To’qimachilik sanoatining dunyo bo’yicha xom ashyosining balansini tahlil qilish




Download 297.5 Kb.
bet1/2
Sana19.05.2023
Hajmi297.5 Kb.
#61893
  1   2
Bog'liq
Ipak tõqimalarini ishlab chiqarish uchun tanda va arqoq iplarini tayyorlashda qõllanilayotgan inovotsion texnologiyalar
DТИЮ. (40 с)12.12.12., 8-sinf matematika test, 1404031560 50022, A.Alimbayeva Terminologiya, Davriy sistemaning VIII-B gurux elementlari, BOSHLANGʻICH SINFLARDA, BRITISH AND UZBEK NATIONAL FOOD, BOSHLANGʻICH SINFLARDA ONA TILI DARSLARINING TURLARI, КУРС ЛОЙИҲАСИ УЧУН УСЛУБИЙ КЎРСАТМА..., 1–Mavzu Davlat standartlari. O’z. D 301-97 304-97. Formatlar. M, 2-Amaliy mashg\'ulot. Moodle tizimida o\'quv materiallarini joylashtirish, 4-mavzu Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida “informatika va axborot, 5-Mavzu Kompyuterlarning dasturiy ta’minoti, 6-MAVZU TAQDIMOTLAR BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYASI.

Ipak tõqimalarini ishlab chiqarish uchun tanda va arqoq iplarini tayyorlashda qõllanilayotgan inovotsion texnologiyalar

Reja:


  1. To’qimachilik sanoatining dunyo bo’yicha xom ashyosining balansini tahlil qilish.

  2. Ipak tõqimalarini ishlab chiqarish

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov o’zining qator risolalarida, ayniqsa O’zbekistonni xom ashyo boyliklaridan samarali foydalanib, uni tayyor mahsulotlarga aylantirib engil sanoatni jadallik bilan rivojlantirish vazifalari qo’yilgan va uning yo’llari ham ko’rsatilgan.

  1. Bozor talablariga tezda javob bera olmaydigan, dastgohlari eskirib qolgan gigant, katta korxonalarni aksionerlik kompaniyalariga aylantirish, ular bazasida qo’shma korxonalar tuzib yangi zamonaviy texnologiyalarni o’rnatish.

  2. Bozor iqtisodiyoti talablariga tezda javob bera oladigan, mahsulot assortimentlari turlarini tez kunda yangilash qobiliyatiga, yan‟i texnologiyasiga ega bo’lgan kichik, xususiy, qo’shma korxonalarni rivojlantirish.

  3. O’zbekistonning paxta tolasini qayta ishlab tayyor mahsulotga etkazishni bugungi (1990-7%, 2000-12%) o’rniga 2015 yillarda 40-50% ni respublikada (to’qimachilik va engil sanoat korxonalarida) qayta ishlash vazifasi.

  4. Ipakchilik sohasida tubdan o’zgarish asosida – tutchilikni, pilla qurti urug’chiligini, pilla etishtirish, ipak ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish, dunyo andozalaridarajasiga ko’tarish.

  5. Ilmiy asoslangan texnologiyalarni, tayyor mahsulot assortimentlarini yangi ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir turlarini yaratish. Mahalliy xom ashyolardan, tabiiy va kimyoviy tola, iplardan sof, aralashma, teksturlangan va shakldorlarini hosil qilish asosida xaridorgir mahsulotlar turlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish.

  6. Dunyo andozalari va bozor iqtisodiyoti talablariga javob bera oladigan zamonaviy texnika va texnologiyalarni tezda o’zlashtira oladigan, xaridorgir tayyor mahsulotlarni marketing asosida tezda ishlab chiqarishni tashkil qilib boshqara oladigan bakalavr, magistrlar bir so’z bilan aytganda zo’r bilimdon to’qimachilik va engil sanoat uchun mutaxassis kadrlarni tayyorlash.

Yillar davomida dinamikasi, istiqboli 2050 yillar uchun. Paxta, sintetik tola, sellyuloza, jun, tabiiy ipak va boshqa yangi turdagi o’zini xususiyatini o’zgartiradigan tolalar, iplar.
Dunyoda to’qimachilik xom ashyolaridan pilla etishtirish va ulardan xom ipak ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega.
Ipak tabiiy tolalar ichida eng yuqori pishiqlikka, fizik-mexanik, gigienik xususiyatlarga ega. Ammo dunyo to’qimachilik xom ashyo balansida 0,5-0,2% ni tashkil etadi xolos. Pilla etishtirish xom ipakni ishlab chiqarishda o’tgan asrning o’rtalarida Yaponiya davlati birinchilikni boshqargan bo’lsa, 80-yillardan boshlab Xitoy va Hindiston jadallik bilan rivojlana boshladi. O’zbekiston Respublikasida o’tgan asrning 90-yillarigacha har yili 35000 tonna ho’l pilla etishtirib undan 2500 tonnaga yaqin xom ipak ishlab chiqarib dunyoda 3-4- o’rinni egallab turgan.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan kolxozlarni inqirozga tutilishi, tut ozuqa bazalarini kamayib borishi natijasida pilla etishtirish ikki barobar xom ipak ishlab chiqarish deyarli 5-6 barobarga kamayib ketdi.
1995 yillarga borib xom ipak ishlab chiqarish 400 tonnaga etgan xolos.
Prezidentimiz tomonlaridan 2010 yil 15 dekabrdagi PQ-1442-son «20112015 yillarda O’zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risidagi», shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 2 avgustdagi 234-son «2012-2015 yillarda nooziq-ovqat iste‟mol tovarlari ishlab chiqarish hajmlarini ko’paytirish va turlarini kengaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» chiqarilgan qator qarorlarini hayotga tadbiq etib borib yangi tut ko’chati plantatsiyalari tashkil etilib pilla etishtiruvchi fermer xo’jaliklardagi xodimlarni maoshini o’sishi orqali manfaatdorligini oshirish natijasida hozirgi davrda pilla etishtirish 25-26 ming tonna, xom ipak ishlab chiqarish esa 800-900 tonnaga etkazildi.
Hozirgi davrda respublikamizda ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir milliy matolardan: xonatlas, beqasab, adras, shoyi to’qimalarini olish va ulardan zamonaviy tayyor kiyimlarni ishlab chiqarish keng yo’lga qo’yilib rivojlanmoqda.
“O’zbekengilsanoat” aksionerlik jamiyati tomonidan mumtoz ipak to’qimalari krepshifon, krepdeshin, krep-jorjet matolarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni qurish va ishga tushirish mo’ljallangan.
O’zbekiston 2,500 tonna har yili, bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida 400 tonna yiliga, hozirgi vaqtda 800 tonna xom ipak ishlab chiqarmoqda.
Dunyo miqyosida xom ipakni ishlab chiqarish va rivojlanish holati 1jadvalda keltirildi.
1-jadval Dunyo miqyosida xom ipakni ishlab chiqarish holati



























1983

28,140

5,681

1,362

-

-

3,899

12,456

2,292

0,825

0,331

1,590

56,576

1984

28,140

6,895

1,458

-

-

3,999

10,800

2,088

0,800

0,357

1,594

56,131

1985

32,000

7,029

1,558

-

-

4,000

9,592

1,850

0,800

0,301

1,762

58,892

1986

34,700

7,905

1,780

-

-

4,000

8,240

1,650

0,975

0,319

1,800

61,369

1987

37,600

8,455

1,740

-

-

4,000

7,864

1,608

0,989

0,292

1,950

64,498

1988

34,400

9,300

1,749

1,000

300

4,000

6,840

1,343

0,100

0,334

0,990

61,256

1989

40,700

9,757

1,696

1,000

400

4,000

6,078

0,936

0,100

0,306

1,000

66,873

1990

44,000

10,20

1,693

1,200

550

4,000

5,800

0,972

0,900

0,357

0,900

70,572

1991

48,480

10,80

1,903

1,300

0,700

4,000

5,527

0,900

0,800

0,300

0,900

75,610

1992

54,480

13,00

2,296

1,200

900

3,600

5,100

0,883

0,500

0,200

0,600

82,759

1993

69,300

13,20

2,326

1,200

1,000

3,000

4,254

0,840

0,450

0,190

0,700

96,76

2000

102,46

13,00

2,000

-

1,100

1,200

2,5

0,750

0,390

0,200

0,900

124,5

2010

104,15

18,20


-

1,120

1,500

2,0

0,720

0,400

0,185

1,0

129,2

2015

113,92

19,10


-

1,130

1,700

1,7

0,690

0,370

0,190

1,2

140,0

Jadvaldan ko’rinib turibdiki, xom ipakni ishlab chiqarish va uning rivojlanishi ko’p mamlakatlarda bir xil kechmayapti. Buning asosiy sabablaridan biri dunyoda aholining jadallik bilan rivojlanib borishi hozirgi davrda (2015 y) 7 mlrd. bo’lsa, 2050 yilga borib 10 mlrd. bo’lishi bashorat qilinmoqda. Buni 1rasmdan ko’rishimiz mumkin.
O’sib borayotgan aholini 1-navbatda oziq-ovqat, uy-joy bilan ta‟minlash bo’lsa, tabiiy tolalarni o’stiradigan er maydonlari tobora qisqarib boradi. Tabiiy tolalar shu jumladan pilla etishtirish va ipak ishlab chiqarishni ko’paytirish asosan yuqori hosil beradigan yangi zot va duragay qurt urug’larini yaratishni taqozo etadi.
Xom ipakning inson tanasiga rohat bag’ishlashini asosiy sabablaridan biri uning tarkibidagi jonivorlar uchun zaruriy aminokislotalar barchasi mavjudligidan iborat.
Ipak tabiiy konditsioner bo’lib, namlikni yutgani bilan iplar diametri yo’g’onlashadi, ammo ipak mato o’zi ho’l bo’lmaydi. SHuning uchun ham qishda issiqlikni saqlaydi, yozda esa tana namligini tashqariga uzatadi.


Ro’yxatda 5 mlrd. odam. Ro’yxatda 10 mlrd. odam.
1-rasm. Dunyo aholisini o’sishi
Pilla etishtirish xom ipakni qayta ishlab turli noyob matolar ishlab chiqarish jarayonida ipakning tolali chiqindilari paydo bo’ladi. Ulardan yigirilgan ipak iplari olinadi. Dunyo bozorida 1 kg xom ipakni va 1 kg chiqindilardan yigirib olingan ipak ipining narxi bir xil turadi.
Yigirilgan ipak ipi ishlab chiqarishda esa yana ikilamchi ipakning tolali chiqindilari paydo bo’ladi. Bu tolalarni pishiqliklarini paxta va jun tolalari bilan solishtirilganda ularga nisbatan bir necha bor yuqoriligi isbotlangan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ipakni qayta ishlashda uni chiqindisiz texnologiyasini yaratishni chuqur o’rganish maqsadga muvofiq.
Ipakchilik sanoati - yengil sa-noat tarmoqlaridan biri. Asosan, tabiiy va sunʼiy ipak tolasi, yigirilgan ipak, sintetik hamda har xil tabiiy va sunʼiy tolalar birikmasidan ipak (shoyi) gazlamalar toʻqib chiqaradi. Pilla chuvish (tortish), uning losidan ipak yigirish va toʻqilgan gazlamalarni pardozlash ham I. s.ga kiradi.
Oʻzbekistonda ipakchilik tarmogi teran tarixiy ildizlar va anʼanalarga ega. Ipak qurti boqish va uning pil-lasidan tola olish, ipak gazmollar toʻqish dastlab Xitoyda vujudga kelgan. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, ipak qurti boqish 4-asrda Xitoydan Buyuk ipak yoʻli orqali hozirgi Oʻzbekiston hudu-diga tarqalgan. Samarqand, Buxoro, Xoʻjand, Qoʻqon, Margʻilon, Namangan kabi shaharlarda ishlab chiqarilgan turli-tuman shoyi gazlamalar mashhur boʻlgan. Shoyi gazmollar Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga chiqarilgan.
19-asrning 2-yarmidan boshlab Oʻrta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinganidan soʻng 1867-yildan boshlab Margʻilon, Qoʻqon, Toshkent, Xoʻjand sh.larida dastlabki ipak kalavalash fabrikalari qurildi. Masalan, Oʻzbekistonga bi-rinchilardan boʻlib kelgan rus sanoatchisi I. I. Pervushin 1871-yilda Toshkentda araq va vino zavodi bilan birga pillakashlik fabrikasi ham qurdi. Lekin ipak gazlamalarning asosiy qismi maqalliy hunarmandlarning ustaxona (doʻkon)larida ishlab chiqarilar edi (mas, 19-asr oxirida Margʻilonda 120, Qoʻqonda 49 ta shoyi toʻqish ustaxonalari ishlagan). Pilladan yarim kustar holda (qozonlarda qaynatib) qoʻl charxlarida ipak (11,8 kg pilladan 1 kg ipak) olingan, qoʻlda boʻyalgan ipakdan atlas, adras, bekasam, olacha, turli abrli gazlamalar, baxmal, parcha qoʻl dastgoqlarida toʻqilgan. 1913-yilda Oʻzbekistonda qariyb 4 ming t pilla yetishtirilgan, uning aksariyat qismi rus ishbilarmonlari qoʻliga oʻtib, ipak olish uchun Italiya va Fransiyaga joʻnatilgan.
1921-yilda Oʻzbekistonda Fargʻona sh.da birinchi 56 qozonli pillakashlik fabrikasi ishga tushirildi. 1927—32 yillarda Samarqand, Buxoro, Margʻilon sh.larida ham pillakashlik fabrikalari qurildi. Ayni paytda pillakashlik fabrikalarida olingan ipak toladan shoyi toʻqish ham rivojlandi. Margʻilon atlas (1925), Namangan abrli gazlamalar (1925), Margʻilon shoyi (1928), Samarkand shoyi (1934) kombinatlari, Qoʻqon shoyi toʻqish fabrikasi (1926) ishga tushirildi. 1937-yilga qadar shoyi gazlamalar tabiiy ipakdan tayyorlanar edi. Kimyo sanoatining rivojlanishi natijasida sunʼiy ipak gazlamalar toʻqish ham keng ta-raqqiy etdi. 1940-yilga kelib Oʻzbekistondagi pillachilik fabrikalarida 9833 t pilla qayta ishlanib, shoyi gazlamalar ishlab chiqarildi.
1940—70 yillarda respublikada pilla yetishtirish deyarli 3 baravar koʻpaydi, I. yeda yuqori oʻsish surʼatlariga erishildi. 1966-yilda yiliga 45 mln. m ipak gazlama ishlab chiqaradigan Namangan shoyi va kostyumbop gazlama kti ishga tushirildi, viloyatlar shaharlarida kombinatlar filiallari ochildi, ishlab turgan korxonalar kengaytirildi va rekonstruksiya qilindi. Ayni paytda I. s. korxonalari shoyi gazlamalar turlarini i. ch. boʻyicha ixtisoslashdi, korxonalarda krepdeshin, krepshifon, krepjorjet, ipakdan milliy gazlamalar: atlas, xonatlas, bekasam, shoyi, shuningdek, plashbop, kostyumbop, astarbop gazlamalar, shtapel, viskoza va aralash tolalardan kiyim-kechak tikiladigan gazlamalar, tukli va jakkard gazlamalar, sunʼiy iplardan abrli gazlamalar ishlab chiqarish oʻzlashtirildi, I. s. mahsulotlari chet ellarga eksport qilindi.
1980-yilga kelib Oʻzbekistonda ipak ip i. ch. 1711 t ni tashkil etdi, 113,8 mln. m2 shoyi gazlamalar ishlab chikarildi, 1990-yilda esa 32824 t ipak kurti pillasi tayyorlandi, I. yeda 2522 t ipak ip, 144,2 mln. m2 shoyi gazmollar ishlab chikarildi, 1991-yilda respublikada rekord xreil — 33,8 ming t pilla tayyorlandi.
Respublika mustaqillikka erishgandan keyin respublika hukumati I. s.ni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor berdi. Anʼanalar va ming yillik tajribalar negizida Oʻzbekistonda zamonaviy yangi ipakchilik indust-riyasini yaratish yoʻli belgilandi. 1993-yildan pilla yetishtirish davlat buyurtmasidan chiqarilib, uni xarid qilish kelishilgan narxlar asosida olib boriladigan boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning 1998-yil 30 martdagi "Respublikada pil-lachilik sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida" Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Va-zirlar Mahkamasining 1998-yil 3 aprel
dagi "Respublika pillachilik sohasini boshqarishni takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga koʻra mustaqil "Oʻzbek ipagi" uyushmasi tashkil etildi. Uning tarkibiga ipakli va aralash gazlamalar ishlab chiqaradigan shoyi toʻqish korxonalari, shuningdek, tabiiy shoyi i. ch. va qayta ishlash boʻyicha Markaziy ilmiy tadqiqot institutini ("Shoyi" tadqiqot instituti, Mar-gʻilon) oʻz ichiga oladigan "Shoyi" aksiyadorlik kompaniyasi hamda pilla xom ashyosi, ipak kalava ishlab chiqaradigan pillakashlik korxonalari, ipak qurti tayyorlanadigan zavodlar, ipak qurti naslchilik xoʻjaliklari, xom pillani qabul qilish va dast-labki ishlov berish korxonalari, tutchilik xoʻjaliklari, Oʻzbekiston ipakchilik ilmiy tadqiqot institutini oʻz ichiga oladigan "Pilla xolding" xolding kompaniyasi kiradi.
Pilla xom ashyosini respublikaning oʻzida qayta ishlanishini taʼminlash maqsadlarida 2000-yil fevral oyida Oʻzbeki ston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan pilla xom ashyosi, ipak chiqindilari va ipak ipni res-publikadan chetga chiqarishga chek qoʻyildi.
1995-2000-yillarda I. s.ga chet el investitsiyalarini jalb qilish, ipak ashyosini qayta ishlash, jahon bozorida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chikarish va uni eksport qilishni koʻpaytirish boʻyicha muhim ishlar amalga oshirildi. "Pilla xolding" xolding kompaniyasi tarkibida 7 qoʻshma korxona: "Silk Road" Oʻzbekiston— Yaponiya (Namangan), "Kumush" Oʻzbekiston—Britaniya (Shahrisabz), "Silk indiastrz Ko" Oʻzbekistan—Vyetnam (Toshkent), "Tonmen" Oʻzbekistan— Janubiy Koreya (Toshkent viloyati), "Xadan" Oʻzbekiston—Xitoy (Buxoro), "Silk star" Oʻzbekistan—Singapur (Samarqand viloyati), "Buxoro—Kvashen" Oʻzbekiston—Xitoy qoʻshma korxonalari tashkil etildi. 2000-yilda "Kumush" aksiyadorlik jamiyati aksiyalari paketini Buyuk Britaniyaning "Carthill invest ment" kompaniyasi 565 ming AQSH dollariga sotib oldi. "Oʻzbek ipagi" uyushmasi tarkibida 10 pillakashlik korxonasi — "Atlas" (Namangan), "Buyuk ipak yoʻli" (Fargʻona), "Buxoro ipagi" (Buxoro), "Buloqboshi ipagi" (Andijon viloyati Buloqboshi sh.), "Ipakchi" (Namangan viloyati, Uychi sh.), "Kumush" (Shahrisabz), "Tola" (Toshkent), "Turon shoyi-si" (Margʻilon), "Xorazm ipagi" (Urganch), "Hujum" (Samarqand) aksiyadorlik jamiyatlari; 7 shoyi toʻqish korxonasi — "Alisher Navoiy" (Margʻilon), "Atlas" (Namangan), "Izboskan shoyi toʻqish fabrikasi" (Andijon viloyati Poytug sh.), "Qoʻqon shoyiatlas toʻqish", "Margʻilon ipak gazlamasi", "Musaffo" (Samarkand), "Turon shoyisi" (Margʻilon) aksiyadorlik jamiyatlari ishlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi ipak kurti pillasi yetishtirish hajmi boʻyicha jahon mamlakatlari orasida Xitoy, Yaponiya, Hindiston va Braziliyadan keyin 5-oʻrinda turadi. Tarmoq korxonalarida 30 mingga yaqin kishi ishlaydi (2000). Mamlakatda 2000-yilda 18,9 ming t pilla, I. s. korxonalarida 1200,3 t ipak ip, 95 t ipak kalava tayyorlan-di, 5,336 mln. m2 shoyi gazlamalar ishlab chiqarildi. Chet mamlakatlarda shoyi gazlamalar, ayniqsa sintetik va sunʼiy ipak tolalaridan gazlamalar ishlab chiqarish boʻyicha AQSH, GFR, Yaponiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya yetakchi mavkeda turadi. Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Jan. Yevropa mamlakatlari va Braziliyada ipak qurti pillasidan ipak olish va ipak gazlamalar i. ch. taraqqiy etgan (yana q. Yengil sanoatPillachilik).
Adabiyot


Download 297.5 Kb.
  1   2




Download 297.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



To’qimachilik sanoatining dunyo bo’yicha xom ashyosining balansini tahlil qilish

Download 297.5 Kb.