• O‘qitish vositalari
  • 1. Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xo‘jaliklari moliyasi va uning ta ’rifi
  • 2. Uy xo‘jaliklari moliyasining davlat moliya tizimida tutgan o‘rni va uning moliyaviy ahamiyati
  • 13-mavzu: uy xo‘jaliklari moliyasi reja




    Download 61 Kb.
    bet1/4
    Sana20.12.2023
    Hajmi61 Kb.
    #124434
      1   2   3   4
    Bog'liq
    13-MAVZU UY XO‘JALIKLARI MOLIYASI


    13-MAVZU: UY XO‘JALIKLARI MOLIYASI
    Reja:
    1. Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xo‘jaliklari
    moliyasi va uning ta’rifi.
    2. Uy xo‘jaliklari moliyasining davlat moliya tizimida tutgan
    o‘rni va uning moliyaviy ahamiyati.
    Kalit so‘zlar: iste’mol, pirovard, jamiyat va qarindoshlik.
    Mashg‘ulotning maqsadi: Iqtisodiy ma’noda uy xo‘jaliklari
    deganda qarindoshlik munosabatlari bilan bog‘langan va oilaviy
    iste’mol uchun birgalikda xo‘jalik yuritadigan shaxslar guruhi
    jarayonini yoritib berish.
    O‘qitish vositalari: yozuv doskasi, turli plakatlar, taqdimot
    materiallari, tarqatma materiallar, videoproyektor. Ilmiy adabiyotlar:
    darslik, o‘quv qo‘llanma, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo‘llanma va
    shu kabilar
    O‘qitish usullari: Talabalarni ma’ruza materiallari bilan
    tanishtirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob
    berish. O‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini
    qo‘llash: aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni
    qo‘shimcha yoritish.
    1. Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy
    xo‘jaliklari moliyasi va uning ta
    rifi
    Uy-xo‘jaliklari moliyasi har bir davlat moliya tizimining
    ajralmas tarkibiy qismi (elementi) hisoblanadi. Bozor munosabatlari
    tizimida uy xo‘jaliklarining moliyaviy ahamiyati uning iqtisodiy
    jihatdan nimaga mo‘ljallanganligi bilan belgilanadi. Bir tomondan,
    uy xo‘jaliklari ishlab chiqarish omillarining (mehnat, yer, kapital,
    tadbirkorlik qobiliyati va boshqalarning) xususiy egalari hisoblanadi
    va xuddi shu asosda o‘zlarining daromadlar manbalari va moliyaviy
    tushilmalarini shakllantiradi. Boshqa bir tomondan esa, uy
    xo‘jaliklari iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarni iste’mol qiluvchilar
    sifatida maydonga chiqadi va demak, bozor talabini belgilab
    201
    (aniqlab) beradi. Bir vaqtning o‘zida, uy xo‘jaliklari jamiyat yalpi
    daromadining bir qismini jamg‘aradi, real va moliyaviy aktivlarni
    sotib olish orqali moliyaviy rezervlarni yaratishda ishtirok etadi, soliq
    to‘lovlari orqali esa davlatning markazlashtirilgan moliyaviy
    fondlarini shakllantirishda katta (muhim) rol o‘ynaydi.
    Odatda, “uy xo‘jaligi” atamasidan milliy statistikada aholidan
    (kishilar to‘plamidan) iborat bo‘lgan institutsional birlikni ifodalash
    uchun foydalanmoq kerak. Shuning uchun ham Birlashgan Millatlar
    Tashkiloti (BMT) tomonidan tavsiya etilgan Milliy hisoblar
    tizimining (MHT) zamonaviy xalqaro andozasi (standarti) uy
    xo‘jaligini yagona (bir) yashash maydonchasida (maydonida)
    birgalikda yashayotgan, umumiy fondga o‘zlarining daromadlari va
    boyliklarini to‘liq yoki qisman o‘tkazayotgan (berayotgan) va ayrim
    tovarlar hamda xizmatlarni, eng asosan uy-joy va iste’mol
    mahsulotlarini umumiy tarzda (birgalikda) iste’mol qilayotgan
    kishilarning katta bo‘lmagan guruhi, deb ta’riflaydi (aniqlaydi)8.
    Ayrim hollarda o‘zbek iqtisodiy adabiyotida “uy xo‘jaligi”
    atamasining “xonadon” yoki “oila” atamalari bilan almashtirilishiga
    yo‘l qo‘yilmoqda. Shunga mos ravishda “uy xo‘jaligi moliyasi”
    iborasining o‘rniga “xonadon moliyasi” va “oila moliyasi” iboralari
    ham ekvivalent yoki sinonim iboralar shaklida ishlatilmoqda. Shu
    munosabat bilan “oila” yoki “xonadon”ni “uy xo‘jaligi”dan ajratmoq
    (farqlamoq) lozim. Eng avvalo, “uy xo‘jaligi” aniqlilik darajasining
    “oila”ga nisbatan kamroq darajada cheklangan xarakterga ega
    ekanligini qayd etib o‘tmoq lozim. Masalan, o‘zlarining o‘g‘illariga
    tegishli bo‘lgan joyda (binoda) yashayotgan keksa ota-onalar uy
    xo‘jaligining a’zolari bo‘lsalar-da, uning oilasi bo‘la olmaydi. Xuddi
    shuningdek, bir xonani ijaraga olgan talaba uy-joy egasining uy xo‘jaligi tarkibiga kiradi, lekin uning oilasi tarkibiga kira olmaydi va h.k.
    Boshqacha aytganda, uy xo‘jaligi qarindosh bo‘lmaganlarni ham o‘z
    ichiga olishi yoki bir kishidan (shaxsdan) iborat ham bo‘lishi mumkin.
    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ta’kidlash joizki, uy
    xo‘jaligining iqtisodiy jihatdan aniqliligini (aniqlanishini)
    belgilashda oilaviy aloqalar asosiy omil bo‘la olmaydi. Buning
    _______________________
    8 Финансово-кредитный энциклопедический словарь / Под общ. Ред. А.Г.Грязновой. – М.: 2002. С. 299.
    202
    ustiga, uy xo‘jaligining miqdoriy tarkibi ham o‘ziga xos bo‘lgan
    xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar, eng avvalo, shu bilan belgilanadiki, birgalikda yashayotgan va umumiy xo‘jalikni yuritayotgan
    shaxslar (kishilar) guruhi ham va bir vaqtning o‘zida, o‘zining
    iste’molini mustaqil ravishda ta’minlayotgan yagona bir shaxs (kishi)
    ham uy xo‘jaligi bo‘lib hisoblanishi mumkin. Uy xo‘jaligini xo‘jalik
    yuritishning mustaqil iqtisodiy va moliyaviy birligi sifatida
    ajratilishi quyidagi me’zonlar asosida amalga oshirilmog‘i lozim:
     birgalikda (bir joyda) yashash;
     umumiy byudjetning mavjudligi;
     iqtisodiy qarorlarni birgalikda (hamkorlikda) qabul qilish.
    Uy xo‘jaliklari moliyasi moliya tizimining muhim elementi
    hisoblanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida u uy xo‘jaliklarida iste’mol
    maqsadlari va jamg‘arish uchun pul mablag‘lari fondlarini
    shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga tegishli (oid)
    bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iboratdir. Ana shuni
    e’tiborga olgan holda uy xo‘jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif
    berish mumkin. Uy xo‘jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg‘arish
    uchun pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va
    foydalanishga tegishli (oid) bo‘lgan iqtisodiy (moliyaviy)
    munosabatlar majmuiga uy xo‘jaliklari moliyasi deyiladi .
    2. Uy xo‘jaliklari moliyasining davlat moliya tizimida tutgan
    o‘rni va uning moliyaviy ahamiyati
    Zamonaviy adabiyotlarda oilaga turlicha ta’rif beriladi. Oila –
    bu uy joy sharoiti umumiy va bir qator tovarlar xizmatlarni birgalikda
    iste’mol etish pul daromadlari va moddiy mablag‘larni birlashtirgan
    kishilar guruhi tushuniladi. Oila evolyutsion tarzda rivojlanadi, uning
    tarkibi o‘zgaradi, undagi qadriyatlar yangilanadi, urf odatlar, uning
    funksiyalarida ham siljishlar yuz berishi namoyon bo‘ladi. Baribir,
    oila iste’molni yakunlovchi vazifasini bajaraveradi. Binobarin, oila
    o‘tkinchi emas, u doimiy, biroq evolyutsion shaklda rivojlanish
    salohiyatiga ega. Oila xo‘jaligining iqtisodiyot sektorida muhim o‘rin
    tutishi, uning davlat bilan aralashivi, bu esa hozirgi kunda davlatning
    qay darajada rivojlangan yoki rivojlanmaganligini oilalarning
    203
    iqtisodiy ahvolidan bilib olish qiyin emas. Shuning uchun oilani
    o‘rganish, oilani boshqarish, oila xo‘jaligi rejalarini tuzish, oilani
    iqtisodiy ahvolining yaxshilanishi davlatga katta ta’sir ko‘rsatadi.
    Oila moliyasi – bu bizga maosh yoki daromadning boshqa
    manbalari (meros, renta daromadi, lotoreya yutug‘i investitsiya
    daromadi) va biz xarajat qiladigan va xarajat qilmaydigan,
    investitsiya qiladigan ko‘rinishda keladigan puldir.
    Iqtisodiyotning ijtimoiyligi birinchi navbatda oilada ifoda
    etilganligi sababli, oilaning moliyaviy resursi qanchalik ko‘p bo‘lsa
    shunchalik u to‘q va faravon yashaydi. Xalqi faravon yashaydigan
    mamlakatgina gullab – yashnashi, xalqi nochor mamlakat esa xarob
    bo‘lishi tarixiy ma’lumotlarda aniq ko‘rinib turadi. Barcha ijtimoiy
    muammolar oilalarda jamlanadi, yig‘iladi va ularni hal etishda oila
    moliyasi faol qatnashadi, chunki oilaning moliyaviy salohiyatining
    qanchalik kuchli yoki kuchsizligi aytilgan muammolarning shu yerning
    o‘zida qanchalik tez yoki sekin bajarilishida o‘z aksini topadi.
    Oila moliyasini o‘rganish, uni tatqiq etish birinchi bo‘lib g‘arb
    mamlakatlarida boshlangan. Oila iqtisodiyotiuning moliyasini
    fundamental tatqiq etishga bir necha g‘arb olimlari o‘z hissalarini
    qo‘shgan bo‘lib, ular N.Pigu, L.Atkinson va D.Stiglislar o‘z
    asarlarida oila hatti-harakatlari, motivatsiyasi, moliya-kredit
    tizimidagi o‘rni oila moliyasi tahlilining metodologiyasi ilk bor g‘arb
    olimlari asarlarida ishlab chiqilgan.
    Davlat va uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar
    ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) va qaytarma (yana orqaga
    qaytariluvchi) aloqalar asosida quriladi (vujudga keladi) va ular
    byudjet hamda nobyudjet fondlarni shakllantirish va ulardan
    foydalanishdagi munosabatlarni ifodalaydi. Uy xo‘jaliklarining
    daromadlari va mol-mulklari soliqqa tortilish obyekti sifatida
    maydonga chiqadi. Demak, byudjet tizimi daromadlar bazasining
    tuzilmaviy elementi hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida soliqlar,
    pensiya tizimi transfertlar orqali davlat moliyaviy oqimlarni uy
    xo‘jaliklarining turli guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlaydi. Uy
    xo‘jaliklari va davlat o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni amalga
    oshirish jarayonida milliy daromadning ikkilamchi qayta taqsimlanishi sodir bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat uy
    204
    xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan daromadning taqsimlanish jarayoniga
    to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilish instrumentlariga ega emas. Moliyaviy
    munosabatlarning bu sohasi davlat tomonidan eng kam darajada
    reglamentatsiya qilinadi. Buning sababi shundaki, uy xo‘jaliklari pul
    fondlarini shakllantirishning zarurligi, usuli va maqsadi to‘g‘risida,
    ularni sarflashning o‘lchami va vaqti xususida qarorlar qabul qilishda
    mustaqildir. Shu bilan birgalikda davlat uy xo‘jaliklariga tegishli
    bo‘lgan daromad va yakuniy (oxirgi) iste’molning o‘lchamiga
    (ko‘lamiga) ta’sir qilishga qodir. Bu narsa, jumladan, quyidagilar
    orqali amalga oshirilishi mumkin:
    – soliqli tartibga solish (tartiblash);
    – mehnat haqini to‘lash stavkalarini o‘rnatish (belgilash);
    – birinchi darajali zaruriy mahsulotlar baholarini tartibga solish
    (tartiblash);
    – imtiyozlar tizimi;
    – sog‘liqni saqlash va maorifni byudjetdan moliyalashtirish
    orqali ta’minotni rivojlantirish;
    – va boshqalar.
    Uy xo‘jaliklarining o‘zlari o‘rtasidagi (uy xo‘jaliklararo)
    moliyaviy munosabatlar uy xo‘jaliklari sektorining ichida moliyaviy
    resurslarning harakatlanishi jarayonida vujudga keladigan
    munosabatlar sifatida qaraladi. Bu yerda ushbu jarayon hamma vaqt
    ham oydinlashmagan va kuchsiz tartibga solinuvchi hisoblanadi.
    Moliyaning bu sohasiga, jumladan, quyidagilarni kiritish mumkin:
    – fermer xo‘jaliklarining hamkorlikdagi maqsadli fondlari;
    – iste’mol kooperatsiyasiga xizmat ko‘rsatuvchi fondlar;
    – uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi norasmiy kredit munosabatlari;
    – uy xo‘jaliklari sektori doirasida (chegarasida) hamkorlikdagi
    pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish xususidagi
    boshqa munosabatlar.
    Uy xo‘jaliklarining moliyaviy institutlar bilan o‘zaro aloqalari
    moliyaviy munosabatlarning alohida guruhini ifodalaydi. Ularning
    kredit muassasalari bilan munosabatlari uy xo‘jaligi byudjeti
    defitsitini to‘ldirish (iste’mol krediti vositasida, yordamida), bo‘sh
    turgan pul mablag‘larini bank hisob varaqalarida joylashtirish yoki
    ularni saqlash va jamg‘arish maqsadida boshqa moliyaviy aktivlarga
    205
    qo‘yish orqali namoyon bo‘ladi. Uy xo‘jaliklarining sug‘urta
    kompaniyalari bilan bo‘ladigan munosabatlari esa turli ko‘rinishdagi
    sug‘urta fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida
    gavdalanadi.
    Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon
    bo‘lganligi uchun uy xo‘jaliklari moliyasining mohiyati ham uning
    funksiyalari yordamida ifodalanadi. Uy xo‘jaliklari moliyasining
    funksiyalari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
    – taqsimlash;
    – takror ishlab chiqarish;
    – nazorat;
    – tartibga solish (tartiblash);
    – rag‘batlantirish;
    Uy xo‘jaliklari moliyasining bu funksiyalari o‘zaro bog‘langan
    va bir-birini doimiy ravishda to‘ldirib turadi. Bir vaqtning o‘zida,
    ma’lum ma’noda va darajada ular o‘zlarining namoyon bo‘lishiga
    qarab moliyaning umumiy funksiyalaridan biroz farqlanishi ham
    mumkin.
    Uy xo‘jaliklari darajasida daromadlarni shakllantirish bo‘yicha
    moliyaviy qarorlar quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:
     mol-mulk va undan foydalanish (buyumlashgan yoki pul
    shaklida) imkoniyatining mavjudligiga;
     uy xo‘jaligi ishtirokchilari ish vaqti fondining taqsimlanishiga
    – uy xo‘jaligi a’zolari ishlovchilarining soni, ularning ish joylari, ish
    vaqti rejimi va h.k.;
     uy xo‘jaligi a’zolarining tashabbuskorligiga, faolligiga va
    inson kapitalidan foydalanishga;
     uy xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatadigan tashqi muhitga.
    Daromadlarni shakllantirish omillari va baholarning darajasi bu
    yerda cheklanmalar (cheklanishlar) sifatida amal qiladi, ya’ni
    iste’mol tanlanmasining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan variantlari
    majmuini belgilab (aniqlab) beradi. Ana shu nuqtai-nazardan uy
    xo‘jaliklarining iste’mol fondi minimal va ratsional iste’mol
    byudjetlari yoki yanada detallashtirilgan tarzda quyidagicha
    klassifikatsiya qilinishi mumkin:
    – hayotiy minimum byudjeti;
    206
    – minimal iste’mol byudjeti;
    – optimal iste’mol byudjeti.

    Download 61 Kb.
      1   2   3   4




    Download 61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    13-mavzu: uy xo‘jaliklari moliyasi reja

    Download 61 Kb.