Mavzu: Axborot haqida tushuncha




Download 48.19 Kb.
bet1/16
Sana23.06.2023
Hajmi48.19 Kb.
#75474
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Madinabonu
11-SEMINAR, zikosh, 123456 — копия (2), Mana, 0Ywyxr0dJzjv6PW6CJBKWKRNbQiWdhSHYWLAcIES, 7Презентация Microsoft PowerPoint (6), 2.3, algaritm tillar va dasturlash 1 kurs malakaviy amaliyot topshiriqlari, e5841df2166dd424a57127423d276bbe, Жадвал, 21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh, Informatika Test bJrDDnx, ingliz-tilini-qiyosiy-grammatikasi-j-boronov-1973, 134

Mavzu: Axborot haqida tushuncha
Reja:

  1. Kirish

  2. Asosiy qismi

2.1AXBOROT VA UNING MANBALARI


2.2Axborot Texnologiyasi Haqida Tushuncha

    1. Axborotlashgan Jamiyat Va Axborot Madaniyati

    2. Axborotlashgan Jamiyatda Elektron Hujjatlar

    3. Axborotni Himoyalashning Kriptografik Usullari. Elektron Raqamli Imzo.

    4. Axborot Xavfsizligi Tushunchasi Va Axborotni Himoyalash Muammolari. Axborot-Kommunikatsion Tizimlar Va Tarmoqlarda Taxdidlar Va Zaifliklar

    5. Kоmpyutеr bilan ishlaganda quyidagi qоidalarga amal qilish kеrak:



Kirish
Axborotlashtirish soxasidagi davlat siyosati, axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlanish va takomillashuvining zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimlarini yaratishga qaratilgan.
Huquqni muhofaza qilish faoliyatining axborot ta`minotini jadallashuvi, tezkor vaziyatni tavsiflovchi, ishonchli ma`lumotlarni muntazam yig`ib borilishi, uning o`z vaqtida va sifatli tahlil qilinishi hozirgi sharoitda jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etishning muhim shartlaridan bir hisoblanadi.
Axborot jarayonlarini avtomatlashtirishkompyuter texnikasini joriy etishga, ma`lumotlarni yig`ish, saqlash, qaytaishlash va uning asosida ma`lumotlarni berish avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratishga bevosita bog`liqdir. Huquqni muhofaza qilish faoliyati axborot ta`minotining jadallashtirish masalasini muvaffaqiyatli hal etish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanish amaliy ko`nikmalariga ega kadrlar tayyorlash talab etiladi. Yuksak axborot madaniyati faqat chuqur maxsus bilimlar orqali ta`minlanadi.
Zamonaviy mutaxassisni malakasi shu bilan belgilanadiki, u shaxsiy kompyuter ishlashining asosiy tamoyili va qurilmalarini tushunishi, ma`lumotlarni yig`ish, saqlash va qayta ishlashning, jumladan telekommunikatsiya (kompyuter tarmog`i) ning zamonaviy tamoyillarini bilishi zarur. Boshqaruv axborotlarining kompyuterda matn protsessorlari va grafik muharrirlar yordamida qayta ishlanishi elektron hujjatlar tayyorlashga, ularni saqlash va kompyuter tarmoqlari orqali uzatishga ketgan mehnat harajatini qisqartirib, mehnat samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Shu sababli har bir xodim uchun matnlar, rasmlar va jadvallarni matn muxarrirlari yordamida qayta ishlash imkoniyatlari va ulardan foydalanish ko`nikmalariga oid bilimlar muhim ahamiyat kasb etadi.Axborot tizimlari va texnologiyalarining asosiy
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining asosiy tashkil etuvchisi axborot teznologiyalari (AT) bo`lib, uning takomillashuvi axborot tizimlarining rivojlanishi va faoliyati bilan uzviy bog`liqdir. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarining asosiy maqsadi —dastlabki ma`lumotlarni qayta ishlash vositasida yangi sifatga ega bo`lgan axborotlarni olish bo`lib, shuning asosida optimal boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishdan iboratdir. Bunga axborotning integratsiyalashuvi, uning dolzarbligi va bir-birini inkor etmasligini ta`minlanishi, boshqaruv apparati faoliyatini qo`llab-quvvatlashning sifat jihatdan yangi shakllarini joriy qilish va ishlatish uchun zamonaviy texnik vositalardan foydalanish hisobiga erishiladi.
Axborot texnologiyalari qayta ishlanayotgan axborotlar hajmining shiddat bilan ortishiga qaramasdan bu axborotlarni qayta ishlash muddatini sezilarli qisqartirilishiga olib keladi. AT boshqaruvda axborot resurslaridan foydalanish jarayonida eng muhim tashkil etuvchilaridan hisoblanadi.
Axborot texnologiyalari uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimlari – ma`lumotlarni o`zgartirish uchun qo`llaniladigan vosita va usullardan tashkil topgan muhitdir. Axborot texnologiyalari axborot tizimida aylanuvchi axborotlar ustida bajariladan aniq reglamentlangan qoidalardan iborat jarayondir. Axborot texnologiyalari tashkiliy boshqaruv axborot tizimlarining asosiy tashkil etuvchisi hisoblanadi, u bevosita IIOlari bo`linmalari ish faoliyatining o`ziga xos xususiyatlari bilan uzviy bog`liqdir. Tashkiliy boshqaruv axborot tizimlari va texnologiyalarni joriy etishda, tashkilotning ko`lami va uning faoliyat yuritish sohasi ham asosiy kriteriyalardan hisoblanadi. Ushbu kriteriyalarni hisobga olgan holda, aniq vazifali masalalarni yechish asosida mos keluvchi boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun axborot texnologiyalarining dasturiy- qurilmaviy ta`minotini tanlash amalga oshiriladi.
Axborot tizimlari va axborot texnologiyalarini yaratish murakkab loyihalashtirish jarayonidir. U tashkilotda yangi yaratilayotgan axborot – texnologik muhit orqali boshqaruv apparati faoliyatini qisman yoki to`liq qayta ko`rib chiqishni o`z ichiga oladi. Shu sababli loyihalashtirishning maqsadi loyiha hujjatlarini tayyorlash va tashkilot boshqaruvining inson- mashina tizimini joriy etishdan iborat. Bunday tizim asosini mutaxassis- menendjerlarga ma`lumot jihatdan xizmat ko`rsatish uchun zarur bo`lgan natijaviy axborotni olishning avtomatlashgan texnologiyasi hamda ularni real vaqt rejimida asoslangan qarorlar qabul qilishlari uchun ko`pvariantli hisob-kitoblar bilan ta`minlash tashkil etadi.
Loyihalashtirish jarayonida IIO lari bo`linmasining muhim bo`lgan tavsiflari aniqlanadi, uning ichki va tashqi axborot oqimlari o`rganiladi, o`rganilayotgan tizim va uni elementlarining matematik va fizik analoglari yaratiladi, inson va boshqaruvning texnik vositalarining o`zaro munosabat sharoitlari o`rnatiladi. Asosiy e`tibor, axborot tizimlarining umumiy arxitekturasini batafsil ishlab chiqish hamda uning alohida obyekt va elementlari bo`yicha loyiha qarorlari, ularning tahlili, amaliy aprobatsiyasi va joriy etilishiga qaratiladi.

Download 48.19 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 48.19 Kb.