• Xolto’rayeva Hulkar Xurram qizi Surxondaryo viloyati TerDU akademik litseyi xorijiy tillar kafedrasi ingliz tili fani 2 toifali o’qituvchisi.
  • Kalit so‘z
  • 33 chet tilini o’qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning umumiy samaradorligi oshirish yo’llari




    Download 0,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana15.05.2024
    Hajmi0,74 Mb.
    #235015
      1   2
    Bog'liq
    Xolto’rayeva Hulkar Xurram qizi (2)



    SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
    International scientific online conference 
    33 
    CHET TILINI O’QITISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN 
    FOYDALANISHNING UMUMIY SAMARADORLIGI OSHIRISH YO’LLARI. 
     
    Xolto’rayeva Hulkar Xurram qizi 
    Surxondaryo viloyati TerDU akademik litseyi xorijiy tillar kafedrasi 
    ingliz tili fani 2 toifali o’qituvchisi. 
     
    Annotatsiya: 
    Maqolada chet tili darslarining o‘tilishi jarayonida ilg‘or pedagogik 
    texnologiyalarni, interfaol, innovatsion usullardan, kommunikativ-axborot vositalaridan 
    foydalanish to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.. 
    Kalit so‘z: 
    chet tili, ilm-fan, kommunikativ-axborot, pedagogik texnlogiyalardan.
    Hozirgi kunda uzluksiz ta‟lim tizimida umumiy o„rta ta‟limdagi ta‟lim yuqori o„ringa 
    ega. Maktablarda xorijiy tillarni o„kitish masalalari zamonaviy ilg„or texnologiyalardan 
    foydalangan xolda amalga oshirilmoqda. O„quvchilarga chet tili fanlarini o„qitishda ilg„or 
    umumevropa texnologiyalaridan foydalanish, ta‟lim jarayonini zamonaviy darslik va o„quv 
    adabiyotlari bilan ta‟minlash, o„qitishning noan‟anaviy uslublarini amaliyotga joriy etish, 
    ayniqsa, o„quv jarayonida axborot texnologiyalari vositalaridan keng foydalanish o„ta 
    muhim masalalar sirasidandir. 
    Bizga ma‟lumki, hozirgi kunda ilm-fan, texnika shiddat bilan o„sib bormoqda. Har bir 
    sohada taraqqiyot ilgari qadam tashlamoqda. Ayniqsa, ilm-fanda katta o„zgarishlar, sezilarli 
    yutuqlarga erishilmoqda. Har bir fanni yangi innovatsion pedagogik texnlogiyalardan 
    foydalanib o„quvchilarga yetkazib berish bugungi kundagi ta‟limning asosiy talablaridan 
    biri hisoblanadi. Shu bilan birga chet tilini o„qitishni, o„rgatishni yangi-yangi metodlarini 
    izlab topish va uni amalda sinab ko„rish to„g„risida ko„p ishlar amalga oshirilyapti. 
    Xususan, O„zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug„aniyevich 
    Karimovning 2012 yil 13 dekabrdagi PQ 1875-sonli qarori qabul qilingandan so„ng 
    mamlakatimizda chet tillarni o„qitishga, o„rganishga bo„lgan e‟tibor yanada kuchaydi. 
    Yurtimizda chet tillarni o„qitilishida yangicha bosqich, yangicha davr boshlandi. Chet tili 
    darslarining o„tilishi jarayonida ilg„or pedagogik texnologiyalarni, interfaol, innovatsion 
    usullardan, 
    kommunikativ-axborot 
    vositalaridan 
    foydalanish 
    talab 
    qilinmoqda. 
    Respublikamizda chet tilining o„qitilishi, chet tili o„qituvchilarining bilim va ko„nikmalarini 
    baholashning umumyevropa ramkalari tavsiyanomalari (CEFR) ga mos ravishda yangi usul 
    va talablari ishlab chiqildi. U nga ko„ra umumta‟lim maktablari va kasb-hunar kollejlari 
    o„quvchilari uchun darsliklar yaratildi. 
    Ushbu talablarga mos ravishda o„quv xonalari stendlar va yangi axborot 
    kommunikativ texnikalar bilan jihozlandi. Ta‟lim texnologiyalari, bu ta‟lim jarayonida 
    zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishdir. Shuningdek, ta‟lim 
    jarayoniga zamonaviy innovatsion texnologiyalarini olib kirish orqali ta‟lim sifati va 
    samaradorligini yanada oshirishni nazarda tutadi. Xususan, chet tilini o„rganishda bunday 
    axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishning bir qancha afzalliklari 
    mavjuddir. Til o„rganish va o„qitishda zamonaviy taxnologiyaning roli beqiyosdir. 


    SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
    International scientific online conference 
    34 
    Texnologik vositalardan foydalanish chet tili o„rganishning har bir aspect (o„qish, yozish, 
    tinglab tushunish va gapirish)ida qo„l keladi. Masalan, tinglab tushunish uchun, albatta 
    kompyuter, player,CD disklarsiz bu jarayonni amalga oshirish mumkin emas. Tinglab 
    tushunish til o„rganishning eng muhim qismlaridan biridir. Bunda o„quvchi bir paytning 
    o„zida so„zlovchining talaffuzi, Grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so„z boyligi va 
    uning ma‟nolariga e‟tibor berishi talab qilinadi. 
    Ta‟lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda o„quvchilar ham 
    axborot — kommunikatsion texnologiyalarni yaxshi bilish va ulardan foydalana olishi 
    muhim omil hisoblanadi. Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o„rgatish va 
    o„rganish eng samador usullardan biridir. Bu jarayonda, jumladan - kompyuter, 
    planshetlardan foydalanganda o„quvchi chet tilidagi video roliklarni, namoyishlarni, 
    dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko„rishi ham eshitishi mumkin — chet tilidagi radio 
    eshittirishlar va televideniyadagi dasturlarni eshitish va tomosha qilish mumkin. Bu texnik 
    vositalardan foydalanish o„quvchilarning chet tilini o„rganishlari jarayonini qiziqarliroq va 
    samaraliroq bo„lishini ta‟minlaydi. Globallashuv jarayonida hayotimizni internetsiz tasavvur 
    qilish qiyin. Chet tilini o„rganish va o„qitish jarayonida undan unumli foydalanishning eng 
    samarali usullardan hisoblanadi. Internet orqali chet tilida so„zlashuvchilar bilan muloqot 
    qilish imkoniyati paydo bo„ladi. Ta‟lim jarayoniga zamonaviy-kommunikatsion 
    texnologiyalarni olib kirish ulardan maqsadli va to„g„ri, unumli foydalanish, ular orqali 
    o„quvchida chet tiliga bo„lgan qiziqishni orttirish, o„qitish samaradorligini oshirish eng 
    muhim masala hisoblanadi. Bu orqali ta‟limning innavatsion texnologiyalaridan 
    foydalanishga imkoniyat tug„iladi va talab ortadi. 
    Bugungi kunda innavatsion ta‟lim texnologiyalarining bir necha xil usullari mavjud. U 
    lardan darslarda mavzuni yoritishda keng va turli usullaridan foydalanilsa, darsning 
    samaradorligi yuqori bo„ladi va o„quvchilrning darsga bo„lgan qiziqishlarining ortishi ham 
    ta‟minlanadi. Chet tili darslarining o„qitilishida turli rolli, harakatli o„yinlardan foydalanish 
    ham darsga ham til o„rganishga bo„lgan qiziqishni ortishiga sabab bo„ladi. O„quvchilarning 
    juft yoki kichik guruhlarda ishlashlari orqali esa o„quvchilarning boshqalar bilan 
    kommunikativ aloqa qilishlari uchun yordam beradi. Chet tilini o„qitishda grafik 
    organayzerlardan foydalanib, mavzuga oid yangi so„zlarni, grammatik qoidalarni 
    tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Grafik organayzerlar orqali bular berilsa, yodda saqlanib 
    qolishi ham oson bo„ladi. Chet tilini o„qitish jarayonida turli xil jadvallardan 
    foydalanishning ham samarasi yuqoridir. Ta‟limning barcha bo„g„inlarini shunday tashkil 
    etish kerakki, u yoshlarga chuqur va asosli bilim berish bilan birga keng qamrovli fikrlashga 
    o„rgatsin. Pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati o‟quvchilarni qiziqtirib o„qitish va 
    bilimlarni to„liq o„zlashtirishga erishishdir. Ta‟limda berilayotgan bilimlarni 
    o‟quvchilarning ko„pchilik qismi puxta o„zlashtirishi pedagogik texnologiya joriy 
    etilishining asosiy maqsadi hisoblanadi. Pedagogik texnologiya ta‟lim-tarbiya jarayonining 
    mavjud qonuniyatlariga, mamlakatimiz rivojlanishining o‟ziga xos xususiyatlariga, tarixiy 
    taraqqiyot tajribalariga asoslanadi. Pedagogik texnologiyani yaratish milliylik va 
    muminsoniylik tamoyillariga, insonparvarlik va demokratiya prinsiplariga, ijodkorlik va 
    tashabbuskorlikka tayanadi Bugungi kunda fan-tеxnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati 


    SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
    International scientific online conference 
    35 
    nihoyatda kеngayib, yangi tеxnologiyalar kirib kеlmoqda. Sifat o„zgarishlari shundan 
    dalolat bеradiki, endilikda yangi mеtodikalarni talab etadigan va ta‟lim jarayonining 
    ajralmas qismiga aylanib borayotgan, unga o„zining ma‟lum xususiyatlarini joriy etadigan 
    yangi tеxnikaviy, axborotli, audiovizualli, vositalar ham mavjud bo„lib, ular zamonaviy 
    pеdagogik tеxnologiyalarni aniq voqеlikka aylantirdi. Pеdagogik tеxnologiya mohiyat-
    е‟tibori jihatidan boshqa tеxnologiyalar bilan bir safda turadi, chunki ular ham boshqalari 
    qatori o„z xususiy sohasiga, mеtodlari va vositalariga egadir. 

    Download 0,74 Mb.
      1   2




    Download 0,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    33 chet tilini o’qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning umumiy samaradorligi oshirish yo’llari

    Download 0,74 Mb.
    Pdf ko'rish