Mavzu: Asosiy va boshqa miqdorlarni o’rgatish metodikasi Reja: Kirish I bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga miqdorlarni o’rgatishning o’ziga xos xususiyatlari




Download 201,31 Kb.
bet11/13
Sana16.12.2023
Hajmi201,31 Kb.
#120800
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Asosiy va boshqa miqdorlarni o’rgatish metodikasi

MASSA (vazn, og‘irlik ).
Bu bo‘limda o‘quvchilar massa (vazn) tushunchasi va uning o‘lchov birligi -«kilogramm» bilan tanishadilar. Bu mavzuni o‘rganishdagi atamalarga alohida ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak. Sababi, so‘nggi vaqtlargacha massani oddiy tarozda tortib, uning ko‘rsatkichlarini «og‘irlik» deb atar edilar. Vaholanki, massa va og‘irlik bir xil narsa emas. Og‘irlik – massani tezlanishga ko‘paytmasidan iborat bo‘lgan kuchdir. Shuning uchun bolalarga savol berilganda «ushbu predmetni og‘irligi qancha?» deb emas, «ushbu predmetning massasi qancha?» deb so‘rash joiz bo‘ladi. Savolning bunday shaklda qo‘yilishi birinchi sinfdanoq joriy etilgan.
Massa haqida tasavvurni shakllantirish metodikasida quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin.
Bolalarda massa haqida qanday tushuncha borligini aniqlab olish kerak. Buning uchun o‘qituvchi shunday vaziyatdan foydalanish mumkin.
Stolga ikkita bir xil rangli va o‘lchamli ikkita kubikni qo‘yish lozim. (Ularning birini yog‘ochdan, ikkinchisini kartondan yasash mumkin. Ularning tashqi tomondan farqi bo‘lmasligi kerak).O‘qituvchi bu ikkala kubik bir xil bo‘lsa ham, ularning o‘rtasida farqlar borligini tushuntirishi kerak. Shunda bolalarda bu farq nimada ekanligiga qiziqish uyg‘onadi. Ba’zi bolalar esa kubiklarni yaqindan va hatto ko‘tarib ko‘rishga harakat qilishadi. Shunda o‘qituvchi «og‘irroq» va «yengilroq»predmetning massasi bilan bog‘liq sifati ekanini tushintiradi. Matematikada «og‘irroq» va «engilroq» so‘zlari o‘rniga «Ushbu predmetning massasi ko‘p (yoki kam)» degan iboralar ishlatiladi. So‘ng o‘qituvchi har bir o‘quvchiga (massasiga ko‘ra bir-biridan farq qiluvchi) ikkita kitobni ikki qo‘liga olib, ulardan qay biri og‘iriroq ekanini so‘raydi. Javob turlicha bo‘lishi mumkin. Shunda o‘qituvchi predmetlar massasini qo‘lga olib chamalash mushkul ekanligini uqtiradi. Bunday hollarda eng oddiy pallali tarozilardan foydalanish mumkinligini tushintiradi va predmetlar massasini taqqoslash jarayonida undan foydalanish yo‘llarini tushuntiradi. Zaruriy tajribaga esa amaliy mashqlar davomida erishiladi. O‘quvchilarning diqqatini taroz pallalari bo‘sh vaqtida ko‘rsatkich tillarning holatiga, so‘ngra esa, pallalarga har xil buyum qo‘yilgandan keyingi holatga qaratiladi.




    1. Download 201,31 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 201,31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Asosiy va boshqa miqdorlarni o’rgatish metodikasi Reja: Kirish I bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga miqdorlarni o’rgatishning o’ziga xos xususiyatlari

Download 201,31 Kb.