvatlari teng bo‘lishi kerak, ya’ni QlQcRn/3
bu erda Rn - bir fazali yuklamanpng aktiv quvvati.
Agar yuklamaning reaktiv tashkil etuvchisi mavjud bo‘lsa, u xolda unga parallel kompensatsiyalovchi kondensator ulash kerak (rasmda punktir bilan ko‘rsatilgan).
|
| |