|
Mavzu 2: Kompyuter avlodlari va uning klassifikatsiyasi. Kompyuterning asosiy va atrof qurilmalari
|
bet | 7/7 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 59,85 Kb. | | #112340 |
Bog'liq 2-maruza (1)Modem va faks-modemlar:
Modem - telefon tarmog’i orqali komp’yuter bilan aloqa qilish imkonini beruvchi qurilmadir.
Faks-modem - bu faksimal xabarlarni qabul qilish va jo’natish imkonini beruvchi modemdir.
O’zining tashqi ko’rinishi va o’rnatilish joyiga qarab modemlar ichki va tashqi modemlarga bo’linadi. Ichki modemlar bevosita sistemali blok ichiga o’rnatiladigan elektron platadan iborat. Tashqi modemlar – bu komp’yuter tashqarisida bo’lgan va portlardan biriga ulanadigan avtonom elektron qurilmadir.
So’nggi yillarda modemlar va faks-modemlarga bo’lgan talab oshib ketdi. Modemlar bir komp’yuterdan ikkinchisiga hujjatlar paketini yetarlicha tez o’tkazish, elektron pochta orqali bog’lanishga imkon beradi. Shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan aloqa qilish uchun global komp’yuter tarmog’iga kirishni ta’minlaydi.
Skanerlar:
Skaner - komp’yuterga matn, rasm, slayd, fotosurat ko’rinishida ifodalangan tasvirlar va boshqa grafik axborotlarni avtomatik ravishda kiritishga mo’ljallangan qurilmadir. Skanerlarning turli modellari mavjud. Eng ko’r tarqalgani- stol usti, planshetli va rangli skanerlardir.
Plotterlar - bu, komp’yuterdan chiqarilayotgan ma’lumotlarni qog’ozda rasm yoki grafik ko’rinishda tasvirlash imkonini beruvchi qurilmadir. Odatda, uni grafik yasovchi deb ham atashadi.
Savol va topshiriqlar:
Shaxsiy kompyuterning universallik hususiyatiga qo’yiladigan talablarni sanab bering
Printer turlarini sanab bering
Lazerli kompakt dislardan foydalanish qoidalarini tushuntirib bering
Audioadapterning vazifasi
Modem va faks – modem haqida gapirib bering
Skanerning vazifasi va ishlash prinsipi
|
| |