|
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev
|
bet | 4/19 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,55 Mb. | | #240934 |
Bog'liq kurs ishO’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev
1-BOB. ADOBE PHOTOSHOP DASTURI.
1.1. Adobe Photo dasturi bilan tanishuv va uning imkoniyatlari.
Adobe Photoshop dasturining ishlab chiqilgan sanasi birorta kalendarda qayd etilmagan. Biz ishlatadigan Adobe Photoshop dasturining 2005-yilda bir yilligi nishonlandi. Bundan 17 yil oldin, fevral oyida, «Adobe» kompaniyasi, Rassomlar, fotograflar, dizaynerlar orasida hozirgacha mashhur bo'lgan «Photoshop — 1.0» muallifini e'lon qildi. Photoshop dasturi bugungi kunda, «kompyuter grafikasi» sohasi bo'yicha eng oldingi o'rinda turibdi va mustaqil dastur bo'lib ajraldi. Biz foydalanayotgan Adobe Photoshop dasturining boshlanishi ancha ilgari bo'lgan. Hozir 41 ta muallifi e'lon qilingan dasturni aslida aka-uka Jon Noll va Tomas Nollar boshlab bergan.
Ularning otasi fotograf bo'lib, ular yerto'lada joylashgan fotolabaratoriyada otasiga yordam berar edilar. Tomas nur va rang kontrastini o'rgandi. Jonn esa eski «Apple» da ishlashga qiziqardi. 1984-yilda Aka-uka Nollarga otasi dastlabki Macintosh olib berdi. Uning imkoniyatlarining ko'pligi shu dasturni tuzishga sabab bo'ldi va ularga millionlab dollar foyda keltirdi.
1987-yilgacha Jonn Noll «Lucasfilm» firmasining Industrial Light and Magic (ILM) bo'limida «Stars Wars» ga maxsus effektlar tayyorlashda ishlar edi. Tomass bu vaqtda «Tasvirlar bilan ishlash» to'g'risidagi nomzodlik dissertatsiyasini yozayotgan edi. Tomassning Apple Mac plus monitorli kompyuteri «Grayscale Images» tasvirini namoyon qilmadi. Tomass vaziyatni o'zgartirish uchun yangi dastur tuzishga kirishdi.
Qizig'i shundaki, Industrial Light and Magic (ILM) da Jon ham tasvirlarni qayta ishlash bilan shug'ullanardi. Akasini muvaffaqiyatlarini ko'rgan Jon birga ishlashni taklif qildi. Jon o'zining «Kompyuter grafikasi asoslari» kitobida shunday yozadi:«Men Tomas ishlarining natijasini ko'rganimda, Pixar studiyasidagi tasvirlarni qayta ishlash dasturiga o'xshashligini ko'rib hayron qoldim». O'shandan boshlab biz birga ishlab, murakkab va mukammallashgan Display dasturini tuzdik. Oradan ko'p vaqt o'tmay Jon yangi sotib olgan rangli ekranli Macitntosh II kompyuteriga Display dasturini ko'chirishni taklif qildi. Jon display dasturida ranglar gammasi korreksiyasi, import, fayllarni har xil formatlarda saqlash va boshqalarni o'ylabtopdi.
Dastur ustida ishlash Tomasni dissertatsiya yozishdan chalg'itdi, lekin u shunda ham xursand edi. Hech qancha vaqt o'tmay Tomas tasvirlarni bir qismini ishlov berishni yangi usulini o'ylab topdi va ishlov berish asboblar to'plamini tuzdi. Keyinchalik bular «Plug-ins» deb ataldi. Keyinchalik tonlarni sozlash-(Levels), balansni boshqarish funksiyasi, ranglar va to'yinishni boshqarish (Hue and Saturation) ishlab chiqildi. Bu imkoniyatlar Photoshopda dastlabki qadam bo'ldi. O'sha davrda bunday funksiyalar faqat maxsus dasturlarda bo'lgan. Ular esa faqat labaratoriyalarda yoki Industrial Light and Magic (ILM) da bo'lgan.
1988-yilda «Display»ni «ImagePro» deb nomi o'zgartirildi. Dastur o'sha davrda juda zamonaviy edi. Jon bu dasturni sotib, pul ishlashni o'ylar edi. Tomas esa unga qarshi chiqdi. Bundan tashqari Tomas o'z dissertatsiyasini tugatmagan, to'liq ishlangan dasturni tuzishga ancha vaqt va mehnat kerak edi. Ular shunga o'xshash dasturlarni analiz qilishib, o'z dasturlari «Image Pro' ni boshqalardan oldinga o'tib ketganligini aniqlashdi.
Dasturni moliyalashtirish boshlandi. „Photoshop“ atamasi qayerdan paydo bo'lganligini hech kim bilmaydi. Dastur namoyishi vaqtida nashriyotchila tomonidan „Photoshop“ deb nomlangan degan gap bor. Dastlabki versiyalarda ekranlarda Photoshop ko'ringanligi hozirda bizda „ExTraneous CapitaliSation“ ko'ringanday.Qizig'i shundaki, ko'p dastur tuzuvchilar o'z yo'nalishlarini Photoshop tomonga burdilar va bunday dasturlarni mustaqil ishlabchiqaboshladilar.
Faqatgina bitta kompaniya Photoshopni sotib olishga kuchi yetar edi. Bu kompaniya hozirda bizga mashhur bo'lgan „Adobe“ kompaniyasi edi. Lekin masalani hal qilishgacha hali ancha bor edi. Barneyscan skanerlarini ishlab chiquvchilar aka-ukalarga Photoshopni o'z mahsulotlari komplektida sotishni taklif qilishdi. Natijada 200ta nusxalangan Photoshop BarneyscanXP savdo belgisi ostida tarqalib ketdi.
Yaxshiyam Adobe bilan kelishuv uzoq davom etmadi. Tez orada Jon o'z dasturiga e'tiborni jalb qilish uchun kompaniyaga keldi. U bu yerga kelib Rassel Brounga o'z dasturini imkoniyatlarini namoyish qildi. Keyin Photoshop Art-director ga namoyish etildi. Direktorga ma'qul bo'ldi va tezda sotib olish kerakligini aytdi. Aobe tomonining soddaligidanmi yoki aka-ukalarning ehtiyotkorligidanmi dastur to'la sotilmadi, faqat litsenziyalandi. Shuning uchun, dasturdan keladigan gonorar aka-ukalarga tegishli bo'lib qoldi.Hammasi juda yaxshi borar edi. Lekin aka-ukalar bu muvaffaqiyatlar bilan to'xtab qolishmadi. Oldinda juda ham o'gir ish-Photoshop 1.0 rasmiy versiyasini ishlab chiqish turar edi. Tomas dasturni natijaviy kodlash ustida ishladi. Bu vaqtda Jon esa Plug-ins ni kengaytirish ustida ishlar edi. Bu esa Adobe xodimlarini hayratlantirdi. Ular bunda ayyorlik va aldashniko'rishdi.
Qizig'i shunda ediki, ba'zi qoidalarga qattiq rioya qiluvchi xodimlar, Photoshopni kengaytirish standartlarga to'g'ri kelmaydi va yaxshi natija bermaydi deb fikr bildirishdi. Boshqalar esa, uni to'g'ri ishlatish ko'p foyda berishiniaytishdi.
Dasturni tugatishni oxirgi bosqichlarida ham Tomas uni o'zgartirish va mukammallashtirishga vaqt va kuch topdi. Photoshopning tarafdorlari Jon va Rassel Brounning qo'llab quvatlashi va Adobe ning qarorlari natijasida 1990-yil, fevral oyida Adobe Photshop rasmiy versiya sifatida chiqdi.
So'zsiz 1-versiyaning chiqishi, ko'p xatolarga qaramasdan muvaffaqiyatli bo'ldi. Adobe kompaniyasi Photoshopning hammabopligini isbotlab berdi, lekin u o'sha vaqtda maxsus dastur tuzuvchilar uchun ishlab chiqilgna edi.
Adobe kompaniyasi: Photoshop yordamida shunday natijaga erishishish mumkinligini, bunday natijaga ilgari faqat bir necha ming dollar turadigan professional, maxsus dastur asosidagina erishish mumkin ekanligini ta'kidladi. O'sha vaqtda Photoshopning narxi 1000$ bo'lishiga qaramasdan, uning eng katta raqobatchisining narxi 1995$ turadigan Letraset's ColorStudiodasturiedi.
2.0 versiyani ishlab chiqish bosqichida Adobe dasturchilar shatitini kengaytirdi. Dasturga Bezye egri chizig'ini kiritish uchun Mark Gamburgni taklif qildi. Bu vaqtda Photoshopda yangi imkoniyatlar ochildi: Pen tool, ikki tonli tasvirda ishlash, Illustratordan ba'zi tasvirlarda import va Rasterize. Bulraga yana CMYK qo'shildi. Photoshop uchun kasb bozorining ochilishi, poligrafiya xizmatlari Adobe kompaniyasi uchun juda qo'l keldi. Sotish bo'yicha birinchi menedjer Steven Gutman beta-versiya dasturlariga kodli nomlar taklif qildi. Bu odat shu kungacha davom etyapti. 1990-yilda chiqqan 'Fast Eddy' beta-versiya 2.0 ning kodlinomidir.
Photoshop uzoq vaqt, asosan Macintosh platformasida ishladi. Lekin uning muvaffaqiyatga erishishiga Grafika bozorida paydo bo'lgan Windows kafolatlab berdi. Yangi platformaga versiya ishlab chiqish oson ishlardan emas edi-buning uchun Brayan Lepkin boshchiligida yangi guruh tuzildi. Ko'p miqdorda yangi kiritmalar, masalan 16bitli fayl ishlab chiqarilishiga qaramasdan, bular faqat 1993-yil 2.5.1 versiyalarida paydo bo'ldi.
3.0 versiyadagi musiqa guruhi uchun ishlangan 3 albom ham muvaffaqiyatga erishishi yoki butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin edi. Omad Brayan lekin boshqarayotgan guruh tomonida bo'lib, ular qavatlar(Layers)ni ta'minlovchi dasturnirivojlantirdilar Layers ni ko'pchilik qo'llab-quvatladi, chunki u dasturning asosiy funksiyasini bajarar edi, u tez orada, ko'pgina rassom va dizaynerlarni o'ziga jalb qildi. Layers o'sha vaqtda juda mukammal emas edi. HSC keyinchalik Meta creations Live pictures nomli tasvirlarni qayta ishlash dasturini ishlab chiqdi, u ham shunday texnologiyani qo'llardi. Meta Creations juda katta xatoga yo'l qo'ygani shundaki, ular Live Picturesga juda baland narx qo'yib yuborishdi va Photoshop3.0 versiyasiga raqobatchi qolmadi.
Keyingi versiyalarda Layers ga o'xshash katta o'zgarishlar bo'lmadi, lekin dasturni mukammallashtirish davom etdi. Photoshop 5.0 versiyasida, ranglarni boshqarish va History Palette kiritldi. Ularning tasirida dasturning san'at imkoniyatlari oshdi. Photoshop 5.5 versiyasining chiqishi bilan katta o'zgarish bo'ldi. Photoshop komplektida Image Ready paydo bo'ldi va u web uchun grafikalarni ishlovchi yangi funksiyalarni ochib berdi. Photoshop 6.0 versiyasida Layer Styles va matnni harakatlanishini boshqarish imkoniyatlari paydo bo'ldi. Photoshop 7.0 versiyasida Healing brush paydo bo'ldi.
Uzoq vaqt dastur bozorida lider pozitsiyasini ushlab turgan Adobe o'z dasturini mukammallashtitaverdi. Hozirgi kunda Photsohop Creative Suite 2 (CS2) и Creative Suite 3 (CS3) paketlar tarkibida turibdi.
Yaxshiyamki, dasturni takomillashtirish to'xtamadi va hozir ham davom etyapti.Axborot dasturlari bozorida konkurensiyaning balandligi sababli, axborot dasturlarini taqdim etuvchilarning ko'pchiligi Photoshopni bepul ba'zi turlaridan masalan, Paint shop Proni arzon narxda havaskorlar va uyda ishlovchilar uchun taqdim etishdi. Adobe kompaniyasi Photoshopning yetarlicha imkoniyatlari bo'lgan, Photoshop Elements 4.0 versiyasini ishalb chiqdi.
Kelajakda nima bo'ladi…? Afsuski, Adobe bu haqida anons bermayapti. Photoshop Aobe kompaniyasining tojidagi qimmatbaho toshdir, shuning uchun uning kelajakdagi rejalari sir tutilyapti. Lekin har zamonda kompaniya Photoshop kelajagi haqida bir luqma tashlab qo'ymoqda. Video va raqamli tasvirlar ishlash bo'limining Vitse-Prezidenti Brayan Lemkin 64-bitli versiyasi va Apple's CoreImage texnologiyasini qo'llab-quvatlashini aytdi.Ular dasturning imkoniyatlarini ko'paytiradi. Yana Photoshop bilan Illustrator birlashadi degan mish-mishlar yuripti. (Men uni intizorlik bilan kutyapman.)Nima bo'lishidan qat'iy nazar Tomass Noll proyektni davom etishda qatnashadi. Tomass Noll hozirda Photoshop ishlab chiqarilishi bilan bevosita shug'ullanmasa ham, yangiliklardan doim xabardor bo'lib turibdi. Plugin, Adobe camera raw yangi versiyalarini ishlashda va Adobe kompaniyasining forum va diskussiyalarida qatnashib turibdi.
|
| |