|
Mavzu: axborot texnologiyalari I. Darsning maqsadi: a Ta’limiy maqsad
|
bet | 2/3 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 377 Kb. | | #110238 |
Bog'liq 9-dars.Informatsion sistemalar
Axborot inson hayotida modda, energiya kabi muhim o'rin tutar ekan undan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Kerakli axborotsiz biror vazifani bajarish mushkul. Bundan tashqari zarur axborotga o'z vaqtida ega bo'lish ham muhimdir. Zamonaviy ishlab chiqarish dunyoning turli chekkalaridan xilma-xil axborotlami tez va kerakli ko'rinishda qabul qilish yoki uzatishni talab etadi. Bugungi kunda axborotni uzatish va qabul qilish vositasi sifatida telefondan keng foydalaniladi. Ammo zamonaviy ish yuritishda bu yetarli emas. Hozirda kompyuter tarmoqlarisiz ish yuritishni tasawur qilish qiyin. Oddiy aviachiptalardan tortib kosmosni tadqiq qilishgacha bo'lgan jarayonlarda kompyuter texnologiyalaridan foydalaniladi. Hozirgi kunda Internet, IASNET kabi yuzlab xalqaro va biror davlat doirasidagi informatsion sistemalar mavjud va ular inson faoliyati uchun xizmat qilmoqda.
Informatsion sistemalar — bu katta hajmdagi axborotlami qabul qilish, uzatish, saqlash va talab qilingan axborotni tez izlab topish kabi vazifalarni bajarish uchun mo'ljallangan sisteriiulardir.
Informatsion sistemalarning iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim omillar quyidagilar: ortiqcha axborot hajmini qisqartirish, ishonchli axborot yo'qotilishining oldini olish, axborotdan foydalanish darajasini oshirish, atama va tushunchalarni standartlashtirish, informatsion jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish.
Aloqa vositalari, dasturli ta'minot, hamda kompyuter texnikasining yangi pog'onalarga ko'tarilisi informatsion sistemalarning yanada mukammallashgan shakllarini yaratilishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda yaratilayotgan va qo'llanilayotgan informatsion sistemalar awalgi avlodlaridan ham texnik, ham dasturli, ham katta miqdordagi axborotlarni qayta ishlay olishi bilan tubdan farq qiladi.
Savol va topshiriqlar
Axborot texnologiyasi deganda nimani tushunasiz?
Axborot texnologiyasining tashqi omillariga misol keltiring.
Agar kompyuterlar tarmoqqa birlashtirilmasa, ular qanday usulda axborot almashinadi?
Lokal tarmoqlar nima sababdan shunday ataladi?
Lokal tarmoqlar qanday vazifalarni bajarishga xizmat qiladi?
Global tarmoqlar lokal tarmoqlardan nimasi bilan farq qiladi?
Modem nima va u nima uchun xizmat qiladi?
Tarmoqda server nima uchun kerak?
Server bilan ishchi stansiyaning farqini tushuntiring.
Mashqlar
1. Chap ustundagi so'zlarni o'ng ustundagi jumlalarga moslab
joylashtiring.
|
| |