Mavzu:Hujjatlarni elektron shaklga o'tkazish




Download 78,13 Kb.
bet7/25
Sana30.11.2023
Hajmi78,13 Kb.
#108822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
Mavzu
Таркатма материаллар, Data Mining Nima -fayllar.org, Тетрадь 2, 21-BHMS. Schyotlar rejasi, Документ Microsoft Word
Mavzu:Hujjatlarni elektron shaklga o'tkazish

Elektron hukumat to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini amalda tatbiq etish doirasida 2016 yilning 2 iyun kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan "Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida"gi qarorni qabul qilindi. Hujjatda davlat xizmatlarini elektron shaklda ko‘rsatish jarayonida ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olish, aholi va biznes vakillaridan talab qilinadigan hujjat va so‘rovlarni qisqartirish, xizmat ko‘sratish jarayonini soddalashtirish, shuningdek davlat organlari hujjatlarini yagona shaklga keltirish kabi vazifalar belgilab berilgan.
Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish tartibi bir necha bosqichdan iborat. Avvaliga aholi va biznes vakillariga ko‘rsatiladigan, talab yuqori bo‘lgan xizmatlar tahlilllar asosida aniqlab olinib, samarali xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq to‘siqlar o‘rganiladi.
Shundan so‘ng elektron xizmatlarni ko‘rsatishning eng maqbul usuli ishlab chiqilib, so‘ng qonunchilik doirasida jamoatchilik va ekspertlar fikr-mulohazasi asosida takomillashtiriladi.
Ayni paytda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va uning qoshidagi "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi, BMTning Taraqqiyot dasturi, Osiyo taraqqiyot banki, xalqaro ekspertlar bilan birgalikda bir qancha davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish yuzasidan hamkorlik olib bormoqda
Davlat organlari ko’rsatiladigan davlat xizmatlari, ularning ixtiyorida bo’lgan shakllar va blankalarning xatlovini o’tkazish asosida davlat xizmatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni, ularning reglamentlarini, shuningdek shakllar va blankalar, hujjatlar va boshqa axborot namunalarini tayyorlaydilar va elektron ko’rinishda Yagona reyestrga kiritadilar.
Davlat xizmatining reglamentini ishlab chiqishda davlat organi tegishli idoralararo so’rov yuborilgan paytdan boshlab bir ish kunidan ortiq bo’lmagan muddatda hujjatlar va axborot (arxiv hujjatlari asosida taqdim etiladigan arxiv ma’lumotnomalari va axborotidan tashqari) mavjud bo’lgan manfaatdor davlat organlaridan olish muddatini nazarda tutishi shart.
9. Davlat organiga beriladigan hujjatlar va axborotning shakllari va blankalarining namunalari Yagona reyestrga elektron ko’rinishda kiritiladi.
10. Davlat xizmati ko’rsatishda boshqa davlat organlari ishtirok etgan taqdirda ushbu davlatxizmati to’g’risidagi ma’lumotlarni shakllantirish, hujjatlashtirish va Yagona reyestrga kiritish davlatxizmati ko’rsatilishining Yakuniy natijasini taqdim etayotgan organ tomonidan amalga oshiriladi.
Agar davlat xizmati ko’rsatilishining Yakuniy natijasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilsa, ushbu davlat xizmati to’g’risidagi ma’lumotlarni shakllantirish, hujjatlashtirish va Yagona reyestrga kiritish mazkur davlat xizmati bo’yicha hujjatlar va axborot ko’rib chiqilishini tashkil qilish uchun mas’ul bo’lgan davlat organi (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ishchi organi) tomonidan amalga oshiriladi.
11. Yagona reyestrga kiritiladigan davlat xizmatlari to’g’risidagi ma’lumotlar to’liq va ishonchli bo’lishi kerak. Ushbu ma’lumotlarda noaniqliklar, qisqartmalar va xatolar bo’lmasligi lozim.
Davlat xizmatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan hujjatlarning taqdim etiladigan elektron nusxalari va ularning matni yaxshi farqlanadigan, nusxalar sifati esa hujjatning o’qilishini qiyinlashtirmasligi kerak.
Agar davlat xizmati olish boshqa organlar tomonidan beriladigan tegishli hujjatlar va ma’lumotnomalarni yig’ishni nazarda tutsa, davlat xizmatlari to’g’risidagi ma’lumotlarda ushbu hujjatlarning berilishi uchun mas’ul bo’lgan organlar ko’rsatilgan holda, mazkur hujjatlarning batafsil ro’yxati berilishi kerak.
Davlat organi tomonidan Yagona reyestrga ma’lumotlar kiritilgandan keyin Yagona reyestr operatori ushbu ma’lumotlarni bir hafta muddatda ko’rib chiqadi va davlat xizmatini ro’yxatga oladi.



  1. Download 78,13 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Download 78,13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu:Hujjatlarni elektron shaklga o'tkazish

Download 78,13 Kb.