• Qolip sistemasi
  • Qolipni qo’llanish maqsadi. Qoliplarning asosiy turlari




    Download 0.54 Mb.
    bet7/48
    Sana23.11.2022
    Hajmi0.54 Mb.
    #31408
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48
    Bog'liq
    BIABET yakuniy nazorat javoblari
    333333333333333333, Madinabonu, dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya ahmedov, MADBEK, Tog, aaaaaaaa 3, betlik 2 kurs ishi, Kollej-va-texnikumlar-2-ilova, Ko\'chirma 2023, Majidova. Didaktika, Parazitologiya.Дадаев С, Документ Microsoft Word, portal.guldu.uz-UMUMIY PEDAGOGIKA NAZARIYASI , Berdaq nomidagi qaraqalpoqdavlat universiteti fizika fakulteti
    3.Qolipni qo’llanish maqsadi. Qoliplarning asosiy turlari
    Monolit beton va temirbeton hajmining katta qismi nolinchi sikl konstruksiyalarini barpo etish uchun qo’llaniladi, faqat 20...25% bino va inshootlarning er usti qismini barpo etish uchun sarflanadi. Monolit konstruksiyalarning eng katta samarasi sanoat bino va inshootlarini qayta qurishda, hamda turarjoy-kommunal ob’ektlarini barpo etishda namoyon bo’ladi. Monolit betonni qo’llash temir sarfini 7... 20% ga, betonni sarfini 12% gacha kamaytirish imkonini beradi. Lekin shu bilan birga ayniqsa qish sharoitida energiya sarfi ortadi, qurilish maydonidagi mexnat sarfi ko’payadi. Qurilish maydonida monolit temirbetondan bino barpo etishdagi mehnat sarfi yirik panelli binoni barpo etishdagidan 1.65 marta ortiq. Monolit betondan bino qurilishida asosiy ish hajmi qurilish maydonida bajariladi. Yirik panelli o’y-joy qurilishiga nisbatan beton sarfining 17...19% ga oshishi, yetarli darajada engil beton ishlatilmasligi , zamonaviy plitali issiq saqlagichlardan foydalan-maslik, va sementni past markalari ishlatilishi bilan bog’liqdir.
    Qolip sistemasi– bu tushunchaga qolip va uni mustaxkamligi va turg’unligini ta’minlovchi elementlar, maxkamlovchi elementlar va ushlab turuvchi konstruksiyalar, havozalar kiradi.
    Qolip va qoliplar sistemasi ayrim elementlarining turlari va vazifasi:
    qolip– monolit konstruksiyalar uchun shakl-forma;
    shchit– qolipning karkas va palubadan iborat bo’lib, shakl hosil qiluvchi elementi;
    paluba– shchitning shakl hosil qiluvchi ishchi yuzasini tashkil etuvchi elementi;
    qolip panel– qolipning shakl-forma hosil etuvchi tekis elementi bo’lib, bir nechta tutash shchitlardan iborat va uzaro bog’lovchi tugunlar va elementlar yordamida bog’langan bo’lib aniq tekis yuzani qoliplashga muljallangan;
    qolip bloki– butun holda tayyorlangan tekis va burchak panel va shchitlardan iborat,
    fazoviy, perimetri bo’yicha berk element.
    Qoliplarning asosiy turlari
    Qoliplar funksional vazifasi bo’yicha betonlanayotgan konstruksiyalarni turiga qarab
    quyidagilarga tasniflanadi:
    • vertikal yuzalar uchun, shu jumladan devorlar;
    • gorizontal va yotiq yuzalar uchun, shu jumladan ora yopmalar;
    • devor va ora yopmalarni bir vaqtni o’zida betonlash uchun;
    • xona va aloxida kvartiralarni betonlash uchun;
    •egri chiziqli yuzalarni betonlash uchun (bunda asosan pnevmatik qoliplardan foyda-laniladi).
    Devorni betonlash uchun quyidagi ko’rinishdagi qoliplar qo’llaniladi: mayda shchitli, yirik shchitli, blok –forma, blokli va sirpanuvchi. Ora yopmalarni betonlash uchun mayda shchitli o’shlab turadigan elementlari bilan birgalikdagi qoliplardan va qolip yuzalari yagona qolip blokini tashkil etuvchi, kran bilan to’liq
    ko’chirib o’rnatiladigan yirik shchitli qolipdan foydalaniladi.

    Download 0.54 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48




    Download 0.54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qolipni qo’llanish maqsadi. Qoliplarning asosiy turlari

    Download 0.54 Mb.