|
Mavzu: Asinxron matorni rele-kontaktorli ishga
|
Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 2,25 Kb. | | #159743 |
Bog'liq Reja Asinxron motor ishga tushirish-fayllar.org
Reja: Asinxron motor ishga tushirish
Mavzu: Asinxron matorni rele-kontaktorli ishga tushurish sxemasini tuzish
Reja:
1. Asinxron motor ishga tushirish
2. Qisqa tutashgan rotorli asinxron motorni to ‘g'ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulab ishga tushirish sxemasi
3. Faza rotorli asinxron motorlarni ishga tushirish
4. Foydalanilgan adabiyotlar
Asinxron motor ishga tushirilganda, quyidagi asosiy talablar bajarilishi lozim:
Motorni ishga tushirish mumkin qadar oson va qo'shimcha qurilmalarsiz bajarilishi lozim, ishga tushirish momenti yetarli darajada katta, ishga tushirish toki esa mumkin qadar kichik boiishi lozim.
Uch fazali asinxron motorlarni ishga tushirishda amalda quyidagi usullar qo‘llaniladi. Stator chulg‘amlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulash, stator chulg'amiga pasaytirilgan kuchlanish berib va rotor chulg‘amiga reostatni ulab ishga tushirish (oxirgisi faza rotorli motorlarda).
To’g’ridan to’g’ri tarmoqqa ulab ishga tushirish. Kichik va o‘rta quwatli qisqa tutashgan rotorli asinxron motorlar ana shunday usul bilan ishga tushiriladi. Bunda motorning stator chulg'ami yetarli darajadagi quwatga ega bo‘lgan elektr tarmog‘iga magnit ishga tushirgich yoki oddiy ulagich yordamida qo‘shiladi va uning tezligi tabiiy mexanik xarakteristikasi bo‘yicha o‘sib boradi.
Ishga tushirish toki I ancha katta bo‘lsa ham motor uchun xavfli bo‘Imaydi, chunki ishga tushirish qisqa vaqt ichida kechadi.
Ishga tushirish tokining nominal tokdan 5-7 marta katta bo‘lishi va ishga tushirish momentining uncha katta bo‘lmasligi bu usulning kamchiligi hisoblanadi.
Qisqa tutashgan rotorli asinxron motorni to ‘g'ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulab ishga tushirish sxemasi (a) va bunda tok ¡t va aylantiruvchi moment M ning o ‘zgarish grafiklari (b).
http://fayllar.org
|
| |