kelgan. 60-yillarda axborot tizimlariga munosabat butunlay o‘zgardi. Bu tizimlardan olingan axborot davriy hisobot uchun ko‘pgina parametrlar bo‘yicha qo‘llana boshlandi. Buning uchun tashkilotlarga ko‘pgina funktsiyalarga ega bo‘lgan EHM lar talab etila boshlandi. 70—80-yillarda axborot tizimlari qarorlarni qo‘llab- quvvatlovchi va tezlashtiruvchi jarayonga ega bo‘lgan nazorat boshqaruvi vositalari sifatida keng foydalanila boshlandi.
80-yillar oxiridan boshlab, axborot tizimlaridan foydalanish kontseptsiyasi yanada o‘zgarib bormoqda. Ular axborotning strategik manbai bo‘lib qolmoqda va istalgan sohada tashkil etishning barcha darajalarida foydalanilmoqda. Bu davrning axborot tizimlari axborotni o‘z vaqtida berib, tashkilot faoliyatida muvaffaqiyatga erishishga yordam bermoqda.
Savol va topshiriqlar 1. Тizim tushunchasiga ta’rif bering. 2. Тizimga misollar keltiring. 3. Quyosh sistemasi haqida nimalarni bilasiz? 4. Axborot tizimiga ta’rif bering. 5. Boshqarish deganda nimani tushunasiz? 6. Boshqaruv tizimi komponentlari va ularning vazifalarini aytib bering. 7. Тo‘g‘ri va aks aloqalarni tushuntirib bering. 8. Axborot tizimlarining qanday turlarini bilasiz?
Istalgan vazifalardagi axborot tizimi ishini ta
’
minlovchi
jarayonlarni umumiy holda quyidagicha tasavvur etish
mumkin: