• FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI Topshirdi: Bayxanova Yu. Qabul qildi: Abdullayev B.
  • Termiz davlat universiteti




    Download 453.89 Kb.
    bet1/6
    Sana22.06.2023
    Hajmi453.89 Kb.
    #75070
    TuriЛекция
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    2-Amaliy mashg\'ulot. Moodle tizimida o\'quv materiallarini joylashtirish
    DТИЮ. (40 с)12.12.12., 8-sinf matematika test, 1404031560 50022, A.Alimbayeva Terminologiya, Davriy sistemaning VIII-B gurux elementlari, BOSHLANGʻICH SINFLARDA, BRITISH AND UZBEK NATIONAL FOOD, BOSHLANGʻICH SINFLARDA ONA TILI DARSLARINING TURLARI, КУРС ЛОЙИҲАСИ УЧУН УСЛУБИЙ КЎРСАТМА..., Ipak tõqimalarini ishlab chiqarish uchun tanda va arqoq iplarini tayyorlashda qõllanilayotgan inovotsion texnologiyalar, 1–Mavzu Davlat standartlari. O’z. D 301-97 304-97. Formatlar. M, 4-mavzu Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida “informatika va axborot, 5-Mavzu Kompyuterlarning dasturiy ta’minoti, 6-MAVZU TAQDIMOTLAR BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYASI.



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI


    Axborot texnologiyalari
    FAKULTETI
    Informatika o‘qitish metodikasi
    ta’liM YO‘NALISHI
    4-KURS 119S - GURUH TALABASI
    Bayxanova Yulduzning


    Pedagogik dasturiy vositalar
    FANIDAN TAYYORLAGAN
    MUSTAQIL ISHI
    Topshirdi: Bayxanova Yu.
    Qabul qildi: Abdullayev B.


    Moodle tizimida o‘quv materiallarni joylashtirish


    Reja:



    1. Moodle tizimida resurs qo‘shish imkoniyatlarini o‘rganish




    1. Moodle tizimida kurs elementlarini shakllantirish .


    Лекция – ma’ruza o‘quv elementi masofaviy ta’lim tizmining asosiy mazmunini yoritib beruvchi elementlardan biri hisoblanadi. "Ma’ruza" kursining elementi o‘qituvchiga kontent yoki amaliy topshiriqlarni (testlarni) qiziqarli va moslashuvchan shaklda joylashtirish imkonini beradi. O‘qituvchi bir qator o‘rgatuvchi sahifalaridan tashkil topgan ma’ruzaning chiziqli sxemasidan yoki talaba uchun turli yo‘llar yoki variantlarni o‘z ichiga olgan murakkab sxema yaratishi mumkin. Har qanday holatda, faol o‘zaro ta’sirni oshirish va tushunishni nazorat qilish uchun o‘qituvchilar "Bir nechta tanlov", "Muvofiqlik" va "Qisqa javob" kabi turli savollardan foydalanishlari mumkin. Talaba tomonidan tanlangan javob va o‘qituvchi tomonidan ishlab chiqilgan strategiyaga qarab, talabalar boshqa sahifaga o‘tishlari, oldingi sahifaga qaytishlari yoki butunlay boshqa yo‘lga yo‘naltirilishlari mumkin.


    Задание - topshiriq o‘quv elementi o‘qituvchilarga kommunikativ vazifalarni qo‘shish, talabalar ishini to‘plash, ularni baholash va taqriz taqdim etish imkonini beradi. Talabalar Word hujjatlari, elektron jadvallar, tasvirlar, audio yoki video fayllar kabi har qanday raqamli kontentni (fayllarni) yuborishlari mumkin. Muqobil yoki qo‘shimcha ravishda o‘qituvchi talabadan o‘z javoblarini to‘g’ridan-to‘g’ri matn muharriridan kiritishni talab qilishi mumkin. "Topshiriq" o‘quv elementi saytdan tashqari avtonom tartibda bajariladigan javoblar uchun ham raqamli ko‘rinishda taqdim etishni talab etmasdan ishlatilishi mumkin (masalan, san‟at asarlarini yaratishda). Topshiriqni baholashda o‘qituvchi sharhlar ko‘rinishida taqrizlar qoldirishi, talabaning to‘g’rilangan javobini saqlagan faylni yoki audio taqrizni yuklashi mumkin. Javoblar ballar, foydalanuvchi baholash shkalasi yoki rubrikalar kabi "ilg’or" usullar bilan baholanishi mumkin. Yakuniy baho baholash jurnaliga kiritiladi.


    Test - kursining elementi o‘qituvchiga turli xil tipdagi savollardan tashkil topgan testlarni yaratishga imkon beradi: bir nechta tanlov, to‘g’ri/noto‘g’ri, muvofiqlik, qisqa javob, raqam. Savollar bankidan tanlangan aralash savollar yoki tasodifiy savollardan bir nechta urinishlar yordamida test yaratish mumkin. Vaqt cheklanishi berilishi mumkin. Har bir urinish avtomatik ravishda baholanadi, Esse savollaridan tashqari va baho baholash jurnaliga yoziladi. To‘g’ri javobga ishoralar, sharx, to‘g’ri javoblarni talabalarga qachon ko‘rsatilishini tanlash mumkin. Testlardan:



    • Kurs imtihonlarida;

    • Bajarilgan vazifalar uchun yoki mavzu oxiridagi mini-testlar sifatida;

    • Yakuniy imtihonda, oraliq imtihonlar savollaridan foydalangan holda;

    • Ish haqida tezkor taqrizni ta’minlash uchun;

    • O‘z-o‘zini baholash uchun foydalanish mumkin.


    Download 453.89 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 453.89 Kb.