§ Abonent kirish tarmog‘iga FTTx texnologiyasini qo‘llash




Download 0,96 Mb.
bet5/9
Sana07.12.2023
Hajmi0,96 Mb.
#112968
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Axmedova Sevara

2.2.§ Abonent kirish tarmog‘iga FTTx texnologiyasini qo‘llash
Keng polosali aloqa kanaliga ega bo‘lgan abonent ulanish tarmoqlarini rivojlantirish va kengaytirishga qiziqish yildan yilga ortib bormoqda. Bunday tarmoqlarni rivojlantirish yangi zamonaviy xizmatlarga bo‘lgan talabni qondirishga zamin yaratadi. Bunday xizmatlarga biznes uchun xizmatlar (videokonferensiya, masofadan ta’lim, teletibbiyot) va ko‘ngil- ochar xizmatlar (so‘rov bo‘yicha video, raqamli televideniye, onlayn o‘yinlar va boshqalar)ni misol qilib keltirish mumkin.
Hozirgi kungacha qo‘llaniladigan texnologiyalar ushbu xiz- matlarni yetarlicha sifatli darajada ta’minlash uchun zarur bo‘lgan o‘tkazich qobiliyatini ta’minlamaydi. Shu sababli o‘sib borayotgan talablarga mos ravishda, iqtisodiy samarador va yuqori imkoniyatli abonent kirish texnologiyalarini qo‘llash talab etiladi.
Shunday texnologiyalardan biri - FTTx (Fiber To The ... - «gacha optik ...») - texnologiyasi bo‘lib, belgilangan masofagacha optik tola orqali ishonchli aloqani ta’minlovchi kirish tarmog‘ini qurish imkonini beradi. Bugungi kunda ushbu texnologiya keng tarqalmoqda va qo‘llanilmoqda.
Bugungi kunda FTTx ni tashkillashtirishning bir qator usullari mavjud:

  • FTTH - Fiber to the Home (uygacha optik tola o‘tkazish);

  • FTTB - Fiber to the Building (binogacha optik tola o‘tkazish).

FTTH va FTTB larni o‘zgartirish orqali kelib chiqqan tex-
nologiyalar:

  • FTTO - Fiber to the Offiace (ofisgacha optik tola o‘tkazish).

  • FTTC - Fiber to the Curb (taqsimlash shkafigacha optik tola o‘tkazish).

FTTOpt - Fiber to the Optimum (optimal masofagacha op­tik tola o‘tkazish).
FTTP - Fiber to the Premises (mijoz ish joyigacha optik tola o‘tkazish).

    1. rasmda FTTx konsepsiyasini amalga oshiruvchi asosiy variantlar keltirilgan.

Rasmda ko‘rsatilganidek, abonentga kirishning istalgan usulining asosini OLT (optical line terminal) tarmoq optik tugallanish va ONT (optical network terminal) abonent tuguni terminali optik tugallanish elementlarining o‘zaro ulanishi yotadi. Abonent liniyasi uchastkasida ONTning joylashuviga bog‘liq holda FTTx texnologiyalari farqlanadi.

2.1-rasm. FTTx texnologiyasini amalga oshirish variantlari.
Bu ko‘p xonali uylar va biznes markazlarining tarmog‘ini qurishda maqbul yechim bo‘la oladi. Bugungi kunda ko‘plab aloqa operatorlari katta shaharlarda FTTB asosida o‘zlarining xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini qurmoqdalar. Shu sababli hamma joyda ushbu texnologiya keng tarqalgan. Yana bir ustunligi FTTB texnologiyasida FTTH ga o‘xshab ko‘p sonli qimmat narxdagi optik tolalarni turli joylarga va xonadonlarga o‘tkazich zaruriyati yo‘q (2.2-rasm)

2.2-rasm. FTTH abonent ulanish texnologiyasi.
Stansiyadan aholi yashaydigan uchastkagacha optik kabelning ustunlarga osilgan holda tortilishi 2.3-rasmda keltirilgan. Bu sxema yapon olimlari tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, iqtisodiy samarador hisoblanadi, ya’ni yerni qazishga sarflanadigan xarajatlarni kamaytiradi.
2.3, 2.4-rasmda ko‘p qavatli uylarda FTTN tarmog‘ini tashkil etish namunasi ko‘rsatilgan.

2.3-rasm. Abonent kirish tarmoqlarini tashkil etishda optik kabelning ustunlarga osilgan holda tortilishi.

2.4-rasm. Ko‘p qavatli uylarda FTTN tarmog‘ini tashkil yetish namunasi.

2.5-rasm. Ko‘p qavatli uyda tolali-optik kabelni (FTTH) joylashtirish.

Download 0,96 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,96 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§ Abonent kirish tarmog‘iga FTTx texnologiyasini qo‘llash

Download 0,96 Mb.