|
Kengaytirilgan funksiyalar
|
bet | 6/19 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,55 Mb. | | #240934 |
Bog'liq kurs ish Kengaytirilgan funksiyalar
Adobe Photoshop Extended dasturining yangi versiyalaridan (CS4 dan) boshlab Adobe Acrobat 3D, Autodesk 3ds Max, Maya va Google Планета Земля dasturlarida yaratilgan 3D formatdagi tasvirlarni ochish hamda tahrirlash mumkin. Photoshop 3D fayllarning quyidagi formatlarini oʻqiy oladi: U3D, 3DS, OBJ, KML va DAE. Uch oʻlchamli suratlarni ikki oʻlchamli suratlarga qoʻshish mumkin. Tahrirdan soʻng ishni GIF-animatsiya yoki PSD koʻrinishida saqlash mumkin va uni Adobe Premiere Pro yoki Adobe After Effects video dasturlarida koʻrish mumkin.
CS versiyasidan boshlab PSda skriptlar bilan ishlash imkoniyati bor. Photoshop DIOCOM (Digital Imaging and Communications in Medicine) — tibbiyotdagi raqamli tasvirlar fayllarini oʻqiy oladi. PS Extended dasturi orqali MATLAB tasvirlar bilan ishlash mumkin.
Adobe Photoshop grafik muharriri yordamida fotosuratlarga qo‘shimchalar kiritish, fotosuratdagi dogdarni o‘chirish hamda eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qol- shimcha maxsus effektlar bilan boyitish, bir fotosuratdagi element- larni ikkinchi fotosuratga olib o‘tish, ranglarni o‘zgartirish, almashtirish mumkin. Adobe Photoshop imkoniyatlari keng qamrovli bo‘lib, u gazeta va jurnallarni turli-tuman rasmlar bilan boyitishda juda katta qulayliklar yaratadi. Adobe Photoshop ayniqsa dizaynerlar, rassomlarning ijodiy imkoniyatlarini to‘la amalga oshirishlarida yordam beradi. Turli sohalar va bevosita matbuot yoki nashriyot sohasiga aloqador bo'lgan shaxslarning mazkur dastur bilan ishlashni bilishi ular uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratib beradi. Adobe Photoshop juda murakkab dasturdir. Foydalanuvchilar uning asosiy imkoniyat- laridangina foydalanadilar, xolos. Dasturni ishga tushirish ketma-ketligi quyidagicha: Windows 95, 98, ME, 2000, XR yoki NT operatsion tizimlarida Start (Пуск) tugmasi ustida sichqoncha chap tugmasini bosing, Programs (Программы) bodimiga kiring, so‘ngra Adobe Photoshop elementi ustiga yana sichqoncha chap tugmasi bilan bosing. Bundan tashqari, ish stolida mavjud Adobe Photoshop uchun maxsus belgida «sichqoncha»ning chap tugmasini ikki marta bosish yo‘li bilan ham dasturni ishga tushirish mumkin. 34 Adobe Photoshop dasturidan chiqish uchun quyidagi usullar- ning biridan foydalanish mumkin:- Alt + F4 tugmalarini bosish; — Файл menyusining Выход buyrug‘ini tanlash. Ekranning ynqori qismi o'ng burchagida joylashgan «X» belgili tugmachani bosish yoki Файл > Закрыть buyrug'ini berish.
Dasturning har bir versiyasi o‘zida yangi elementlarni mujas- samlantirgan. Bu o‘zgarishlar Adobe Photoshop CS5 versiyasida ham kuzatiladi (1.2-rasm).
1.2-rasm.
|
| |