|
Mavzu №18 Hisobiy yuklamani aniqlashning tartibga solingan diagrammalar usuli Reja
|
bet | 1/3 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 86,43 Kb. | | #107722 |
Bog'liq MA\'RUZA 18
MAVZU №18
Hisobiy yuklamani aniqlashning tartibga solingan diagrammalar usuli
Reja:
1. Kuchlanishning nosimmetriyasi.
2. Kuchlanishning nosimmetriyasini kamaytirish usullari.
Tayanch iboralar: energiya, tok, kuchlanish, nesimmetriya, chastota, tebranish, sifat.
Kuchlanishning nosimmetriyasi
Uch fazali tizimlarda kuchlanish va toklarning nosimmetriyasi elektr energiyasining sifatini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Nosnmmetriyani ruyobga keltiruvchi sabablaridan asosiylari bu katta quvvatli (10000kVt gacha) bir fazali elektr termik kurilmalar va uch fazali ey pechlarini ishlatilishidir. Bunday iste’molchilar nosimmetrik tok kuchlanishni ruyobga keltirib elektr ta’minoti tizimida nosimmetrik rejim xosil qiladilar.
Uch fazali tizimlarni nosimmetrik rejimlarini taxlil kilishda simmetrik tashkil etuvchilarga ajratish usuli qo‘llaniladi. Nazariy elektr texnikasi fanidan ma’lumki, xar kanday nosimmetrik bo‘lgan uch vektorni simmetrik bo‘lgan uchta tizimning yig‘indisi deb karash mumkin: I)fazalarning ketma-ketligi to‘g‘ri bo‘lgan tizim; 2) fazalar ketma-ketligi teskari bo‘lgan tizim; 3) fazalar ketma-ketligi nol bo‘lgan tizim.
Agar Ua, Uv, Us - tarmokning faza kuchlanishlari ma’lum bo‘lsa, fazalar tartibi to‘g‘ri bo‘lgan simmetrik tashkil etuvchi U1 ni aniklash quyidagi munosabat orkali bajariladi:
4.1
bu erda , ya’ni vektorni 120° ga, soat strelkasining ayanishiga teskari tomonga, burish demakdir.
- vektorni avvalgi tartibda 240° ga burishdir. Teskari tartibli tashkil etuvchi uchun:
4.2
4.3
Kuchlanishnosimmetriyasiningulchovisifatidanosimmetriya koeffitsienti olingan. Uning mikdorini aniklash uchun teskari tartibli tashkil etuvchini fazalar aro nominal kuchlanishga nisbatini olish kerak.
4.4
Toklar uchun nosimmetriya koeffitsienti
4.5
Nol tashkil etuvchi mavjud bo‘lgan takdirda uch fazali tizimda neytral siljishi sodir bo‘ladi. Bu ko‘rsatgich nomuvozanatlik koeffitsienti orkali baholanadi.
4.6
Bu erda U0 - nosimmetrik uch fazali kuchlanishlar tizimining nol tashkil etuvchisi. Un –nominal kuchlanish.
Kuchlanishning nosimmetriya koeffitsientining me’yoriy qiymati mavjud bo‘lib. barcha iste’molchilar uchun Kn.sm. 2% bo‘lishikerak.
Elektr ta’minoti tizimida kuchlanishning nosimmetriyasi tarmok elementlarining va iste’molchilarning ishlash rejimiga salbiy ta’sir etadi.
Sinxron mashinalarda, xususan sinxron generatorlarida, nosimmetrik kuchlanish va toklar ta’siridan stator cho‘lg‘amlaridan to‘g‘ri, teskari va nul ketma-ketlikni tashkil etuvchi toklar utadi. Natijada ko‘shimcha pulslanuvchi momentlar xosil bo‘ladi va mashinaning xarakatlanuvchi qismida zararli titrashlar sodir bo‘ladi. Bundan tashkari pulslanuvchi magnit maydoni ta’siridan rotorda uyurma toklar xosil bo‘lib. uni ko‘shimcha kizishiga olib keladi. SHuning uchun sinxron kompensatorlar va turbogeneratorlarda stator faza toklarining mikdorlari orasidagi fark nominal tokniig 10% dan oshmasligi kerak. Gidrogenerator uchun bu ko‘rsatgich 20% dan oshmasligi tavsiya etiladi.
Asinxron mashinalarning ish rejimlari va ishlash muddatlariga nosimmetriya salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Asinxron yuritgichning karshiligi to‘g‘ri tartibli tashkil etuvchi toklarga nisbatan teskari tartibli toklarda 5-7 marotaba kichik bo‘ladi. SHuning uchun kichik nosimmetriyada xam katta mikdorda teskari tartibli toklar vujudga keladi. Bu esa stator va rotor qismlarini ko‘shimcha kizishiga olib kelib, yuritgichning quvvatnni kamayishiga sabab bo‘ladi. Masalan, kuchlanishning nosimmetriyasi 4% bo‘lganda nominal yuklama bilan ishlayotgan asinxron yuritgichning ishlash muddati 2 marotaba kamayadi, 5% nosimmetriyada esa yuritgichning quvvatp 5-10% ga kiskaradi. Bo‘lardan tashkari kuchlanishning nosimmetriyasi asinxron yuritgichlarda aylantiruvchi momentni kamayishiga xam sabab bo‘ladi.
Kondensator batareyalarini nosimmetrik kuchlanishga ulanishidan xar bir fazalarda ishlab chikarilayotgan reaktiv quvvatlarning mikdorlari teng bo‘lmaydi va kondensator kurilmalari tula quvvat bilan ishlamaydi. Bundan tashkari kondensator batareyalari ko‘shimcha nosimmetriyani keltirib chikaradilar.
Ko‘p fazaliventilli to‘g‘rilagichlarni nosimmetrik kuchlanishli tarmokka ulanishi ularni ishlaishni kiyinlashtiradi. Faza kuchlanishlariniig xar xilligi sababli to‘g‘irlangan kuchlanishning pulsatsnyasi oshib, yuqori garmonikalar mikdorini orttiradi. Kuchlanishning nosimmetriyasi tiristrli to‘g‘rilagichlarning faza-impulsli boshqaruv tizimlariga xam ta’sir ko‘rsatadi.
Kuchlanishning nosimmetriyasi transformatorlar, kabellar va xavo liniyalarida ko‘shimcha nobudgarchiliklarga olib keladi. Nosimmetriya ayniksa kuch transformatorlarining pshlash muddatini kamaytirib beradi.
|
| |