• Qurilish sikllarini birgalikda bajarish usullari
  • 2.Qurilish yuklarini ortish va tushirish.
  • -bilet 1.Qurilish sikllarini birgalikda bajarish usullari




    Download 0.54 Mb.
    bet6/48
    Sana23.11.2022
    Hajmi0.54 Mb.
    #31408
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
    Bog'liq
    BIABET yakuniy nazorat javoblari
    333333333333333333, Madinabonu, dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya ahmedov, MADBEK, Tog, aaaaaaaa 3, betlik 2 kurs ishi, Kollej-va-texnikumlar-2-ilova, Ko\'chirma 2023, Majidova. Didaktika, Parazitologiya.Дадаев С, Документ Microsoft Word, portal.guldu.uz-UMUMIY PEDAGOGIKA NAZARIYASI , Berdaq nomidagi qaraqalpoqdavlat universiteti fizika fakulteti
    4-bilet
    1.Qurilish sikllarini birgalikda bajarish usullari.
    Qurilish ishlari, konstruksiyalar montaji va texnologik uskunalarni montaj qilishni birgalikda bajarish imkoniyati va maqsadga muvofiqlik darajasiga qarab, sanoat binolari ochiq, yopiq, birlashtirilgan yoki kombinatsiyalashgan usullarda barpo etiladi. Bu usullar ishlarni birgalikda olib borish darajasi va ketma-ketligini aks ettiradi, va buni qurilish konstruksiyalarini montaji va binolarni barpo etishda hamma vaqt e’tiborga olish kerak.
    Qurilish sikllarini birgalikda bajarish usullari:
    I. – ochiq: 1 – erosti qismini barpo etish; 2 – karkasni montaj qilish; 3 – texnologik uskunalarni montaji; 4 – pardozlash ishlari. II. – yopiq: 1 – karkas uchun er osti qismi; 2 – binoni karkasini montaji; 3 – texnologik uskunalar va kommunikatsiyalar uchun erostki qismi; 4 – texnologik uskunalar montaji; 5–pardozlash ishlari. ІІІ. – birgalikda bajarish: 1 – inshootning umumiy kotlovanini qazish; 2 – texnologik
    uskunalar poydevorlarini betonlash; 3 – bino karkasini montaji; 4 – texnologik uskunalar montaji; 5 –pardozlash ishlari. ІV. – kombinatsiyalashgan: І – ochiq usulda va ІІ – yopiq usulda ishlarni bajarish.
    Bir qavatli sanoat binolarini asosiy qurilish sikllariga binoning er osti va er ustki qismlarini barpo etish kiradi va bularga qo’yidagilar kiradi: binoning poydevorlari va texnologik uskunalarni o’rnatish uchun kotlovan va transheya qazish ishlari, binoni poydevorlarini montaji va uskunalarni tagidagi poydevorlarni betonlash; erusti qismlarni montaji va ichiga o’rnatiladigan etajerka−javonlarni barpo etish, texnologik uskunalarni va quvurlarni montaji, pardozlash ishlarini bajarish.
    2.Qurilish yuklarini ortish va tushirish.
    Qurilish yuklarini ob’yektga ko’chirishda junatiladigan yerda ularni ortish va kelgan yerda ularni tushirish ehtiyoji bo’ladi. Bu operatsiyalar to’liq mexanizatsiyalashtirilgan bo’lib, bu ishlarni bajarishda umumqurilish va maxsus mashinalar va mexanizmlar qo’llaniladi. Bu mexanizmlar mustaqil ishlashi mumkin yoki transport vositalarini konstruktiv qismining bo’lagi bulishi mumkin.
    Birinchi guruhga maxsus ortuvchi – tushiruvchi va odatdagi montaj kranlari, siklik va uzluksiz ishlovchi yuk ortuvchilar, ko’chuvchi lentali konveyrlar, mexanik bellar, pnevmatik yuk to’shiruvchilar va boshqalar kiradi. Ikkinchi guruhga avtomobil-samosvallar, o’zi yuk tushiruvchi platformali transport vositalari va avtonom yuk tushiruvchi vositalar va boshqalar kiradi.
    Qurilishda kichik o’lchamdagi donabay material va mahsulotlarni paket va konteynerda tashish keng qo’llanilmoqda. Paket – maxsus poddonga joylashtirilgan yuk to’pi. Paketlar shunday shakllantirilgan bo’lishi kerakkim , uni ko’chirish bosqichlarida shakli o’zgarmasin.
    Konteyner – ko’p marta qo’llaniladigan inventar qurilma yoki idish. Universal konteynerlar yopiq, ortish va tushirishni ta’minlaydigan moslamalar bilan jihozlangan turli kategoriyali yuklarni tashishga mo’ljallangan. Maxsus konteynerlar konstruksiyasi ma’lum aniq turdagi yuklarni– rulonli materiallar, pardozlash plitkalari, linoleum, bino seksiyasi uchun elektromontaj armaturasi va boshqalarni tashish uchun yaratiladi.

    Download 0.54 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




    Download 0.54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bilet 1.Qurilish sikllarini birgalikda bajarish usullari

    Download 0.54 Mb.