Mavzu 6: shaxsiy komp`yuterning asosiy qurilmalari




Download 0,83 Mb.
bet3/3
Sana21.03.2017
Hajmi0,83 Mb.
#527
1   2   3
Pentium 4 protsessorlari 2000 yili Intel korporatsiyasi 32 razryadli protsessorlarning Pentium 4 nomini olgan navbatdagi avlodini yaratdi. (oldindan bu haqda xabar qildi).

Pentium 4 protsessori: a) Socket-423 ostidagi korpusda; b) Socket-478 ostidagi korpusda.


Bu protsessorlarning asosiy xususiyati ularda bir qator yangi texnologiyalardan foydalanilgan Net Burst mikroarxitekturasining borligidir. Protsessor bilan tashqi dunyo ma’lumot almashish matn tezligini oshirishga imkon bergan eng muhim yangilik: bu bitta takt davomida ma’lumotlarni to‘rt marta o‘qish qobiliyati bo‘ldi, ya’ni tizimli shinaning MGs li, keyinchalik esa 533 MGs li chastotasini ishlatish mumkin bo‘ldi. Bundan tashqari, buyruqlarni giperkonveyerlar ishlovidan o‘tkazishdan foydalanilgan, buyruqlarning bajarilishini KESh xotira bilan kuzatish qo‘llanilgan va yadroning ikki marta ko‘paytirilgan chastotasida (masalan, yadroning takt chastotasi 2,53 GGs bo‘lganda buyruqlarni tez bajarish bloki 5,1 GGs chastotada ishlaydi, bu esa asosan arifmetik va mantiqiy buyruqlardir) ishlaydigan, buyruqlarni tez bajarish bloki qo‘yilgan. Shuningdek, allaqachon an’anaviy bo‘lib ulgurgan bloklar va texnologiyalar, masalan, buyruqlar bajarilishining dinamikligi, suzuvchi vergulli hisoblar, multimediyaviy ilovalarda foydalaniladigan buyruqlarga ishlov berishning SSE2 ning SIMD kengayishlari yaxshilandi, 2-darajadagi KESh xotira esa ma’lumotlarni uzatishning yanada takomillashganroq tizimiga ega bo‘ldi. KESh xotiraning o‘zi esa tizimli shinadan boshqa mustaqil shina (ikkita mustaqil D.I.B. shinali arxitektura)ni ishlatadi, bu ma’lumotlarni uzatish kanallarining o‘tkazish qobiliyatini kuchaytirish imkonini beradi.

Intel korporatsiyasi foydalanuvchilarga kutilmagan sovg‘a (syurpriz)lar berishni yo‘lga qo‘ygani sababli 2000 yili Northwood yadroli va 22 GGs takt chastotali Pentium-4 prosessori chiqarildi. Uning uchun misli birikmalardan foydalanish bilan qo‘llaniladigan 0,13 mkm texnologiyasini qo‘llaydilar. Ikkinchi darajadagi KEShning o‘lchami 512 K bayt, ushbu satrlar bitilayotgan paytgacha yadrosi: 1,30; 1,40; 1,50; 1,60; 1,70; 1,80; 1,90; 2,20; 2,40; 2,50; 2,53; 2,60; 2,66; 2,80 GGs takt chastota Pentium 4 protsessorlari chiqarilgan, shuningdek, 3 GGs chastotasini ham tez orada bo‘ysundirish haqidagi xabarlar ham paydo bo‘ldi. Prosessorlarda hajmi 32 Kbayt bo‘lgan buyruqlarning ijrosini kuzatish texnologiyasini (Fxecution Trace cache) birinchi darajadagi, KESh xotira, 256 Kbayt (2GGs va undan past chastotali protsessorlar uchun) yoki 512 Kbaytli (0.13 mkm texnologik jarayonida Advance Transfer Cache arxitekturali) ikkinchi darajadagi KESh xotira ishlatilgan.



Savol va topshiriqlar:

  1. Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalarini sanab bering

  2. Sistema bloke nimalardan tashkil topgan?

  3. Disk yurituvchilar haqida gapirib bering

  4. Prosessor nima? Uning vazifasi nimalardan iborat?

Download 0,83 Mb.
1   2   3




Download 0,83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu 6: shaxsiy komp`yuterning asosiy qurilmalari

Download 0,83 Mb.