• Kirish Mavzuning dolzarbligi.
  • Reja: Kirish I bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga miqdorlarni o’rgatishning o’ziga xos xususiyatlari




    Download 213,5 Kb.
    bet1/16
    Sana23.05.2024
    Hajmi213,5 Kb.
    #250899
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    Reja Kirish I bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga miqdorlarni


    Mavzu: Boshlang’ich sinflarda miqdorlarning nazariy asosi va metodikasi
    Reja:
    Kirish
    I bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga miqdorlarni o’rgatishning o’ziga xos xususiyatlari

      1. Qadimiy va zamonaviy miqdor o’lchov birliklari haqida tushuncha

      2. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga miqdorlar haqida tushuncha berishning nazariy asoslari

      3. Boshlang’ich sinf matematika darslarida miqdorlarni o’rgatishning ahamiyati

    II bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida matematika darslarida miqdorlarni o’lchash malakalarini shakllantirish
    2.1. Boshlang’ich sinflarda miqdorlarni o’lchash
    2.2. 1-2-sinflarda miqdorlarni o’lchash metodikasi
    2.3. 3-4- sinflarda miqdorlarni o’lchash metodikasi
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar


    Kirish


    Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasida yosh avlodlarning o’qish faoliyati mazmuni, maqsad va vazifasi, vositalari, metodlari tashkil etish shakllarini va ilmiy pedagogik asoslarga tayangan holda takomillashtirishni taqozo etmoqda. Buning ahamiyatini birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Xalqimizning ma’naviy boyliklarini, jahon sivilizatsiyasi eng yaxshi yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan yangi avlodni shakllantirish bugunning eng muhim vazifasidir” degan dasturiy fikrlaridan ham bilib olish mumkin. Ushbu vazifaning samaradorligi miqdorlarga oid masalalar ularning bilim egallashdagi faolligini, mustaqil bilish faoliyatini shakllantirishga taqaladi. Bunda o‘quvchilarning matematik tayyorgarligi jarayonini shakllantirishni 3-sinf o‘quvchilarida dolzarbligi yaqqol namoyon bo‘ladi.
    Bundan tashqari Prezident Sh. M. Mirziyoyev ham alohida ta’kidlab aytadilarki, «Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.»
    Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasini takomillashtirishga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlar tahlili psixologik-pedagogik tadqiqotlarda boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish samaradorligini oshirishning ilmiy taxlili birinchidan, axborotlarni boyitib borish orqali ta’lim mazmunini o‘zgartirish, didaktik elementlarni qatnashtirib o‘zlashtirish, (B.P.Erdniyev, P.M.Erdniyev), har bir fanning asosiy g‘oyasini ajratish (I.D.Zverev, V.N.Maksimova, R.A. Mavlonova, A.Abduqodirov, A.M.Markushevich) nazariy bilimlarning rolini oshirish (V.V. Davidov, A.K. Markova, J.. Ikromov, A.M. Pishkalo, L.SH.Levenberg, N.U.Bikbayeva, E.Yangibayeva, M.Axmedov) yo‘nalishlarida amalga oshirilgan.
    Boshlang‘ich sinf uchun darslik va o‘quv qo‘llanmalari (K.Qosimova, R.A. Mavlonova, L.SH. Levenberg), o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalar (M.I. Mopo, A.M. Pishkalo, L.SH.Levenberg, N.U.Bikbayeva) va o‘quvchilar uchun, tajriba-sinov qo‘llanmalari (M.Ahmedov, N.Abduraxmonova, R.Ibragimov, Y.M. Kolyagin, P.M. Erdniyev) mualliflari mashqlar to‘plami (o‘quv materiallari) orqali boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining bilish faoliyatini shakllantirish mumkinligiga to‘xtalib o‘tishgan. Didaktika va ta’lim metodikasiga bag‘ishlangan ishlarda (P.M.Erdniyev, N.U.Bikbayeva, L.SH. Levenberg, R.A. Mavlonova, K.Qosimova va boshqalar) bu muammo umumiy holatda ko‘zda tutiladi, biroq maxsus tadqiqot predmeti sifatida ajratib olinmagan.
    Shuningdek, Boshlang‘ich sinflarda miqdoriy masalalar yechishni tashkil etish vositasi sifatida ta’lim texnologiyasi, mustaqil ishlash, o‘yin elementlaridan foydalanish yetarli darajada o‘rganilmagan. Boshlang‘ich ta’lim nazariyasida kichik yoshdagi o‘quvchilarning mustaqil bilish faoliyatining mohiyati va uni tashkil etish uslubiyati masalalar yechish texnologiyasining ilmiy asoslangani bilan birga “Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi”ni ma’lum darajada takomillashtirib borish, kurs ishimizning mavzusini “ 4- sinfda o`quvchilarga miqdorlarni o`rgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish ” deb nomladik.

    Download 213,5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 213,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Kirish I bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga miqdorlarni o’rgatishning o’ziga xos xususiyatlari

    Download 213,5 Kb.