• 2.Katta oraliqli bino va inshootlarni montaj usullar Ko’tarish - montaj qilish jihozlari
  • 1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari montaji




    Download 0.54 Mb.
    bet1/48
    Sana23.11.2022
    Hajmi0.54 Mb.
    #31408
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
    Bog'liq
    BIABET yakuniy nazorat javoblari
    333333333333333333, Madinabonu, dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya ahmedov, MADBEK, Tog, aaaaaaaa 3, betlik 2 kurs ishi, Kollej-va-texnikumlar-2-ilova, Ko\'chirma 2023, Majidova. Didaktika, Parazitologiya.Дадаев С, Документ Microsoft Word

    1-variant
    1.Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari montaji.
    Amalda ko’pincha to’liq yig’ma holatda maydoni 3...20 ming m2 gacha bo’lgan bir qavatli sanoat binolari ko’p uchraydi. Ular kransiz yoki elektr tokida ishlaydigan ko’priksimon kranlar bilan jihozlangan bo’lishi mumkin. Binoning oraliqlari 12, 18, 24 va 30 m, ustun qadamlari 6 va 12 m, binoni balandligi 8,4 m dan 18 m gacha bo’ladi. Yig’ma elementlarning massasi 2,5 t dan 33 t gacha bo’ladi. Bino bir xil tipdagi yacheykalari, konstruksiyalari, bo’ylama hamda ko’ndalang yo’nalishlar bo’ylab katta o’lchamlarga egaligi bilan ajralib turadi.
    Bir qavatli sanoat binolarining asosiy afzalligi – nisbatan arzonligi, texnologik uskunalardan yukni to’g’ridan-to’g’ri gruntga uzatishi, ustunlar to’rini siyrak xillarini qo’llash mumkinligidir. Bunday binolar asosan planda to’g’ri to’rtburchak shaklda qurilib, balandlik bo’yicha bir xil, oraliqlari bir yo’nalishda bo’ladi. Bir qavatli sanoat binosi karkasining elementlari, to’suvchi va tomyopma konstruksiyalarining o’lchamlari nominal yiriklashtirilgan modulga karrali bo’lib reja bo’yicha – 6 m, balandlik bo’yicha – 1,2 m ni tashkil etadi.
    Bir qavatli sanoat binolari odatda zavodlarda seriyali tayyorlangan tipovoy (namunaviy) yig’ma temir beton elementlaridan montaj qilinadi. Bir qavatli binolarning yig’ma konstruksiyalari to’suvchi va yuk ko’taruvchi turlarga bo’linadi. YUk ko’taruvchi konstruksiyalarga – yig’ma poydevorlar, ustunlar, kran osti to’sinlari, stropila va stropilaosti fermasi, to’suvchilariga esa – tomyopma plitasi, kamar – to’sin va devor panellari kiradi.


    2.Katta oraliqli bino va inshootlarni montaj usullar
    Ko’tarish - montaj qilish jihozlari uchta asosiy guruhga bo’linadi:
    Montaj kranlari – avtomobil, pnevmog’ildirakli, maxsus shassiga o’rnatilgan kranlar, gusenitsali, minorali, chorpoyali, temir yo’lli.
    Kransiz moslama – chig’ir, polispast, ko’targichlar, domkratlardan foydalanib, konstruksiyalarni ko’tarish va joylash uchun.
    YUk ko’taruvchi qurilmalar – montaj qiluvchi machtalar, shevrlar, portal ko’targichlari, domkratlar massasi seriyali kranlarning yuk ko’tarish qobiliyatidan ortiq bo’lgan konstruksiyalar va jihozlarni montaj qilish uchun. Binoni montaj qilishda montaj qiluvchi mexanizmlarni tanlash muhim masala hisoblanadi. Bir qavatli sanoat binolarini montaj qilishda juda xilma – xil kran qurilmalari (uskunalari) qo’llaniladi:
    • yuk ko’tarish qobiliyati 6,3...16 t bo’lgan avtomobil kranlari;
    • pnevmog’ildirakli kranlar (10...100 t.);
    • gusenitsali kranlar (6,3...160 t)
    • minorali kranlar (60...100 t);
    • temir yo’l kranlari (16...30 t);
    • chorpoya kranlar (15...100 t.);
    Elementlarni o’rnatish ketma – ketligiga bog’liq holda montaj qilishning differensial
    (alohida), kompleks va aralash (kombinatsiyalashgan) usullari qo’llaniladi.
    Differensial usulda bir xil nomli konstruktiv elementlar bir vaqtda mustaqil oqimlar
    bilan montaj qilinadi. Bunda montajchilarning ish unumi oshadi va kranlarni yuk ko’tarish qobiliyatidan yanada to’laroq foydalaniladi. Differensial montaj bitta yoki bir – birining ketidan harakatlanuvchi bir qancha montaj mexanizmlari bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Kompleks usulda barcha konstruksiyalarni o’rnatish bir oqimda olib boriladi, natijada binoning to’liq montaj qilingan yacheykalari paydo bo’ladi. Keyingi ishlarni bajarish uchun front ochiladi, qurilishning umumiy muddatlari qisqaradi.
    O’z ichiga avvalgi ikki usulning afzalliklarini qamrab olgan aralash usulda elementlarni o’rnatishning eng xilma – xil va ketma – ketligiga yo’l qo’yiladi.



    Download 0.54 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




    Download 0.54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari montaji

    Download 0.54 Mb.