|
Mavzu: abonent kirish tarmog’i qurish texnologiyalari tahlil qilish munadarija kirish I bob. Simli va simsiz abonent kirish tarmoqlari haqida
|
bet | 4/9 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #112968 |
Bog'liq Axmedova SevaraStandartning nomi
|
IEEE 802.16
|
IEEE 802.16a
|
IEEE 802.16e
|
Chastotalar diapazoni
|
10-66 GHz
|
2-11 GHz
|
2-6 GHz
|
Ma’lumotlarni uzatish tezligi
|
32-135 Mbit/s
|
75 Mbit/s gacha
|
15 Mbit/s gacha
|
Modulatsiyalash
|
QPSK, 16 QAM, 64 QAM
|
OFDM 256, QPSK, 16 QAM, 64 QAM
|
OFDM 256, QPSK, 16 QAM, 64 QAM
|
Chastotalar polosasi kengligi
|
20, 25 va 28 MHz
|
Regulatsiyala- nuvchi 1,5-20 MHz
|
Regulatsiyala- nuvchi 1,5-20 MHz
|
Ishlash radiusi
|
2-5 km, 7-10 km
|
Maksimal radiusi -50 km
|
2-5 km
|
Ishlash sharoitlari
|
To‘g‘ri ko‘rinish
|
Qaytgan nurlarda ishlash
|
Qaytgan nurlarda ishlash
|
II BOB. ABONENT KIRISH TARMOQLARIGA TURLI
TEXNOLOGIYALARNI QO`LLASH
2.1. § Abonent kirish tarmog‘iga PON texnologiyasini qo‘llash
Internet tarmog‘ining rivojlanishi hamda yangi aloqa xiz- matlarining paydo bo‘lishi, tarmoq bo‘yicha uzatilayotgan ma’lumotlar oqimining oshishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun operatorlar transport tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish yo‘llarini qidirishga majbur bo‘ladi. Buning yechimini tanlashda foydalanuvchilarning har xil axborotni uzatishini, tarmoq rivojlanishi uchun potensialni va tejamkorlikni hisobga olish zarur. Bularni e’tiborga olib, yechim bo‘la oladigan texnologiya sifatida passiv optik tarmoqni (PON) olish mumkin. PON ning taqsimlovchi kirish tarmog‘i tugunlarda passiv optik tarmoqlagich bilan daraxtsimon tolali kabelli arxitekturaga asoslangan. Shuning uchun eng tejamkor hisoblash va har xil takliflarni keng polosali uzatishni ta’minlashga qodir deyish mumkin. Bu holda PON arxitekturasi hozirgi va kelajakdagi foydalanuvchining iste’molchilik talablariga bog‘liq, ham tarmoq tugunlarini, ham o‘tkazuvchan qobiliyatini kerakli samara bilan oshirishga ega.
XDSL (1 Mbit/s), WiFi (50 Mbit/s), WiMax (50-75 Mbit/s), HFS (o‘tkazuvchan qobiliyati cheklangan) texnologiyalardagi kamchilikni OTAL yotqizish bilan erishish mumkin. Demak, tarmoq yangi takliflar bilan ishlash qobiliyatini yaratish va uzatish tezligini oshirish uchun OTAL yotqizish kerak ekan. Bu yechim eski kabellarni yangilash va yangi kirish tarmoqlarini qurish uchun qulaydir.
PON texnologiyasining asosiy afzalliklari:
oraliq aktiv tugunlarning yo‘qligi;
markaziy tugunda optik uzatgich va qabul qilgichlarning tejalishi;
tolaning tejalishi;
yangi abonentlarni ulashning yengilligi va xizmat ko‘rsa- tishning qulayligi.
Asosiy kamchiliklari: murakkabligi va oddiy daraxt topolo- giyasida zaxiralashning yo‘qligi.
PON ning 3 turi mavjud:
ATM PON (APON) ATM texnologiyasiga asosan mul- tiservis xizmatlarining transportini ta’minlaydi;
EPON PON daraxtining ichida Ethernet kadrlari tarqalishini tashkil etadi;
GPON - gigabitli PON.
PON texnologiyalarining solishtirma tahlili 1.1-jadvalda keltirilgan. 1.1-jadvalda har bir PON texnologiyasining uzatish tezligi, asosiy protokoli, qo‘llanilgan liniyaviy kodi, tarmoqning maksimal radiusi, bitta toladagi abonent tugunlarining maksimal soni, oqimning to‘lqin uzunligi va hokazolar keltirilgan. Bu jadval asosida solishtirishlarda uchala texnologiyaning bir-biridan farqlari hamda afzalliklarini ko‘ramiz.
Tavsiflar
|
A-PON
(B-PON)
|
E-PON
|
G-PON
|
1
|
2
|
3
|
4
|
Standartlashtirish
institutlari/birlashmalari
|
XEI-T SG15/ G‘SAN
|
IEEE/EG‘MA
|
XEI-T
SG1/G‘SAN
|
Standart qabul qilingan sana
|
1998 oktabr
|
2004 iyul
|
2003 oktabr
|
Standart
|
ITU-T
G.981.x
|
IEEE 802.3ah
|
ITU-T G.984.x
|
Uzatish tezligi, to‘g‘ri/ teskari oqim, Mbit/s
|
155/155
622/155
622/622
|
1000/1000
|
1244/155,622,1244
2488/622,1244,248
8
|
Asosiy protokol
|
ATM
|
Ethernet
|
SDH
|
Liniya kodi
|
NRZ
|
8B/10B
|
NRZ
|
Tarmoqning maksimal radiusi, km
|
20
|
20 (>301)
|
20
|
Bitta toladagi abonent tugunlarining maksimal soni
|
32
|
16
|
64 (1282)
|
Ilovalar
|
ixtiyoriy
|
IP,
ma’lumotlar
|
ixtiyoriy
|
Xatolar korreksiyasi FEC
|
Nazarga
olib
qo‘yilgan
|
y°‘q
|
zarur
|
To‘g‘ri/teskari oqimning to‘lqin uzunligi, nm
|
1550/1310
(1480/1310)
|
1550/1310
(1310/13103)
|
1550/1310
(1480/1310)
|
Polosaning dinamik taqsimlanishi
|
bor
|
qo‘llab-
quvvatlamoq
|
bor
|
IP-fragmentatsiya
|
bor
|
yo‘q
|
bor
|
Ma’lumotlar himoyasi
|
Ochiq kalit bilan shifrlash
|
yo‘q
|
Ochiq kalit bilan shifrlash
|
Zaxiralash
|
bor
|
yo‘q
|
bor
|
Ovoz ilovalari va QoSni
qo‘llab-quvvatlash
bahosi
|
yuqori
|
past
|
yuqori
|
Uzatish tezligi bo‘yicha eng yuqori tezlikka G-PON ega (1.15-rasm). Tarmoqning maksimal radiusi bo‘yicha taxminan bir xil - 20 km. Bitta toladagi abonent tugunlarining maksimal soni bo‘yicha G-PON 64-128 eng yuqori ko‘rsatkichga ega. Ko‘pgina ko‘rsatkichlar A-PON va G-PON texnologiyalarda mos tushadi. Masalan, ilovalar, oqim to‘lqin uzunligi polosaning dinamik taqsimlanishi, IP-fragmentatsiya, ma’lumotlar himoyasi, zaxiralash, ovoz ilovalarini va QoS ni qo‘llab-quvvatlash bahosi, liniya kodi. A-PON bilan E-PON arxitekturasi mos tushadi.
G-PON ulanish tarmog‘i arxitekturasini A-PON texnologiya- sining uzviy davomi sifatida qarash mumkin. Bunda PON tarmog‘ining o‘tkazish polosasining ham, ilovalarining uzatish unumdorligining ham o‘sishi amalga oshadi. G-PON ovozli xizmatlarni jo‘natish, TDM liniya xizmatlarini 10/100/1000 Mbit/s tezliklarda Ethernet kadrlarini uzatishni, ATMni mul- timediali xizmatlari OS-X/STM-n ning barcha mumkin bo‘lgan tezliklarida taqdim etadi.
Xizmat ko‘rsatish sifatida kechikish 3 ms dan oshmaydi. G-PON ga foydali afzalliklar kiritilgan. Himoyalangan o‘zgarish zaxiralangan 1+1, qisman zaxiralangan 1:1 xizmatlarini qo‘shish (WDM) va ma’lumotlarning xavfsizligidir.
Bu solishtirishlardan eng yaxshi variant sifatida G-PON texnologiyasini olishimiz mumkin. Biroq, bu texnologiyaning qurilmalari E-PON texnologiyasining qurilmalaridan ancha qimmatroq hisoblanganligi uchun iqtisodiy jihatdan E-PON texnologiyasi samaraliroq bo‘lishi mumkin.
A-PON, E-PON va G-PON texnologiyalarini solishtirish shuni ko‘rsatadiki, uzatish tezligi bo‘yicha eng yuqorisi G-PON, bitta toladagi abonent tugunlarining maksimal soni bo‘yicha G-PON (64-128) eng yuqori ko‘rsatkichga ega. Ko‘pgina ko‘rsatkichlar A-PON va G-PON texnologiyalarda hamda arxitekturasida mos tushadi. A-PON ATM texnologiyasiga asosan multiservis xizmatlari transportini ta’minlaydi. E-PON PON daraxti ichida Ethernet kadrlarining tarqalishini tashkil etadi. G-PON ovozli xizmatlarni jo‘natish, TDM liniya xizmatlarini, Ethernet kadrlarining uzatish, ATM multimediali xizmatlarini taqdim etadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bunday tarmoqlar iqtisodiy tomondan tejamli va keng polosali turli axborotlarni o‘tkazish qobiliyatiga ega.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: abonent kirish tarmog’i qurish texnologiyalari tahlil qilish munadarija kirish I bob. Simli va simsiz abonent kirish tarmoqlari haqida
|