• Dunyodagi eng katta to‘lqinlar elektrostansiyasi.
  • 4-ma’ruza. To’lqin enеrgiyasi, оkеаn vа dеngiz sоhillаridаgi оqimlаrdаn enеrgiyani hоsil qiluvchi qurilmа vа inshооtlаr. Reja




    Download 0,99 Mb.
    bet1/3
    Sana08.12.2023
    Hajmi0,99 Mb.
    #113651
      1   2   3
    Bog'liq
    4-ma’ruza. To’lqin enеrgiyasi, оkеаn vа dеngiz sоhillаridаgi оqimlаrdаn enеrgiya (1)


    4-ma’ruza. To’lqin enеrgiyasi, оkеаn vа dеngiz sоhillаridаgi оqimlаrdаn enеrgiyani hоsil qiluvchi qurilmа vа inshооtlаr.
    Reja:

    1. O‘zbekiston Respublikasining gidroenergetik resurslari.

    2. Dunyodagi eng katta sathning ko‘tarilib-tushish prinsipi asosida ishlaydigan turbina.

    3. Dunyodagi eng katta to‘lqinlar elektrostansiyasi.

    Hozirgi kunda jamiyatning rivojlanishini uning energiya bilan ta’minlanganligi belgilaydi. Ammo energiya iste’molining kundan-kunga oshib borishi hamda uni ishlab chiqarish uchun organik yoqilg‘ilardan foydalanish, atrof-muhitni global ifloslanishiga olib kelmoqda va natijada insoniyat hayotiga jiddiy xavf solmoqda. SHuning uchun hozirgi kun energetikasining dolzarb masalalaridan biri, ekologik toza, qayta tiklanadigan noana’naviy energiya manbalaridan foydalanishdir.


    Bugungi kunda respublikamizda ishlab chiqarilayotgan elektroenergiyaning 85 % organik yoqilg‘ilardan foydalanadigan issiqlik elektrostansiya-larida ishlab chiqariladi. Atigi 14,5 % elektroenergiya gidroelektrostansiya(GES)lar yordamida ishlab chiqariladi.
    Katta miqdordagi qayta tiklanuvchi, ya’ni bir necha bor foydalanish imkoni bo‘lgan energiya manbalariga ega bo‘lgan mamlakatimizda kichik gidroenergetika muhim o‘rinni egallaydi. O‘zbekiston Respublikasining gidroenergetik resurslari quyidagicha baholanadi.
    1. Yillik umumiy (yoki nazariy) giroenergetik potensial-88,5 mlrd. kVt/soat, shundan:
     katta daryolar - 81,1 mlrd. kVt/soatni;
     o‘rtacha daryolar – 3,0 mlrd. kVt/soatni;
     kichik daryolar – 4,4 mlrd. kVt/soatni tashkil qiladi.
    2. Energiya hosil qiluvchi suv oqimi o‘z yo‘lida juda ko‘p qarshiliklarga duch keladi va isrof bo‘ladi. Isrof bo‘lgan energiyadan qolgan energiya – texnik gidroenergetik potensial 27,4 mlrd. kVt/soatga teng bo‘lib, shundan:
     katta daryolar- 24,6 mlrd. kVt/soatni;
     o‘rtacha daryolar – 1,5 mlrd. kVt/soatni;
     kichik daryolar– 2,3 mlrd. kVt/soatni tashkil qiladi.

    3. GES jihozlaridan o‘tayotgan suv oqimi, juda ko‘p qarshiliklarni engib o‘tadi. Barcha qarshiliklardan sung qolgan sof iqtisodiy samarador gidroenergetik potensiali 16,6 mlrd. kVt /soatni tashkil qiladi


    Ishlab chiqilgan, «2010 yilgacha O‘zbekiston Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi tizimida kichik GESlarni rivojlantirish sxemasi»da har bir irrigatsiya tizimidagi energetik nuqtalar aniqlanib, shu nuqtalarning gidravlik va energetik xarakteristikalari ko‘rsatib berildi.
    14.1-rasmda Yangi Darg‘om kanalining bo‘ylama kesimi hamda undagi energetik nuqtalar ko‘rsatilgan, 5-jadvalda esa shu nuqtalarning energetik xarakteristikalari keltirilgan.

    14.1-rasm. Yangi Darg‘om kanalining energetik nuqtalar ko‘rsatilgan bo‘ylama kesimi.



    Download 0,99 Mb.
      1   2   3




    Download 0,99 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-ma’ruza. To’lqin enеrgiyasi, оkеаn vа dеngiz sоhillаridаgi оqimlаrdаn enеrgiyani hоsil qiluvchi qurilmа vа inshооtlаr. Reja

    Download 0,99 Mb.