Boshlang’ich sinf o’quvchilariga miqdorlar haqida tushuncha berishning nazariy asoslari




Download 201,31 Kb.
bet8/13
Sana16.12.2023
Hajmi201,31 Kb.
#120800
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Asosiy va boshqa miqdorlarni o’rgatish metodikasi

Boshlang’ich sinf o’quvchilariga miqdorlar haqida tushuncha berishning nazariy asoslari

Mamlakatimizda boshlang‘ich sinflarda matematika kursini o‘zlashtirishning dastlabki bosqichi sifatida qaraladi. Shu sababli boshlang‘ich sinflarda ishlashga o‘rta maktabda matematika o‘qitishda ko‘zda tutiladigan umumiy masalalarni hisobga olish va bu masalalarni boshlang‘ich ta’limning ahamiyatini to‘g‘ri baholash kerak. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida o‘tiladigan har bir mavzu bolaning ham aqliy rivojiga ham jismoniy ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatishi lozimdir. Boshlang‘ich sinf matematikadan o‘rin olgan mavzulardan biri – bu boshlang‘ich sinflarda miqdor o‘lchamlarini o‘rganish usullaridir.


2. Qadimgi miqdor o‘lchovlari.
Miqdorlar, xuddi raqamlar kabi boshlang‘ich sinflarda matematika mashg‘ulotlarining asosiy tushunchasi bo‘lib, bolalarda miqdor haqida predmetga va voqelikka aloqada va o‘lchov bilan bog‘liq sifat tasavvur hosil qilish uchun foydalaniladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan bu miqdorni arifmetik materialni o‘rganish bilan bir vaqtda uzviy bog‘liqligida amalga oshiriladi.
Bir necha yillar davomida maktab kursi matematika maktab darslarida va hayotga Yevropa tillarida foydalanib nomlanadigan miqdorlar o‘lchanib, foydalanib kelinmoqda.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilib, milliy qadriyatlarimiz tiklanayotgan bir paytda, ota-bobolarimiz kundalik hayotda foydalangan miqdor o‘lchovlari birliklarini maktab boshlang‘ich sinf matematika kursidan boshlab o‘rganishni hozirgi zamon talabi deb bilamiz.
Malakaviy bitiruv ishida ilgari surgan ilmiy faraz, hozirgi nomlar bilan yuritiladigan miqdor o‘lchovlari orasidan bog‘lanish o‘quvchilarga beriladigan matematik bilimlarning sifati qay darajada ekanligini asoslashga va shu bilan fikrimizning isboti sifatida o‘lchov birliklariga misollar keltiramiz.
1 qarich – 20 sm
1 quloch – 1 m 40 sm

  1. gaz – 1 olchin-1metr

  1. qadam – 170 sm

  1. chaqirim – 1 km

  1. tosh – 8 km (taxminan)

  1. suyam – 15-16 sm

  1. pud – 16 kg

  1. do‘l – 90-100 gr

  1. chorak – 4 kg

  1. daqiqa – 1 minut

  1. tanob – 900 kv metr

  1. zikr – 1 kunda

Garchi o‘lchov birliklarini eski nomlagan desakda, xalqimiz undan xo‘jalikda, savdo-sotiqda, qurilish ishlarida foydalanib kelganlar.
Hozirgi kun matematikasida miqdor birliklaridan foydalanish eski va hozirgi miqdor o‘lchovlari birliklari o‘rtasidagi farq dars mobaynida o‘quvchilarga tushuntirib borilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi, chunki bu bilan ishlatilmay yo‘qolib ketayotgan birliklarni saqlab qolishimiz mumkin. Necha asrlar davomida o‘zgarmaydigan birliklarga taklif kiritgan va yaratganlar, masalan 1,064 yil sekundni 1870 yil esa kg va metrni yaratishgan. Vaqt birliklari tabiatdan olingan, lekin soat, minut, sekund 60 raqami bilan ifodalanishga sabab qadimiy Vavilonda oltmishlik hisoblash sistemasi bo‘lgan, shuning uchun ham 1 soat 60 minut deb qabul qilingan.
Mana shunaqangi o‘lchov birliklari maktab dasturiga kiritilgandir.
Uzunlik haqidagi ma’lumotni berish 1-sinfning 2-choragindan boshlab o‘rganiladi. O‘quvchilar dastlab santimetr haqida ma’lumot oladilar va oldin ularga unchalik katta bo‘lmagan narsalarni, masalan, gugurt qutisini, cho‘plarning, qalamning uzunligini topish o‘rgatiladi. Buning uchun aniq umumiy tomonidan qabul qilingan santimetrdan foydalanishi aytib o‘tildi. O‘quvchilar santimetr haqida aniq tasavvur olishlari uchun o‘qituvchi rahbarligida santimetrning bir
qancha modellarini tayyorlashlari lozim. Daftarga 20 katakli kesma chizib, unda necha santimetr borligini bolalar bilan aniqlash kerak.
14 va 10 katakligini ham shu tarzda aniqlash mumkin.
Modellarni yechishning ikkita usuli bor:

  1. Ustiga qo‘yish usuli.

  1. Qo‘shib berish usuli.

1-sinfning 2-choragi oxirida o‘quvchilarga detsimetr haqida ma’lumot beriladi.
1sm 10dm
Metr haqida ham tasavvur hosil qilish uchun 1 metrli yog‘och chizg‘ichni ko‘rsatamiz. III-sinflarda uzunlik o‘lchov birliklari bilan tanishtirish davom ettiriladi, bolalarni millimetr bilan tanishtirish eng qiyin usul.
Uzunlikning yangi birligi kilometr bilan tanishtirilganda birlik haqidagi tasavvurni shakllantirish maqsadida o‘quvchilar yer ustida amaliy ishlar o‘tkazishi lozim. Shu maqsadda o‘quvchilar o‘qituvchi, boshchiligida km ga (1000 metr) masofani qancha vaqtda bosib o‘tganlarini aniqlashlari foydalidir. Tarbiyaviy suhbatlarda qaysi kasblarda ko‘z bilan chamalash mumkinligini ta’kidlash kerak. Miqdor haqidagi tasavvurni rivojlantirishda hajmi va massa bilan ta’riflanadigan xossalari bilan tanishtirish yordam beradi.
1-sinfda tanishadigan og‘irlik birligi bu kg dir. 1 kg og‘irlik tasavvurni bolalar faqat o‘zlarining amaliy ishlari asosida olishlari kerak. Taqqoslash natijasidagina bolalar 1 kg og‘irlik haqidagi real tuyg‘uni sezadilar.
Birinchi darsning o‘zidayoq pallali rejali tarozida har xil narsalarni paketga solingan 1 kg, 2 kg, 3 kg larni foydalanib tortishi bilan tanishtirish kerak. Tortish jarayonida o‘zlari qatnashishi muhimdir. Albatta o‘qituvchi oldindan tarozi haqidagi bilimlarni berish lozim.
3-sinfda o‘quvchilar yangi massa birligi gramm bilan tanishadilar. Gramm haqidagi aniq tasavvur hosil qilish uchun qo‘llari bilan massani 1 gr li bo‘lgan toshlarni o‘lchashlari va uning og‘irligini boshqa predmetlarning og‘irligini taqqoslash kerak.
Sinfga dorixona olib kirish bolalarga gr li tarozida tortish mumkin bo‘lgan narsalar haqida aytish va ko‘rsatib berish mumkin. Masalan: dori, un, shakar, choy va hokazo.

Download 201,31 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 201,31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang’ich sinf o’quvchilariga miqdorlar haqida tushuncha berishning nazariy asoslari

Download 201,31 Kb.