Laboratoriya ishi № 5-6
Mavzu: AutoCAD dasturi yordamida sathni rostlash tizimining struktur
sxemasi va tavsiflarini qurish.
Ishning maqsadi:Talaba ishni bajarish jarayonida sanoatda qo’llaniladigan
sathni o’lchash usullarini va ularning ishlash o’rganib, AutoCAD dasturi yordamida
sathni rostlash tizimining sxemasi va tavsiflarini qurish.
Laboratoriya ishini bajarish tartibi:
Sathni o’lchashning nazariy asoslari
Gidrostatik sath o’lchagichlar. Gidrostatik sath o’lchagichlar yordamida sathni
o’lchash uchun suyuqlik ustuni hosil qilayotgan bosimni o’lchab sath o’lchanadi,
ya’ni
ρgH
=
P
; (
const
=
ρ
bo’lganda)
AutoCAD dasturida funktsional sxemani tasvirlashda sathni o’lchaydigan
priborlar quyidagi ko’rinishda bo’ladi.
a) b)
c)
2.1-Rasm. Aylana ichida gorizontal chizigi bo’lmagani qurilmani joyiga
o’rnatilganligini bildiradi, o’rtasida chizigi bo’lgani esa shitda o’rnatilgan qurilma
hisoblanadi.
a – rasmda E bu qurilma emas lekin o’lchovchi o’zgartgich. L sathni
o’lchovchi, joyiga ko’ra o’rnatilgan.
b – rasmda Joyiga ko’ra o’rnatilgan, sathni o’lchovchi, ko’rsatuvchi asbob,
signalizatsiyali, sxema regulyatorli.
c- rasmda Joyiga ko’ra o’rnatilgan, sathni o’lchovchi, ko’rsatuvchi asbob,
signalizatsiyali.
LE
LSA
LC
LIA
2.2-rasm. Pezometrik va difmanometrik gidrostatik sath o’lchash usullari
mavjud.
Pezometrik sath o’lchagichlar (4.3-rasm) agressiv va o’ta agressiv muxitlarning
sathini o’lchashda qo’llaniladi.
2.3-rasm. Pezometrik sath o’lchagichlarning printsipial sxemasi
Ushbu sath o’lchagich o’lchash komplektiga quyidagilar kiradi:
1 – rostlanuvchi drossel; 2 – rotametr; 3 – pezometrik trubka; 4 – manometr
(ikkilamchi asbob)
Qalqovuchli sath o’lchagichlar
Qalqovuchli sath o’lchagichlarda sath o’zgarishi bilan qalqovuch sathning
ketidan siljiydi va uning bu siljishi o’lchash qurilmasiga uzatiladi yoki kuchni yoki
siljishni kompensatsiyalovchi signal o’zgartirgichda chiqish signaliga aylantiriladi.
Ikki xil qalqovuchli sath o’lchagichlar mavjud. Birinchisida (4.4-rasm), aks ta’sir
kuchi qalqovuchni ko’tarish kuchiga teng bo’lib, u qalqovuchning og’irlik kuchiga
G teng, ya’ni G=F=const; (Arximed qonuniga muvofiq F=
ρ
*s*h*g , bu erda,
ρ
- suyuqlik zichligi; s- qalqovuchning ko’ndalang kesim yuzasi; x – cho’kish
balandligi; g- erkin tushish tezlanishi).
Qalqovuchning cho’kish darajasi, ya’ni, qalqovuch suyuqlik sathining
o’zgarishini qaytaradi.
ρ
=
X
sg
G
2.4-Rasm.Qalqovuchli sath o’lchagichlarning ish printsipi
Hisobot mazmuni:
1. Laboratoriya ishining nomi va maqsadi.
2. Laboratoriya ishini bajarilish tartibi va natijalari.
3. Tajribadan olingan grafik.
4. Xulosa.
|