• 3.Baland binolarni barpo etish. Umumiy qoidalar.
  • Devor va ustunlar qoliplari. Kichik shchitli qolip




    Download 0.54 Mb.
    bet3/48
    Sana23.11.2022
    Hajmi0.54 Mb.
    #31408
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
    Bog'liq
    BIABET yakuniy nazorat javoblari
    333333333333333333, Madinabonu, dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya ahmedov, MADBEK, Tog, aaaaaaaa 3, betlik 2 kurs ishi, Kollej-va-texnikumlar-2-ilova, Ko\'chirma 2023, Majidova. Didaktika, Parazitologiya.Дадаев С, Документ Microsoft Word, portal.guldu.uz-UMUMIY PEDAGOGIKA NAZARIYASI , Berdaq nomidagi qaraqalpoqdavlat universiteti fizika fakulteti
    2.Devor va ustunlar qoliplari. Kichik shchitli qolip.
    Kichik shchitli qoliplar po’lat, fanera yoki kombinatsiyalashgan materiallardan yasalgan katta o’lchovga ega bo’lmagan bir necha turdagi shchitlardan, hamda mahkamlovchi elementlar va ko’tarib turuvchi moslamalardan iborat. SHchitlar 3 m2 katta bo’lmagan yuzaga ega, bir elementni massasi 50 kg dan oshmasligi kerak, bu esa o’z navbatida qoliplarni o’rnatish va ko’chirishni qo’lda bajarish imkonini beradi. Mexanizmlardan foydalanish va mehnat sarfini kamaytirish maqsadida qolip shchitlaridan oldindan tekis qolip panellari yoki fazoviy bloklar yig’ish mumkin va ularni o’rnatishda va ko’chirishda kranlardan foydalanish mumkin. Kichik shchitli qoliplar yuqori universalligi bilan ajralib turadi, va ularni turli xil konstruksiyalarni – poydevorlarni, ustunlarni, devorlarni, to’sinlarni, ora yopmalarni barpo etishda qo’llash mumkin. Fanera palubalari yuzasini puxta tayerlash ulardan 200 siklgacha foydalanish imkonini beradi. Qolip shchitlarini karkasga mahkamlanishini oddiyligi, eskirib ishdan chiqqan palubani tez almashtirish imkonini beradi. Qolip sistemalarini montaj va demontajini texnologikligi birinchi navbatda bog’lovchi elementlarni konstruksiyasi bilan bog’liq. O’zimizda ishlatiladigan qoliplarda mufta shaklidagi qulfli yoki chekali metall sterjenlar va boltli birlashtirish qo’llaniladi. Bunday qulfli birlashtirishni qismlarga ajratganda, ayniqsa pona qoqilganda katta kuch va mehnat sarfi talab qilinadi. Yiriklashtirib yig’ishda ko’pincha ma’naviy eskirgan boltli birlashtirish qo’llaniladi. CHet el tajribasida asosan boltli birikmalar qo’llanilmaydi.
    Mayda shchitli qoliplarni muhim kamchiliklaridan bu qolipni o’rnatish va echish uchun katta mehnat sarfi, bu jarayonlarning juda past darajada mexanizatsiyalashganligi.
    3.Baland binolarni barpo etish. Umumiy qoidalar.
    O’ta baland binolar (17 qavatdan baland) ko’p xolatlarda ixcham, rejada o’lchamlari katta bo’lmagan, ko’p seksiyali bo’ladi. Bu turdagi binolarni, bino yoniga o’rnatiladigan, yuradigan va o’zini-o’zi ko’taradigan minorali kranlardan foydalanib o’stirish usuli bilan barpo etiladi. O’ta baland binolarning konstruktiv asosi po’latli, temir betonli yoki bikirlik yadrosi yoki tekis diafragmali bog’lamalarga ega aralash karkas bo’ladi. Bino karkasi temirbetonli yoki metalli bo’lib, ammo betonlangan bo’lsa, keyingi yarusni montaji pastki yarusdagi ustunlar tutashuv joylari berkitilgandan va tutashuv joyidagi beton markadagi 70% mustaxkamlikka erishgandan keyingina mumkin. Ko’pchilik o’ta baland binolarda binoning tutashib turadigan qismlaridan gorizontal yuklarni qabul qiluvchi va butun binoni montaj va foydalanish jarayonida turg’unligini va fazoviy bikirligini ta’minlovchi bikirlik yadrosi bo’ladi. Ba’zi binolarda avval bikirlik yadrosi montaj qilinadi, misol uchun loyixa belgisigacha lift shaxtasi montaj qilinadi, so’ng binoning qolgan konstruktiv elementlari barpo etiladi. Konstruktiv o’ziga xosligi va texnologik shartlari bo’yicha bikirlik yadrosini betonlash karkas montajidan orqada qolishi mumkin. Bu orqada qolish ruxsat etiladi, qachonki montaj qilingan konstruksiyalar shu zaxoti payvandlansa va betonlansa, va shu bilan tutashgan joylardagi beton qorishmasini mustaxkamligini 70% erishishi ta’minlanadi. Montajni bikirlik yadrosini betonlashdan ilgarilab ketishi 8 qavatdan oshmasligi kerak, bunda asosiy shart karkas vaqtincha vertikal va qiya bog’lagichlar bilan maxkamlangan bo’lishi kerak.
    Odatda qavatlararo yopmalar yirik panelli elementlardan, ayrim hollarda yig’ma-monolit variantlarda bajarilishi mumkin.



    Download 0.54 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




    Download 0.54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Devor va ustunlar qoliplari. Kichik shchitli qolip

    Download 0.54 Mb.