• Komp’yuterlar asosiy qurilmalardan tashqari bir qator atrof qurilmalariga ega. Printerlar
  • Lazerli kompakt disklar
  • Audioadapter
  • Mavzu 2: Kompyuter avlodlari va uning klassifikatsiyasi. Kompyuterning asosiy va atrof qurilmalari




    Download 59,85 Kb.
    bet6/7
    Sana06.12.2023
    Hajmi59,85 Kb.
    #112340
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    2-maruza (1)

    KOMPYUTERNING ATROF QURILMALARI
    Shaxsiy komp’yuterlar hammaboplik va univarsallik talablarini qondirishi uchun quyidagi hususiyatlarga ega bo’lishi lozim:

    • Individual xaridor uchun mos keladigan narxlarda;

    • Atrof-muhit sharoitlariga maxsus talablarsiz foydalanish avtonomligi;

    • Tuzilishining boshqarish, fan, ta’lim, turmush sohalarida turli ko’rinishlarda qo’llanishlarga moslashuvchanligi;

    • Foydalanuvchining maxsus, kasbiy tayyorgariksiz ishlashi imkoniyatini beruvchi operation tizimlar va boshqa “do’stona” dasturiy ta’minotlar;

    • Ishlashning yuqori darajada ishonchliligi (buzilmasdan 5000 soatdan ortiq ishlashi)



    Komp’yuterlar asosiy qurilmalardan tashqari bir qator atrof qurilmalariga ega.
    Printerlar:
    Printer - bu ma’lumotlarni qog’ozga chiqaruvchi qurilma. Barcha printerlar matnli ma’lumotni, ko’pchiligi esa rasm va grafiklarni ham qog’ozga chiqaradi. Rangli tasvirlarni chiqaruvchi maxsus printerlar ham bor. Printerlarning quyidagi turlari mavjud: matritsali, purkovchi va lazerli.
    Matritsali printerlar yaqin vaqtlargacha keng tarqalgan printerlardan biri edi. Bu printerlarning yozish kallagida vertikal tartibda ignalar joylashgan. Kallak yozuv satri bo’ylab harakatlanadi va ignalar kerakli daqiqada bo’yalgan lenta orqali qog’ozga uriladi. Natijada qog’ozda belgi yoki tasvir hosil bo’ladi. Ignalar soniga qarab bu printerlar bir necha turlarga bo’linadi: 9 ignali, 24 ignali, 48 ignali.

    • 9 ignali printerda yozuv sifati pastroq. Sifatni oshirish uchun yozuvni 2 yoki 4 yurishda bajarish kerak.

    • 24 ignali printer sifatli va tezroq ishlaydi.

    • 48 ignali yozuvni juda sifatli chiqaradi.

    Matrirsali printerlar tezligi bir bet uchun 10 sekunddan 60 sekundgacha.
    Purkovchi printerda tasvir qog’ozga maxsus qurilma orqali purkaladigan siyoh tomchilaridan yuzaga keladi. Purkovchi rangli printer sifati lazerli printerga yaqin, narxi arzon va shovqinsiz ishlaydi. Shuning uchun hozirgi kunda ko’pchilik shundan foydalanayapti. Tezligi bir bet uchun 15 dan 100 sekundgacha.
    Lazerli printerlar matnlarni bosmaxona sifati darajasiga yaqin darajada chop etishni ta’minlaydi. U ishlash nuqtai nazaridan nusxa ko’chiruvchi kseroksga yaqin. Bunda faqat bosuvchi baraban komp’yuter buyrug’I yordamida elektrlanadi. Bo’yoq donachalari zarblanib barabanga yopishadi va tasvir hosil bo’ladi.Tezligi bir bet matn uchun 3 dan 15 sekungacha. Rasm uchun ko’proq, katta rasmlar uchun 3 minutgacha vaqt talab qiladi. Hozirgi kunda minutiga 15-40 betgacha chop etadigan lazerli printerlar bor.
    Lazerli kompakt disklar:
    Lazerli kompakt disklar uchun disk yurutuvchi(CD-ROM)ning ish printsipi egiluvchan disklar uchun disk yurituvchilarning ish printsipiga o’xshashdir. CD-ROMning yuzasi lazer kallakka nisbatan o’zgarmas chiziqli tezlik bilan harakatlanadi, burchak tezlik esa kallakning radial joylashishiga qarab o’zgaradi.
    Lazer nuri disk yo’lakchasi tomon yo’naladi va g’altak yordamida fokuslanadi.Himoya qatlamidan o’tgan nur disk yuzasining nurini qaytaruvchi alyumin qatlamiga o’xshaydi. Yo’lakchaning baland qismiga tushgan nur detektorga qaytadi va nurni sezuvchi diod tomon yo’naltiruvchi prizma orqali o’tadi. Agar nur yo’lakcha chuqurchasiga tushsa, u tarqaladi va tarqalgan nurning juda kam qismi orqaga qaytib nurni sezuvchi diodgacha yetib boradi.
    Diodda nurli impul’slar elektr impulslariga aylanadi: yorug’ nurlanishlar nollarga aylanadi, xira nurlanishlar esa- birga. Shunday qilib, chuqurliklar mantiqiy nol sifatida tekis yuza esa mantiqiy bir sifatida qabul qilinadi.
    CD-ROMning unumdorligi odatda uning biror vaqt davomida ma’lumotlarning uzluksiz o’zlashtirishidagi tezlik xarakteristikalari va ma’lumotlarga yetishning o’rtacha tezligi bilan aniqlanadi. Ular mos ravishda Kbayt/c va Mc birliklarda o’lchanadi.
    Disk yurituvchilarning unumdorligini oshirish uchun ularni kesh xotira bilan jihozlaydilar.


    Audioadapter:

    Har qanday multimediaviy shaxsiy komp’yuter tarkibida audioadapter platasi mavjud. Audioadapter komp’yuterga faqat sterefonik ovoznigina emas, balki tashqi qurilmalarga tovush signallarni yozish imkonini ham beradi.


    Shaxsiy komp’yuterlarning diskli jamlagichlariga oddiy(analogli) tovush signallarini yozish mumkin emas. Ular faqat raqamli signallarni yozish uchun mo’ljallangandir.
    Audioadapter tovush signali darajasini davriy ravishda aniqlab uni raqamli kodga aylantirib beruvchi analog-raqamli o’zgartirgichga ega. Mana shu ma’lumot tashqi qurilmaga raqamlisignal ko’rinishida yozib qo’yiladi. Ushbu jarayonga teskari jarayonni amalga oshirish uchun raqam-analogli o’zgartirgich qo’llaniladi. U raqamli signallarni analogli signallarga aylantirib beradi. Fil’tratsiya qilingandan so’ng ularni kuchaytirish va akustik kolonkalarga uzatish mumkin.

    Download 59,85 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 59,85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu 2: Kompyuter avlodlari va uning klassifikatsiyasi. Kompyuterning asosiy va atrof qurilmalari

    Download 59,85 Kb.