|
13-mavzu: uy xo‘jaliklari moliyasi reja
|
bet | 2/4 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 61 Kb. | | #124434 |
Bog'liq 13-MAVZU UY XO‘JALIKLARI MOLIYASIHayotiy minimum byudjeti o‘z ichiga uy xo‘jaligi
a’zolarining minimal, odatda, fiziologik ehtiyojlarini qondirishga
mo‘ljallangan oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlari
to‘plamini qamrab oluvchi iste’mol savatchasi asosida aniqlanadi.
Minimal iste’mol byudjeti uy xo‘jaligi a’zolarining nisbatan
kengroq bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga imkon beradi va
iste’molning tiklanuvchi (tiklanuvchan) darajasini ta’minlaydi.
Optimal iste’mol byudjeti esa uy xo‘jaligi darajasida
(doirasida) inson kapitalini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni
ta’minlash va rivojlantirishga moliyaviy imkoniyat yaratadi. Chunki
bu byudjet insonning faqat zaruriy ehtiyojlarini emas, balki undan
ham yuqoriroq (oliyroq) bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradi. Optimal
iste’mol byudjetini quyidagi ikki darajadagi byudjetlarga bo‘lish
(ajratish) mumkin:
– o‘rtacha darajadagi yetarlilik byudjeti;
– yuqori darajadagi yetarlilik byudjeti.
Iste’molga xarajatlarning har qanday ko‘rinishi va uning
umumiy hajmiga oid har qanday moliyaviy qarorlar uy xo‘jaliklari
ma’lum ko‘rinishdagi byudjetlari doirasidagi ratsional tanlashga
asoslanadi. Agar uy xo‘jaligining daromadi faqat hayotiy minimumni
qoplashga yetadigan bo‘lsa, u holda moliyaviy qarorlar uy xo‘jaligi
iste’mol fondini minimallashtirishga va bir vaqtning o‘zida
daromadlarning yangi manbalarini qidirib topishga hamda hayot
kechirishning moslashtirilgan mexanizmlarini (o‘z-o‘zini ta’minlash,
ikkilamchi bandlik, qarindoshlar va davlatning yordami, savdo va
boshqalar) “yoqish”ga qaratilgan bo‘lishi kerak. Daromadlarning
o‘sishi bilan iste’molning o‘lchami (hajmi) oshadi (o‘sadi, ortadi) va
uning tarkibiy tuzilmasi o‘zgaradi. Biroq, bu holda ham iste’molning
o‘sish sur’atlari daromadning o‘sish sur’atlaridan pastligicha
qolaverishi lozim. Bunday qonuniyat iqtisodiy adabiyotda
J.M.Keyns 9 tomonidan ifodalangan “asosiy psixologik qonun”
nomini olgan. Moliyaviy qarorlarda bu uy xo‘jaligi iste’mol fondi va
_______________________
9Кейнс Дж.М. Общая теория занятости, процента и денег. – М., 1999. с.96.
207
jamg‘armalar yo‘nalishini optimallashtirish tendensiyasi sifatida
namoyon bo‘ladi.
|
| |