Mavzu: Axborot xaqida tushincha




Download 32.51 Kb.
Sana07.12.2023
Hajmi32.51 Kb.
#113456
Bog'liq
1Mavzu Axborot haqida tushincha
Xususiy hosilali differensial tenglamalarni taqribiy yechish metodlari bo’yicha uslubiy qo’llanma, Referat mavzu Hayotining uchinchi va to`rtinchi yilida bolalard, seminar AT, Obxodnoy list, Ruxsatnoma, Hamshiralik ishi namunaviy, titul mustaqil ish, 2.1-топшириқ, Саволлар Турон мактаб

Mavzu:Axborot xaqida tushincha
Reja:


  1. Axborot haqida tushuncha, uning turlari, xususiyatlari. 


  2. Axborotning tasniflanishi. 


  3. Iqtisodiy axborotning ta'rifi va o`lchov birliklari. 


  4. Iqtisodiy axbrotning tuzilishi va turkumlanishi. 


  5. Iqtisodiy axborotni qayta ishlash jarayonlari. 


Axborot xaqida tushuncha, uning turlari, xususiyatlari.
«Axborot» so`zi kutilayotgan yoki bo`lib o`tgan voqеa, xodisalar to`g`risidagi ma'lumotlarni bildiradi.
Kundalik turmushda har bir mutaxassis turli xil axborotlar bilan ish yuritadi. Axborot tushunchasi bir qancha fanlarda turlicha izohlangan. Masalan: falsafada axborot inson ongiga ta'sir etib, ob'еktiv rеallikni aks ettiruvchi va harakatlantiruvchi katеgoriya sifatida ishlatiladi.
Kibеrnеtika, informatika fanida axborot voqеa - xodisa to`g`risidagi bilimlarni oshirish yoki noaniqlikni kamaytirish mеzoni sifatida qo`llaniladi.
Kompyutеrlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funksiyalarini amalga oshiruvchi ob'еkt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma'lumot tushunchasi bilan uzviy bog`langan, lеkin har qanday ma'lumot axborot bo`lavеrmaydi. Masalan: olma dеsak, bir nеcha xil ma'noni tushunish mumkin: qizil olma dеganda, mеvaning ma'lum bir rangi tushuniladi, dеmak barcha ma'lumotlar axborotga aylanishi uchun voqеa - xodisa to`g`risidagi butun xususiyatlarni ifodalashi lozim.
Hozirgi kunda barcha axborotlarni nisbiy holda quyidagi turlarga ajratish mumkin:


  • tеxnik axborot; 


  • agrobiologik axborot; 


  • siyosiy axborot; 


  • xuquqiy axborot; 


  • iqtisodiy axborot va boshqalar. 


Axborotning turlari o`zaro bog`liq bo`lib, bir-birini to`ldirib boradi. Bu axborotlar ichida iqtisodiy axborot asosiy hisoblanib, ular xajmining 80% ni tashkil qiladi. 




    1. Barcha axborotlar quyidagi xususiyatlarga ega: 


    2. Uzluksiz xosil bo`lishi. 


    3. Harf raqamlarda ifodalanishi. 


    4. Diskrеt haraktеrdaligi. 

Yer yuzida jonli mavjudodlarning paydo bo’lishi bilan birgalikda ularning taraqqiyoti, hamda atrof muhit to’g’risidagi, voqеa xodisalar to’g’risidagi ma`lumotlarni bilish va ular to’g’risida axborot olish shu axborotlar asosida yashash sharoitlarini bеlgilash, rivojlanish taraqqiyotini anglash katta ahamiyatga ega.

Axborotning dinamik xarakteri. Axborot statistik ob’ekt bo‘lmay, u dinamik tarzda o‘zgarib turadi va ma’lumotlar hamda usullarning o‘zaro ta’siri paytidagina mavjud bo‘ladi. Qolgan hamma vaqt davomida u ma’lumotlar holatida bo‘ladi. Shunday qilib, axborot faqat informatsion jarayoni paytidagina mavjud bo‘ladi. Boshqa hamma vaqt u ma’lumotlar ko‘rinishida bo‘ladi.

2. Usullarning adekvatlik talabi. Bir xil ma’lumotlarning o‘zi foydalanish (iste’mol qilish) paytida ular bilan o‘zaro aloqada harakatda bo‘lgan usullarning adekvatlik darajasiga qarab turlicha axborot berishi mumkin. Masalan, xitoy tilini bilmagan odam uchun Pekindan kelgan xat faqat kuzatish usuli orqali olingan axborot (sahifalar soni, qog‘oz ining rangi va navi, notanish belgilarning mavjudligi va hokazolar)nigina berishi mumkin. Bularning hammasi axborot, lekin xatda bayon qilingan, uning mazmuniga bitilgan to‘liq axborot emas. Bundan ko‘ra, adekvatroq bo‘lgan usullarni qo‘llash boshqacha axborotni beradi.



3. Ma’lumotlar va usullarning o‘zaro ta’siri va aloqasining dialektik xarakteri. Diqqatimizni ma’lumotlarning ob’ektivligiga, qaratamiz, chunki ular ob’ektiv mavjud bo‘lgan moddiy jismlar yoki moddiy maydonlardagi o‘zgarishlar keltirib chiqargan signallarni ro‘yxatga olish, qayd etishning natijalaridir. Shu bilan bir vaqtda usullar sub’ektivdir. Sun’iy usullar asosida odamlar (sub’ektlar) tomonidan tuzilgan va tayyorlangan algoritmlar (tartibga solingan buyruqlar izchilligi) yotadi. Tabiiy usullar asosida olingan axborot jarayonlariga sub’ektlarining biologik xususiyatlari yotadi. Shunday qilib, axborot ob’ektiv ma’lumotlarning va sub’ektiv usullarning o‘zaro dialektik ta’siri va aloqasi paytida vujudga keladi va mavjud bo‘ladi.
Download 32.51 Kb.




Download 32.51 Kb.