• AESning afzalliklari
  • Mavzu: Atom elektr stansiyasi reja o‘zbekiston Respublikasida birinchi aes qurilishi loyihasi 2




    Download 353 Kb.
    bet2/3
    Sana17.04.2023
    Hajmi353 Kb.
    #52012
    1   2   3
    Bog'liq
    Atom elektr stansiyasi
    Илмий тўгарак йиллик иш режаси, ИТИ билан шугул. иқт. тал. ҳақида маълумот.2015 AT, 122222, 4-amaliy Akustik aloqa kameralari va ularning konstruksiyalari. Reverb ka, 12 талик рўйхат , amaliy, 2eee2, Стартап АРИЗА OXIRGI last, 20-ish. О‘tkаzgichning qаrshiligini о‘zgаrmаs tok kо‘prigi yordаmidа аniqlаsh., Axborot xavfsiziligi, himoyalash usullari, 3-маъруза, Algoritm va algoritlash tushunchalari, Amaliy mashg‘ulot Bulutli texnologiyalar. Google asbob uskun (1), algoritm va uning turlari, аралаштиргич амалий
    AES qanday ishlaydi?
    Atom elektr stansiyasi atom yadrosi ajralib chiqishi natijasida hosil bo‘ladigan reaksiya asosida ishlaydi. Ushbu jarayonda asosan uran yoki plutoniy atomlari ishtirok etadi. 
    AESda urandan foydalanish uchun uran rudasi kukunga aylantiriladi. So‘ngra uran kukuni metall «tabletka» ko‘rinishiga keltiriladi — u kichik kolbalarga presslanadi va 1500 daraja haroratda bir necha sutka kuydiriladi.
    Aynan mana shu uran tabletkalari yadroviy reaktorlarga joylanadi. Bitta reaktorda bir vaqtning o‘zida 10 milliontaga yaqin uran tabletkalari ishlatiladi.
    Atom yadrolari neytron ajratib chiqaradi. Neytronlar yangi neytronlarni hamda ulkan kinetik energiyaga ega zarralarni hosil qiladi. Aynan mana shu energiya atom stansiyasi faoliyatining asosini tashkil qiladi. Atom reaktorida reaksiya vaqtida ajralgan energiya issiqlikka aylanadi va issiqlik tashuvchiga (suvga) o‘tadi.
    So‘ngra issiqlik tashuvchidagi harorat maxsus issiqlik almashuvchi qurilmalar orqali ikkinchi konturdagi oddiy suvga o‘tadi va uni qaynatadi. Qaynash natijasida hosil bo‘lgan suv bug‘i turbinani aylantiradi. Turbina elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi generatorni harakatga keltiradi.
    Shunday qilib, AESning ishlash tarzi xuddi issiqlik elektr stansiyasiniki kabidir. Faqat ular o‘rtasidagi farq bug‘ning qanday yo‘l bilan hosil qilinishida.
    AESning afzalliklari
    Yadroviy energetikani rivojlantirish tarafdorlari atom elektr stansiyalarining ustun jihatlariga e'tibor qaratishadi. Xususan, Jahon yadro assotsiatsiyasi qiziq ma'lumotni keltirib o‘tadi. Uning hisobotida aytilishicha, AESda bir gigavatt elektr energiyasi ishlab chiqarishda insonlarning qurbon bo‘lishi ko‘rsatkichi an'anaviy issiqlik elektr stansiyalarinikiga nisbatan 43 marta kam ekan.
    Atom elektr stansiyalarining ustunliklariga quyidagilar kiradi:
    - elektr energiyasi ishlab chiqarish arzonga tushadi;
    - gaz bilan ishlaydigan 1000 MVt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyasi atmosferaga yiliga 13 ming tonna va ko‘mir bilan ishlaydigan issiqlik elektr stansiyasi 165 ming tonna zararli modda chiqaradi. 1000 MVt quvvatga ega IES yiliga 8 million tonna kislorod yutadi. AES kislorod iste'mol qilmaydi va yuqoridagidek zararli chiqindilar chiqarmaydi
    - ularni yirik yonilg‘i manbasi yaqinida qurish uchun zarurat yo‘q. IESga ko‘mir va gaz keltirish katta xarajatlarni talab qiladi, AESga kerakli uran esa bitta yuk mashinasiga joylashishi mumkin;
    - foydalanilgan yonilg‘ini qayta ishlab, undan yana yonilg‘i sifatida foydalaniladi;
    - yuqori quvvat: bitta energoblokning quvvati 1000—1600 MVtni tashkil qiladi.

    Download 353 Kb.
    1   2   3




    Download 353 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Atom elektr stansiyasi reja o‘zbekiston Respublikasida birinchi aes qurilishi loyihasi 2

    Download 353 Kb.