|
Mavzu; Akademik litseylarda kimyo eksperimentidan foydalanib o’qitish metodikasi
|
bet | 1/3 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 191,01 Kb. | | #117356 |
Akademik litseylarda kimyo eksperimentidan foydalanib o’qitish metodikasi Reja: Kimyoviy eksperimentni o’rni va ahamiyati. Labaratoriya mashg’ulotlariga qo’yiladigan talablar Kimyo o’qitishda o’quvchilarning tajribalar bajarishini amalga oshirish
Kirish
O’zbekiston Respublikasida “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” uzluksiz ta’lim tizimini amalga oshirishga ilmiy - nazariy asos bo’ldi. Bu qonunlarda o’quvchilarni ma’naviy - ahloqiy tarbiyalash, ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqarish va amaliyotga joriy etish, o’quv tarbiya jarayoni sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash muhim vazifalardan biri etib belgilangan
Mavzuning dolzarbligi - O’qitishda kimyo eksperimentidan foydalanishda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida axborot texnologiyasi yordamida o’qitish metodikasi mavzusi adabiyotlar tahlilidan ma’lum bo’lishicha, so’zlar orqali tushuntirilgan. O’quvchi labaratoriya mashg’ulotlari va amaliy mashg’ulotlarning moddalarning reaksiyasiga kirishib, yangi moddalar hosil bolish sabablarini, qanday sodir bolishi, reaksiyaning mohiyati bilan bu nima uchun bazi moddalar bilan reaksiya amalga oshmasligi sababini, birlamchi spirtlarning oksidlanishidan aldegidlar, ikkilamchi spirtlarning oksidlanishidan ketonlar hosil bo’lish jarayonlari mexanizmini, ularga xos sifat reaksiyalar borishini to’liq tasavvur qilishi qiyin.
Tadqiqot obyekti. Akademik litsey kimyo kursida « O’quvchilarning o’qitishda kimyoviy eksperimentda foydalanish» bo’limi mavzularini o’qitishning shakli, mazmuni, usul va vositalari. Tadqiqot predmeti. Akademik litseylarda kimyo, xususan, organik kimyo fani Mavzuning o’rganilganlik darajasi - M.Nishonov, Sh.Mamajonov, V.Xo’jayev “Kimyo o’qitish metodikasi”2 kitobida dars jarayonida qo’llaniladigan umumiy metodlar, kimyo darslariga, laboratoriya mashg’ulotlariga qo’yiladigan talablar haqida ma’lumot berilgan. Bundan tashqari anorganik va organik kimyoning dastlabki tushunchalarini o’qitish metodikasi, 7,8,9-sinflarning nazariy konsepsiyalari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan
|
| |