• Foydalanilga adabiyotlar
  • Ikkala yo’nalishdagi harakat tasmalari




    Download 0,49 Mb.
    bet3/3
    Sana15.05.2024
    Hajmi0,49 Mb.
    #236636
    1   2   3
    Bog'liq
    3.Loyiha Mustaqil ish Jo\'rayev Sh

    Ikkala yo’nalishdagi harakat tasmalari

    Ajratuvchi tasmadagi xavfli g’ovlar

    Ajratuvchi tasma kengligi, m, bo’lganda istiqboldagi harakat jadalligi, kamida

    3-4

    5-6

    4

    yo’q
    bor

    30000
    20000

    40000
    30000

    6

    yo’q
    bor

    40000
    30000

    60000
    50000

    Ajratuvchi tasma kengligi 3 m dan ortiq bo’lganda ikki tomonli metall to’siqlar; kengligi 3 m va undan kam bo’lganda parapet turidagi temirbeton to’siqlar, shu jumladan sirti maxsus yuzalik to’siqlar o’rnatish tavsiya etila-di.
    Yo’l to’siqlarini o’rnatishda istiqboldagi 5-yillikga mo’ljallangan hisobiy xarakat jadalligi qabul qilinadi .
    I va II toifali avtomobilg’ yo’llarida trossli to’siqlardan foydala-nishga ruxsat etilmaydi.
    Parapet turidagi to’siqlarni alohida bloklar ko’rinishida qurishga ruxsat etilmaydi.Tog’li joylarning juda qiyin sharoitlarida texnik jihat-dan tegishlicha asoslanganda bo’laklar orasi 10 m dan oshmagan, uzunligi kami-da 50 m bo’lgan parapet turidagi to’siqlarni o’rnatish lozim.
    Urilish quvvatini yutuvchi metall yo’l to’siqlari ko’prik to’siqlari bilan tutashtirilganda, yo’l to’siq ustunchalari qadamini asta-sekin 1 m gacha yetkazishni ko’zda tutish kerak. Bunda ustunchalar qadami bir xil bo’lgan qismlar uzunligi 8 m ga teng bo’lishi lozim.
    Rejadagi to’siqlar chizig’ini o’zgartirish zaruriyati bo’lganda uni kamida 10:1 nisbatda o’tkaziladi.
    Ikkinchi guruh to’siqlari quyidagi holatlarda o’rnatilishi zarur:
    I toifali yo’lning piyodalar yo’lakchasi (shu jumladan yer ostki va ustki ) bo’lgan avtobus bekatlari qarshisidagi ajratuvchi tasmada, bekatning butun uzunligi bo’ylab va uning tashqarisida ikki tomonga kamida 20 m masofada;
    chegara toshining (bordyur) oldi yuzasidan (panjara turidagi tuzilma ko’rinishida) kamida 0,3 m masofada;
    Ajratuvchi tasma o’qida, yo’l o’tkazgich va yoritish tarmog’ining tayanchlari, axborot-ko’rsatuvchi yo’l belgilarining konsolli va romli tayanchlari bor bo’lganda, ajratuvchi tasma o’qi bo’ylab qatnov qism chetidan sim to’rlar kamida 1 m va panjara turidagi to’siqlar kamida 0,5 m masofada.
    I toifali avtomobilg’ yo’llari, shuningdek II-IV toifali yo’llarning xavfli qismlarida, sunhiy yoritish va birinchi guruh to’siqlarini o’rnatish talab qilinmaganda, 0,75-0,8 m balandlikdagi ogohlantiruvchi ustunchalar ko’ri-nishdagi yo’naltiruvchi qurilmalar bilan jihozlanishi kerak.
    II-IV toifali yo’llarning yoqalarida ogohlantiruvchi ustunchalar quyidagi hollarda o’rnatiladi:
    bo’ylama kesimdagi egriliklar chegarasida va ularga kelishda (har tomon-dan uchtadan ogohlantiruvchi ustunchalar) ko’tarmaning balandligi 2 m dan kam bo’lmaganda va harakat jadalligi kamida 2000 kelt.dona/sut bo’lganda;
    rejadagi egriliklar chegarasida va ularga kelishda (har tomondan uchtadan ogohlantiruvchi ustunchalar) ko’tarma balandligi 1 m dan kam bo’lmaganda 2- jadvalda ko’rsatilgan masofalarda;
    yo’lning to’g’ri chiziqli qismlaridagi ko’tarma balandligi 2 m dan kam bo’lmaganda va harakat jadalligi 2000 kelt.dona/sut dan kam bo’lmaganda har 50 m da;
    Botqoqlik va chuqurligi 1 m dan 2 m gacha bo’lgan suv havzalaridan 15 m.dan kam masofada joylashgan yo’llarlarning har 10 metrida;
    Ko’priklar va yo’l o’tkazgichlar oldida 3 tadan ustunchalar inshootdan oldin va keyin yo’lning ikki tomonida har 10 m da;
    Suv o’tkazuvchi quvurlar oldida, agar quvur diametri 1,5 m va undan katta bo’lsa, quvur o’qi bo’ylab yo’lning har tomonidan 1 tadan ustunchalar va yo’lning har ikki tomonida inshootdan oldin va keyin har 10 m da 3 tadan ustunchalar; agar quvur diametri 1,5m dan kam bo’lsa 1 tadan ustunchalar o’rnatilishi kerak.
    Aholi yashash joylarida ko’tarma balandligi 1 m dan kam bo’lsa, shuningdek quvurlar ustida (kallagi bor bo’lganda) ko’tarma balandligi 1 m dan kam bo’lsa ogohlantiruvchi ustunchalar o’rnatish tavsiya etilmaydi.
    Sun’iy yoritgichli ustunchalar aholi yashash joylaridagi, ajratuvchi tasmaning boshlanishida va transport tonnellari tirgak devorlarining yon qismlari oldida, hamda ko’tarilib turuvchi yo’naltiruvchi va xavfsizlik orol-chalarida o’rnatiladi.
    Ko’rsatilgan elemetlarda yoritilgan yo’l belgilari yoki svetoforlar bo’l-ganida ustunchalar o’rnatilmasligi mumkin.
    Yo’naltiruvchi orolchalar yo’nalishlar bo’yicha transport oqimlari haraka-tini ajratish uchun mo’ljallangan. Qatnov qismdan ko’tarilgan orolchalarni 0,15-0,2 m balandlikda qilish lozim.
    I toifali yo’llarda ogohlantiruvchi ustunchalar quyidagi hollarda o’rnatilishi kerak:
    Transport yechimlari orasidagi yo’l qismining butun uzunligida, qatnov qismni to’suvchi qurilmalar yo’q bo’lsa, har 50 m da;мchiqishdagi burilishlar chegarasida, har ikki tomonda 60-jadvalda keltirilgan masofalarda.
    Ogoxlantiruvchi ustunchalarni yo’l poyi qoshidan 0,35 m masofada, yo’l yoqasining mustahkamlanmagan qismida o’rnatish lozim.
    Yo’l belgilarini GOST 23457-86 talablariga binoan qo’llanishi kerak. Yo’l belgilari GOST 10807-78 talablariga, yo’l belgilarining tayanch-lari GOST 25458- 82 va GOST 25459-82 talablariga, shuningdek mavjud namu-naviy yechimlarga mos bo’lishi kerak.
    Yo’lning chiziqli belgilari GOST 23457-86 talablariga, belgi ele-mentlari GOST 13508-74 talablariga mos bo’lishi kerak.
    Barcha toifali avtomobilg’ yo’llarini manzaraviy loyihalash, tabiatni muhofaza qilish asoslariga rioya qilib, yo’llardagi tabiiy shamol almashishini tahminlash, yo’lga yondosh hududlarni shovqindan himoyalash, yo’l o’tkaziladigan tumanlarni tabiiy, xo’jalik, tarixiy va madaniy xususiyat-larini hisobga olib bezatish va ko’kalamzorlashtirishni ko’zda tutish lozim.
    Yo’llarni va yo’l inshootlarini yondosh joylashgan jarliklardan, ko’chkilardan, suv oqimlari yuvib ketishidan, qum bosishidan saqlash, maxsus ko’chatlar ekish, shuningdek tub joy tajribasini hisobga olib yo’l poyini loyihalashda ko’zda tutilgan geotexnik-muhandislik tadbirlar majmui orqali amalga oshirilishi lozim.
    Tog’ yo’llarini qor ko’chkilaridan ximoyalash uchun quyidagilar ko’zda tutilishi kerak:
    qor ko’chkisini ushlab qoluvchi va yo’naltiruvchi g’ovlar (ko’tarmalar), ko’ch-kini bo’lib tashlovchi qurilmalar, bostirma va galereyalar qurish; qorni siljishi va surilishining oldini oluvchi har xil qurilmalar yordamida uni yonbag’ir qiyaligida saqlab qolish;
    qordan himoyalovchi to’siqlar o’rnatish, tirgak devorlar yoki qor ko’chkilarini yig’uvchi qurilmalar oldiga ularda saqlanayotgan qor miqdorini kamaytiruvchi devorlar qurish;
    Yo’llardan foydalanish jarayonida va boshqa hollarda ko’chki xavfi bor qismlardagi qorlarni tushirish va boshqalar.
    Xulosa:
    Yo’lga yaqin qum manbalarida himoya tasmalarini ajratish lozim. Himoya tasmalarining kengligi tub joy sharoitlariga qarab (qumlar yuzasi-ning tuzilishi, ularning ko’chish darajasi, joylardan xo’jalik ishlarida foy-dalanish, aholi yashash maskanlarining joylashishi va boshqalar) tegishli ma-halliy idoralar bilan kelishilgan holda 50 m dan 500 m gacha qabul qilinadi. Himoya tasmalarining tashqi chegarasi yer relhefida ko’zga yaqqol tashlanadigan elementlarda yoki tasma chegarasida tegishli belgilar bilan ifodalanadi. Yuzasining tuzilishi bir xil bo’lgan yakka turkumdagi ko’chuvchi qumlar bo’lga-nida yo’l bo’yi yonbag’ir qiyaligini tegishlicha qilishdan tashqari ko’chuvchi qumlardagi yer relhefining o’zgarishiga qarab shamol kelish tomonida yoki yo’lning ikki tomonida yo’l oldi tasmalarini bar’o qilish lozim. Yo’l oldi tasmalarini o’zgaruvchan yer relhefiga moslab tekislash va bu tasmalar qarshisidagi ko’chuvchi qumlarni bostirib kelmasliklari uchun ularni mahkamlash zarur. Tekislangan yo’l oldi tasmalari kengligini tub joy sharoitiga (qumli yerning relhefi, shakli, o’lchami, tavsifi, harakati va boshqalar) qarab 20 m dan 50 m gacha va undan ortiq qabul qilish lozim. Tekislangan yo’l oldi tasmalari tash-qarisidagi ko’chuvchi qumlarni mahkamlash kengligi 25 m dan 150 m gacha va undan ortiq qilib belgilanadi.
    Foydalanilga adabiyotlar
    • V.F.Babkov, O.V.Andreyev “Avtomobil yo’llarini qidiruv va loyihalash” Iqism. Toshkent-2014 yil.
    • V.F.Babkov, O.V.Andreev “Avtomobil yo’llarini qidiruv va loyihalash” II - qism. Toshkent-2015 yil.
    • G.А. Fedotov, P.I. Pospelov «Изыскания и проектирование автомобильных дорог». Kн.1: Учебник/ -M.: ВШ, 2009.-
    • G.А. Fedotov, P.I. Pospelov «Изыскания и проектирование автомобильных дорог». Кн.2: Учебник/-M.: ВШ 2010.

    Download 0,49 Mb.
    1   2   3




    Download 0,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ikkala yo’nalishdagi harakat tasmalari

    Download 0,49 Mb.