• Takrorlanuvchi algoritm
  • Hayotiy algaritmga misollar
  • Mavzu: Algoritm va dastur tushunchalari




    Download 6,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/3
    Sana13.05.2024
    Hajmi6,06 Mb.
    #229170
    1   2   3
    Bog'liq
    1-maruza

    Algoritm turlari
    Chiziqli algoritm
    - deb hech qanday shartsiz faqat ketma-ket bajariladigan jarayonlarga aytiladi.
    Tarmoqlanuvchi algoritm
    - deb ma’lum shartlarga muvofiq bajariladigan ko‘rsatmalardan tuzilgan
    algoritmga aytiladi.
    Takrorlanuvchi algoritm
    - deb biron bir shart tekshirilishi yoki biron parametrning har xil qiymatlari
    asosida algoritmda takrorlanish yuz beradigan jarayonlarga aytiladi.
    Algoritmlarni turli usullarda tasvirlash mumkin. Masalan: so‘z bilan ifodalash; formulalarda berish; 
    blok-sxemalarda tasvirlash; dastur shaklida ifodalash va boshqalar.
    Algoritmlarni blok-sxema ko‘rinishda tasvirlash qulay va tushunarli bo‘lgani uchun ko‘p ishlatiladi. 
    Bunda algoritmdagi har bir ko‘rsatma o‘z shakliga ega. Masalan: parallelogramm ko‘rinishdagi belgi
    ma’lumotlarni kiritish va chiqarish; to‘g‘ri to‘rtburchak belgisi hisoblash jarayonini; romb belgisi
    shartlarning tekshirilishini bildiradi.


    Hayotimizda algoritmlarni turli sohalarda ba’zan bilgan holda ba’zan esa
    bilmagan holda ishlatamiz. Algoritmlar faqat matematik xarakterga ega
    bo‘lmasdan ularni oddiy hayotiy turmushimizda ham ko‘p qo‘llaymiz. 
    Masalan, ovqat tayyorlash, choy damlash, biror berilgan ishni bajarish va
    boshqa. Bu ishlarni bajarishda ma’lum bo‘lgan aniq ko‘rsatmalarni ketma ket
    bajaramiz. Agar bu ko‘rsatmalar aniq bir ketma ketlik tartibida bajarilmasa
    kerakli natijani olaolmaymiz. Misol tariqasida matematik xarakterga ega
    bo‘lmagan butelbrod tayyorlash algoritmini ko‘rib chiqaylik. Bunda
    boshlang‘ich berilganlar: non, kolbasa va pishloq. Natija: butelbrod. 
    Butelbrod tayyorlash algoritmi:


    Hayotiy algaritmga misollar
    1. Non bo‘lagini kesib olish;
    2. Kolbasa va pishloq bo‘lagini kesib olish;
    3. Kolbasa va pishloq bo‘lagini non bo‘lagi
    orasiga qo‘yish.
    Agar bu jarayonning ketma ketlik o‘rinlari
    almashsa yoki biror bir bosqich amalga
    oshirilmasa natija bo‘lmaydi.



    Download 6,06 Mb.
    1   2   3




    Download 6,06 Mb.
    Pdf ko'rish