• Musbat zaryadlar ham tok kuchini tashiydimi
  • Tok kuchi paydo boʻlishiga nima sabab boʻladi
  • Tok kuchiga oid baʼzi eslatmalar




    Download 0.93 Mb.
    bet3/4
    Sana04.12.2022
    Hajmi0.93 Mb.
    #33144
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Elektr kattaliklar. Toxirov.J
    200

    Tok kuchiga oid baʼzi eslatmalar


    Metallarda tok kuchini nima tashiydi? Modomiki, elektronlar metallarda erkin harakatlanar ekan, harakatlanayotgan elektronlar metallarda tok kuchi hosil qiladi. Metall atomlardagi musbat yadrolar bir nuqtada turadi va ular tok kuchi hosil qilmaydi. Elektronlar manfiy zaryadga ega boʻlishi va koʻplab elektr zanjirlarda deyarli barcha ishni qilishiga qaramasdan, biz hali ham musbat zaryadlar harakatlanadigan yoʻnalishda oqayotgan tok kuchini musbat deb olamiz.
    Musbat zaryadlar ham tok kuchini tashiydimi? Ha. Bunga juda ham koʻp misollar bor. Masalan, shoʻr suvda tok ham musbat, ham manfiy zaryadlar yordamida hosil qilinadi. Agar biz odatiy osh tuzini suvga solsak, u juda ham yaxshi oʻtkazgichga aylanadi. Osh tuzi – bu natriy xlorid, NaCl. Tuz suvda parchalanadi va Na^++start superscript, plus, end superscript va Cl^-−start superscript, minus, end superscript ionlariga ajraladi. Ikkala ionga ham elektr maydon taʼsir qiladi va ular eritma boʻylab qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanadi. Bunday holatda tok kuchi erkin elektronlar bilan emas, harakatlanayotgan atomlar, yaʼni musbat va manfiy ionlar yordamida hosil qilinadi. Bizning tanamizda ham musbat, ham manfiy ionlar tok kuchini olib oʻtadi. Tok kuchining taʼrifi bu yerda ham oʻrinli: u vaqt birligida oqib oʻtgan zaryad miqdoriga teng.
    Tok kuchi paydo boʻlishiga nima sabab boʻladi? Zaryadli zarralar elektr va magnit kuchlar taʼsirida harakatlanadi. Bu kuchlar elektr va magnit maydonlar sababli yuzaga keladi. Maydonlarni esa oʻz navbatida zaryadlarning harakati va joylashgan oʻrni hosil qiladi.
    Tok kuchining tezligi qancha? Biz odatda tok kuchining tezligi haqida fikr yuritmaymiz. “Tok qanchalik tez oqyapti?” degan savolga javob topish murakkab fizik hodisalarni tushunishni talab qiladi. Tok kuchining tezligi odatdagidek metr taqsim sekund emas, balki zaryad taqsim sekundga teng. Koʻpincha biz “Qancha tok oqib oʻtyapti?” degan savolga javob beramiz.

    Download 0.93 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0.93 Mb.