Mavzu Axborot-hisoblash tizimlari




Download 154.02 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.05.2023
Hajmi154.02 Kb.
#56140
Bog'liq
Ma`ruza-5
falsafa maruza 1, Doc12, 5-Ma\'ruza taqdimot, Baxtiyor.uz-Psixologiya-AKT-testlari, 1-amaliy topshiriq ChAvaAG, 1.20.-Boshlangich-talimda-tarbiya-fani, Baliq moyidagi A vitaminni miqdoriy jixatdan aniqlash 14, Қўл моторикасини ривожлантириш машқлари, gkDjkfbX8ZH1vcXFK6sX8q1vxB9FwAHg, Makro 3- topshiriq (1), Banklar, oliy-matem-3-amaliy-begaliyeva, toʻgarak bajarish, Namunaviy suhbat savollari


Mavzu-5. Axborot-hisoblash tizimlari 
 
 
Axborot tizimi (AT)-bu axborotlarni tashkillashtiruvchi, saqlovchi va 
o‗zgartiruvchi tizim, yaʻni asosiy predmeti va mehnat mahsuloti axborot bo‗lgan 
tizim. Agarda axborot tizimida axborot ustida hisoblash-ishlov berish ishlari olib 
borilsa, u holda uni axborot hisoblash tizimi (AHT) deb atash mumkin. 
Yuqorida qayd qilinganidek, ko‗pchilik zamonaviy AHT axborotlarni 
o‗zgartirmaydi, ma‘lumotlarni o‗zgartiradi. Shuning uchun ko‗pincha ularni 
ma‘lumotlarga ishlov berish tizimi deb ataladi. 
Ma‘lumotlarga ishlov berish tizimini (MIT) foydalanuvchiga zarur bo‗lgan 
ma‘lumotlarni o‗zgartirish vositasi va o‗zaro bog‗langan usullar to‗plami sifatida 
qarash mumkin. 
Axborot-hisoblash tizimlarining turlari va vazifalari 
Axborot hisoblash tizimlari jismoniy toifaga kiritiladi, vaholanki ular 
mehnatining mahsuli jismoniy emas. 
Axborotlarni o‗zgartirish amalini mexanizatsiyalashtirilganlik darajasiga 
qarab MIT quyidagilarga bo‗linadi: 
qo‗lda ishlov berish tizimlari (QIT); 
mexanizatsiyalashtirilgan (MIBT); 
avtomatizatsiyalashtirilgan (AIT); 
axborotlarga avtomatik ishlov berish tizimlari (AAIT). 
QIT da barcha axborotlarni o‗zgartirish amallari qo‗lda inson tomonidan 
qandaydir texnik vositalarni qo‗llamasdan bajariladi. MIBT da inson ba‘zi 
axborotlarni o‗zgartirish amallarini bajarish uchun texnik vositalarni ishlatadi. AIT 
da axborotlarni o‗zgartirish amallar jamlamasining ba‘zilari (lekin barchasi emas) 
inson ishtirokisiz amalga oshiriladi, nafaqat axborot o‗zgartirish amallarining 
alohida olinganlari mexanizatsiyalashtirilmay, balki oldingi amaldan keyingi 
amalga o‗tishlar ham mexanizatsiyalashtiriladi, avtomatizatsiyalashtirishning 
mezanizatsiyalashtirishdan 
sifatli 
farqi 
ham 
mana 
shunda 
(mexanizatsiyalashtirishda amallar o‗rtasidagi o‗tishlar qo‗lda bajariladi). AAIT 
da axborotlarni o‗zgartirish amallari va ular o‗rtasidagi o‗tishlar avtomatik 
ravishda bajariladi, inson boshqarish zvenosi sifatida ishtirok etmaydi. AAIT da 
inson tizim ishlashini tashqaridan kuzatuvchi vazifasini bajarishi mumkin. 
Yuqorida qayd qilib o‗tilgan MIT turlaridan ko‗pchilik murakkab 
boshqarish tizimlari o‗rtasida eng samaralisi avtomatizatsiyalashtirilgan ishlov 
berish tizimidir (AIT), u o‗z tarkibiga kompyuterni oladi. Murakkab tizimlarni 
boshqarishda eng asosiy vazifa insonga tegishli, texnik vositalar (kompyuter ham) 
uning yordamchilari bo‗lib hisoblanadi. Kompyuter, masalan, o‗zidan-o‗zi 
qudratli emas, u algoritm va dasturlar ko‗rsatmasi bo‗yicha amallarni bajaradi, 
ularni esa inson yaratadi, bu dasturlar esa ko‗pincha ideal emas, albatta. Samarali 
AIT qurishning eng muhim tamoyillari quyidagilar: 
integratsiya tamoyili, ishlov beriladigan axborotlar bir marotaba AIT ga 
kiritilib, ko‗p marotaba iloji boricha ko‗p masalalarni yechish uchun ishlatiladi, bu 
bilan maksimal ravishda axborotlarni qayta-qayta yozishni va ularni qayta-qayta 


o‗zgartirish operatsiyalari bartaraf etiladi; 
tizimlilik tamoyili, boshqarishning barcha tizim ostilarda va yechim qabul 
qilishning barcha bosqichlarida zarur bo‗lgan axborotni olish maqsadida 
axborotlarga turli qirqimda ishlov berishdan iborat; 
ixchamlilik tamoyili, AIT ning texnologik jarayonlarini barcha bosqichlarida 
axborotlarni o‗zgartirishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatizatsiyalashtirishni 
nazarda tutadi. 
Tarkibida maxsus axborotni semantik tahlillash uchun dasturiy ta‘minoti va 
uni tarkiblashtirishga molashuvchan mantiqi bo‗lgan rivojlangan AIT ni 
ko‗pincha bilimlarga ishlov berish tizimlari (BIBT) deb ataydilar. 
Axborot texnologiyalarini yuqori rivojlanishi ekspert tizimlarida namoyon 
bo‗ldi, ularda tanlangan yechim bo‗yicha tavsiyalar ishlab chiqishga, berilgan 
ko‗rsatkichlar bo‗yicha axborot oqimlarini optimallashtirish, qidirish, 
baholash va yaxshi boshqaruv yechimini tanlash maqsadida BIBT va bilimlar 
omborini ishlatiladi. 
AXTni shuningdek boshqa ko‗rsatkichlari bo‗yicha ham turlarga ajratish 
mumkin: 
bajaradigan vazifasi bo‗yicha: 
ishlab chiqarishdagi AXT; 
savdo AXT; 
moliya AXT; 
marketing AXT va hokazo. 
boshqarish obyektlari bo‗yicha: 
loyihalashtirishni avtomatizatsiyalashtirish AXT; 
texnologik jarayonlarni boshqarish AXT; 
korxonalarni boshqarish (ofis, firma, korporatsiya va hokazo) AXT. 
natijaviy axborotni ishlatilish maqsadi bo‗yicha: 
axborot – qidiruv, foydalanuvchining so‗rovi bo‗yicha axborotlarni yig‗ish, 
saqlash va berish; 
axborot – maslahatlashuv, foydalanuvchiga yechim qabul qilish uchun 
ma‘lum tavsiyalar havola qiluvchi (yechim qabul qilishni quvvatlash tizimlari); 
axborot – boshqaruv, uning natijaviy axboroti bevosita boshqarish ta‘sirini 
hosil qilishda qatnashadi. 
Axborot-hisoblash tizimlarining tarkibiy tashkillanishi 
Axborot 
bevosita 
va 
uzluksiz 
boshqarish jaroyoni 
bilan
bog‗liq. Kibernetikaning boshqarish haqidagi juda umumiy talqin qilishi 
quyidagicha: axborotga maqsadga yo„naltirilgan ravishda ishlov berish jarayoni-
boshqarishdir. Boshqarish tizimining vazifasi sifatida belgilanadi: uning yoki 
asosiy xususiyatlarini birligini saqlanishini, yoki berilgan yo‗nalishda uning 
rivojlanishini taʻminlanishi. U holda ham va bu holda ham boshqarish ma‟lum 
maqsadga erishish uchun amalga oshiriladi. Qo‗yilgan maqsadga erishilganligini 
ko‗rsatuvchi 
boshqarishni optimallik ko‗rsatkichi bu boshqarishni maqsadli funksiyasidir. 
Boshqarishni maqsadli funksiyasi–bu qandaydir o‗lchanadigan miqdoriy 







Boshqariladigan obyekt 
(boshqariladigan jarayon) 
АS 
kattalik bo‗lib, u kirish va chiqish o‗zgaruvchilarning, boshqarish obyekt 
ko‗rsatkichlarining va vaqtning funksiyasidir (vaqtga bogliqligi). 
Axborot tizimini boshqarish jarayonidagi o‗rnini 3.1-rasmda keltirilgan 
tarkibiy sxema orqali tushuntirish mumkin. 
1.19-rasm. Boshqarish jarayonining umumlashtirilgan tarkibiy sxemasi: 
1-tashqi omillar (bozor holati, resurslarning mavjudligi va hokazolar 
haqidagi axborotlar); 2-yuqori tashkilotlardan keluvchi boshqarish haqidagi 
axborotlar, shu jumladan, boshqarishni bajarish maqsadi; 3-boshqarish 
axboroti; 4- obyekt holati haqidagi axborot; 5-faoliyat haqidagi axborot (teskari 
ulanish). 
Katta obyektni boshqaruvchi (firma, korporatsiya) axborot hisoblash 
tizimining vazifasini tizimlashtirish va tarkibini tahlillash natijasida quyidagi 
umumlashtirilgan vazifalarni aniqlash va ajratishga imkon berdi: 
hisoblash–boshqarish 
tizimini 
qiziqtirgan 
sohalarning 
barchasida 
axborotlarga o‗z vaqtida va sifatli ishlov berish; 
kommunikatsion–berilgan joyga axborotni operativ uzatishni ta‘minlash; 
xabar berish–barcha ko‗rinishdagi zarur bo‗lgan axborotlarga tez ega 
bo‗lish, qidirish va berishni ta‘minlash (ilmiy, iqtisodiy, moliyaviy, yuridik, 
tibbiyot, seysmik, texnik va boshqa); 
saqlash–zarur bo‗lgan axborotlarni uzluksiz yig‗ish, tartibga solish, saqlash 
va yangilash; 
kuzatish–boshqarish uchun zarur bo‗lgan tashqi va ichki axborotni kuzatish 
va hosil qilish; 
sozlash–boshqarish obyektiga uning ishlashining ko‗rsatkichlari berilgan 
(rejalashtirilgan) qiymatlardan o‗zgarsa, axborot-boshqaruv ta‘sirini amalga 
oshirish; 
optimallashtirish–obyektni ishlash sharoiti va ko‗rsatkichlari o‗zgarsa, 
maqsadning o‗zgarishi bo‗yicha optimal rejali hisoblashlar va qayta hisoblashlarni 
ta‘minlash; 
o„z-o„zini tashkillashtirish–yangidan qo‗yilgan maqsadga erishish uchun 


AXT ko‗rsatkichlari va tarkibini osonlik bilan o‗zgartirish (shu jumladan 
―tadqiqot-loyihalashtirish-tatbiq etish-ishlab chiqarish‖ siklini joriy etish 
uchun); 
o„z-o„zini rivojlantirish–boshqarish, ishlab chiqarish va loyihalashtirishning 
eng yaxshi usullarini tanlashni asoslash maqsadida tajribalarni yig‗ish va 
tahlillash; 
tadqiqot qilish–korporativ muammolarni ilmiy tadqiqotini, yangi texnika va 
texnologiya yaratish jarayonini, maqsadli ilmiy-tadqiqot majmua dastur 
mavzularini hosil qilish va bajarilishini ta‘minlash; 
bashoratlash–atrof-muhit va obyektlarni rivojlanish ko‗rsatkichlarini va 
qonuniyatlarini, asoiy yo‗nalishlarini aniqlash; 
tahlillash–obyekt faoliyatining asosiy ko‗rsatkichlarini va shu jumladan, 
xo‗jalik, iqtisodiy ko‗rsatkichlarini aniqlash; 
sintezlovchi–xo‗jalik, moliyaviy va texnologik faoliyatlarning meyorlarini 
avtomatizatsiyalashtirilgan ravishda yaratilishini ta‘minlash; 
nazorat qiluvchi–ishlab chiqarish vositalarini, ishlab chiqariladigan 
mahsulotni va xizmatlar sifatini avtomatizatsiyalashtirilgan nazoratini ta‘minlash; 
tashxislash–avtomatizatsiyalashtirilgan 
tashxislash 
amallari 
orqali 
boshqarish obyekt holatini aniqlash (birinchi navbatda texnologik jihozlarni); 
hujjatlashtirish–barcha zarur hisob-kitob, reja-taqsimot, moliyaviy va boshqa 
shakldagi hujjatlarni hosil qilish. 
Qayd qilib o‗tilgan vazifalarini joriy etish uchun mo‗ljallangan AXT yetarli 
darajada murakkab bo‗lishi kerak va u 3.2-rasmda keltirilgan tizim osti to‗plamiga 
ega bo‗lishi kerak. 
Bajaradigan vazifalari 
Ilmiy texnik 
tayyorgarlik 
Biznes-rejalashtirish 
Operativ boshqarish 
Moliyaviy 
menedjment 
Buxgalterlik hisob 
Boshqalar 
Axborot tizimi 
Ta‘minlovchi tizim ostilari 
Axborot ta‘minoti 
Texnik ta‘minot 
Dasturiy ta‘minot 
Matematik ta‘minot 
Lingvistik ta‘minot 
Boshqalar 


1.20 rasm. Korxonani boshqaruvchi axborot hisoblash tizimining (AHT) 
asosiy tizimostilarining tarkibi. 
AHT bajaradigan vazifalari bo‗yicha tizim ostilari boshqarish axborotlarini 
olishning model, usul va algoritmlarini joriy etadi va quvvatlaydi. Bajaradigan 
vazifalari bo‗yicha tizim ostilarining tarkibi AHT ning ishlatilish sohalariga 
bog‗liq va boshqarish obyektning xo‗jalik faoliyatining xususiyatlariga bog‗liq. 
Tizim ostilarining har biri masalalar to‗plamini bajarishni va obektni samarali 
boshqarishi uchun zarur bo‗lgan axborotga ishlov berish amallarini bajarilishini 
ta‘minlaydi. 
1.20-rasmda ishlab chiqarish korxonalari uchun u tizim ostilarining taxminiy 
tarkibi berilgan. 
Korxonaning ilmiy-texnikaviy tayyorlash tizim ostisi korxonaning ilmiy- 
tadqiqot (shu jumladan marketing ishlarini), konstruktorlik va texnologik 
tayyorligiga javobgar. 
Biznes-rejalashtirish tizim ostisi ishlab chiqarishni texnik-iqtisodiy va 
operativ-kalendar rejalashtirish, biznes-reja hosil qilishga javob beradi. 
Operativ boshqarish tizim ostisi, ishlab chiqarishni bevosita boshqarishdan 
tashqari, shuningdek materiallar oqimi, ta‘minot va mollarning sotilishi (logistika), 
korxonaga qilingan sarf-xarajatlarning hisobini (kontrolling) bajaradi. 
Moliyaviy menedjment tizim ostisi moliyaviy rejani va korxona buyurtmalar 
portfelini, xo‗jalik faoliyati natijalarini tahlillashga javobgar. 
Buxgalterlik hisob tizim ostisi, mehnatni hisobga olish va mehnat haqi, mol-
mulk narxi, asosiy vositalar, moliyaviy operatsiyalarning natijalar hisobotlarini 
tuzishni ta‘minlaydi. 
AHT boshqa sohalarda ishlatilsa, hal qilinadigan masalalar yo‗nalishi ham 
o‗zgaradi. Marketing axborot tizimlarida asosiy diqqat bozorni tahlili va sotuv 
hajmini bashoratiga qaratilsa, moliyaviy tizimlarda esa moliyaviy tahlil va 
bashorat, kredit-pul siyosatini boshqarish va hokazolarga qaratiladi. 
Ta‘minlash tizim ostilarining tarkibi ancha turg‗un va AXTning ishlatilish 
sohalariga kam bog‗liq bo‗ladi. 
Axborot ta‟minoti boshqarish tizimida aylanayotgan axborotni tashkil qilish 
Tashkillashtirish tizim 
ostilari 
Mutaxassislar bilan 
taʻminlash 
Erganomik ta‘minot 
Huquqiy ta‘minot 
Tashkiliy ta‘minot 


shakli va joylashtirish, yechimlarni joriy etilgan hajmi bo‗yicha yig‗indisidan 
iborat. Boshqacha so‗z bilan aytilganda, axborot ta‘minoti–bu tizimning axborot 
bazasini yaratish vositalari va usullari, o‗z tarkibiga axborotni kodlashtirish va 
turlarga ajratish tizimi, hujjalarni unifikatsiyalangan tizimi, axborot oqimlarining 
sxemasi, axborotlar bazasini yaratish usullari va tamoyillaridir. 
Texnik ta‟minoti–tizimda axborotlarni o‗zgartirishdagi texnologik 
jarayonda ishlatiladigan texnik vositalarning majmuasi. Birinchi navbatda, 
hisoblash mashinalari, tashqi qurilmalari, axborot uzatish kanallari va qurilmalari. 
Dasturiy ta‟minoti–funksional masalalarni yechish uchun zarur bo‗lgan 
doimiy ishlatiladigan dasturlar va foydalanuvchini ishlash jarayonida eng ko‗p 
qulayliklar bilan ta‘minlovchi, hisoblash texnikasini eng ko‗p samara bilan 
ishlatishga imkon beruvchi dasturlardan iborat. 
Matematik ta‟minoti–tizimda ishlatiladigan axborotlarga ishlov berishning 
matematik usullar, modellar va algoritmlarining jamlamasidan iborat. 
Lingvistik ta‟minoti–mashina bilan insonning muloqotini yengillashtiruvchi 
va tizimda uning loyihalashtirish sifatini oshirish maqsadida ishlatiladigan til 
vositalarining jamlamasidan iborat. 
Tashkillashtirish ta‟minoti–tizimdan foydalanuvchilarni va tizimni yaratish 
jarayonini hamda tizimning ishlashini chegaralovchi yechimlarning majmuasidan 
iborat va u o‗z tarkibiga quyidagilarni oladi: 
kadrlar bilan ta‟minlash–tizimni loyihalash va yaratishda qatnashuvchi 
mutaxassislarning tarkibi, shtatlar jadvali va ularning vazifalari; 
ergonomik ta‟minlash–axborot tizimini yaratilishida va ishlatishda, 
foydalanuvchi tizimni tez o‗zlashtirishi uchun, foydalanuvchining faoliyati uchun 
optimal sharoit yaratishda foydalanadigan vosita va usullar to‗plamidan iborat; 
huquqiy ta‟minot–axborot tizimini yaratishda va foydalanishda, axborotni 
olish tartibi, o‗zgartirish va ishlatishning chegaralovchi huquqiy normalarining 
jamlamasi. 
AHTning ko‗p turlaridan faqat bittasini kengroq ko‗rib chiqamiz–hisoblash 
tizimlari (HT). 
Ko‗p mashinali va ko‗p prosessorli hisoblash tizimlari 
Hisoblash tizimi–bu bir yoki bir necha kompyuterlarni yoki protsessorlarni, 
dasturiy ta‘minotni, tashqi qurilmalarni axborot-hisoblash jarayonini birgalikda 
bajarish uchun mo‗ljallangan to‗plami. 
Hisoblash tizimida kompyuter bitta bo‗lishi mumkin, lekin ko‗p vazifali 
tashqi qurilma bilan birgalikda ulangan bo‗lishi mumkin. Tashqi qurilmaning 
narxi ko‗pincha kompyuter narxidan ko‗p marotaba ortiq bo‗ladi. Ko‗p tarqalgan 
bir kompyuterli XT ga misol tariqasida axborotga teleishlov berish tizimini 
keltirish mumkin. Lekin hisoblash tizimining an‘anaviy varianti ko‗p kompyuterli 
va ko‗p protsessorli variantlardir. 
Birinchi hisoblash tizimlari tezlikni va ishlash ishonchliligini oshirish 
maqsadida hisoblash operatsiyalarini parallel bajarish yo‗lini qo‗llash orqali 
yaratilgan. 
Kompyuterning keyingi tezligini 
oshirishdagi ―to‗siq‖ bu 
elektromagnit to‗lqinlarining tarqalishini oxirgi tezligi, yorug‗lik tezligi – 300 000 
km/s. XT elementlari orasida signallarning tarqalish vaqti elektron sxemalarning 


o‗tish vaqtidan ancha oshishi mumkin. Shuning uchun operatsiyalarni qatʻiy 
ketma- ketlikda bajarilishi fon Neyman tarkibli kompyuterga xarakterlidir, bu 
tarkib esa XT tezligini jiddiy oshirishga imkon bermaydi. 
Operatsiyalarni bajarilishining parallelligi tizim tezligini jiddiy oshiradi; u 
shuningdek agarda operatsiyalar ikki martta bajarilsa va ularning natijalari 
solishtirilsa, ishonchlilikni (tizimdagi bitta kompyuter buzilsa, uning vazifasini 
boshqa kompyuter o‗z zimmasiga oladi) va tizim vazifasini to‗g‗ri bajarilishini 
jiddiy oshirishi mumkin. 
Zamonaviy XT uchun, superkompyuterlardan tashqari, ularning zarurlik 
ko‗rsatkichlarini asoslashning o‗zi ham boshqacha–foydalanuvchiga axborot 
xizmatlarini ko‗rsatishning o‗zi va bu xizmatning sifati hamda servisi muhim. 
Superkompyuterlar va ko‗p protsessorli XT uchun muhim ko‗rsatkich ularning 
unumdorligi va ishonchliligidir. 
Hisoblash tizimlari kompyuterlar asosida tuzilishi mumkin–ko‗p mashinali 
XT yoki alohida protsessorlar asosida–ko‗p protsessorli XT. 
Hisoblash tizimlari yana bo‗linishi mumkin: 
bir turdagi; 
bir turda bo‗lmagan. 
Bir turdagi XT bir turdagi kompyuterlar asosida yoki protsessorlarda tashkil 
etiladi, unda dasturiy vositalarni standart to‗plamlarini, qurilmalarni ulash uchun 
an‘anaviy protokollarni ishlatish mumkin bo‗ladi. Ularni tashkillashtirish ancha 
oson, tizimga xizmat ko‗rsatish va ularni rivojlantirish yengillashadi. 
Bir turda bo„lmagan XT o‗z tarkibiga turli xildagi kompyuterlarni yoki 
protsessorlarni oladi. Tizimni qurishda ularning turli texnik va funksional 
ko‗rsatkichlarini hisobga olishga to‗g‗ri keladi, bu esa bunday tizimlarni 
yaratishni va ularga xizmat ko‗rsatishni jiddiy qiyinlashtiradi. 
Hisoblash tizimlari quyidagi tartibda ishlaydi: 
operativ ish tartibida (online); 
operativ bo‗lmagan ish tartibida (offline). 
Operativ tizimlar real vaqt o‗lchamida ishlaydilar, ularda axborotlar 
almashuvini operativ ish tartibi joriy etiladi–so‗rovlarga javoblarni juda tez 
olinadi. Operativ bo„lmagan XT ―javobni keyinga qoldirish‖ ish taribiga
yo‗l qo‗yiladi, so‗rovlarga javoblarni bajarilishi ba‘zi ushlanish bilan amalga 
oshirilishi mumkin (ba‘zida tizim ishlashining keyingi seansida). 
Hisoblash tizimlarini yana markazlashtirilgan va tarqatilgan boshqarishli 
guruhga ajratiladi. Birinchi holda boshqarishni ajratilgan kompyuter yoki 
protsessor bajaradi, ikkinchi holda esa kopmyuterlar teng huquqli va ularning har 
biri boshqarishni o‗zi olishi mumkin. 
Undan tashqari XT bo‗lishi mumkin: 
iudud bo„yicha jamlangan (barcha kompyuterlar bevosita bir-biriga yaqin 
joylashtirilgan); 


taqsimlangan (kompyuterlar bir-biriga nisbatan katta masofada joylashgan, 
masalan, hisoblash tarmog‗i); 
tarkibiy jihatidan bir bosqichli (axborotlarga ishlov berishning faqat bitta 
umumiy bosqichi mavjud); 
ko„p bosqichli (iyerarxik, shajara) tarkib. Shajara XT kompyuterlar yoki 
protsessorlar axborotlarga ishlov berishning turli bosqichlariga taqsimlangan, ba‘zi 
kompyuterlar (protsessorlar) ba‘zi vazifalarni bajarishga maxsuslashtililishi 
mumkin. 
Va nihoyat XT, aytib o‗tilganidek, quyidagilarga bo‗linishi mumkin: 
bir mashinalik; 
ko‗p mashinalik; 
ko‗p protsessorlik. 

Download 154.02 Kb.




Download 154.02 Kb.
Pdf ko'rish