|
Mavzu: Axborotni uzatish muhiti
|
Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 38,1 Kb. | | #260003 |
Bog'liq Axborotni uzatish muhiti
Mavzu: Axborotni uzatish muhiti.
Reja:
1. Axborotni uzatish
2 Axborotlarni jo‘natish.
3. Axborotlarni saqlash.
Axborotni uzatish — bu jismoniy jarayon boʻlib, uning yordamida belgilar (axborot berishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar) makonda koʻchiriladi yoki sub’ektlarning belgilarga jismoniy kirishi amalga oshiriladi.
Axborotni uzatish — bu oldindan tashkil etilgan texnikhodisa boʻlib, uning natijasi bir joyda (axborot manbai deb ataladigan) yoki boshqa joyda (axborot qabul qiluvchi) mavjud boʻlgan axborotlarlarni takrorlashdir. Ushbu hodisa belgilangan natijani olish uchun taxmin qilinadigan vaqt oraligʻini nazarda tutadi; bu yerda axborot texnik jihatdan, mavhum yoki jismoniy ob’yektlarning simvollari, raqamlari, parametrlarining mazmunli toʻplami sifatida tushuniladi, ularning yetarli darajadagi „hajmisiz“ boshqarish, omon qolish, koʻngil ochish, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish, har qanday boshqa harakatlar, shu jumladan jinoiy va boshqa vazifalarni hal qilishi mumkin emas.
Axborot uzatishni amalga oshirish uchun, bir tomondan, „manba“ va „qabul qiluvchi“ oʻrtasida makon va vaqt ichida harakat qilish qobiliyatiga ega boʻlgan „xotira qurilmasi“ yoki „tashuvchi“ boʻlishi kerak. Boshqa tomondan, maʼlumotni „tashuvchi“ga koʻchirish va undan koʻchirib olish qoidalari va usullari „manba“ va „qabul qiluvchi“ ga oldindan maʼlum boʻlishi kerak. Uchinchi tomondan, „tashuvchi“ belgilangan manzilga yetib borgunga qadar („qabul qiluvchi“ undan maʼlumotni koʻchirib olishni tugatgunga qadar) mavjud boʻlib turishi kerak.
Texnologiya rivojlanishining hozirgi bosqichida „tashuvchilar“ sifatida jismoniy tabiatning ham moddiy-ob’ekti, ham toʻlqinli — maydonli ob’ektlari qoʻllaniladi. Muayyan sharoitlarda uzatiladigan „axborot ob’ektlari“ ning oʻzi (virtual tashuvchilar) ham tashuvchi boʻlishi mumkin.
Kundalik amaliyotda maʼlumotni uzatish tavsiflangan sxema boʻyicha ham, „qoʻlda“ ham, turli xil mashinalar yordamida, koʻplab texnik ilovalar bilan amalga oshiriladi.
Axborot uzatish tizimlarini qurishda nafaqat jismoniy ob’ektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, balki uzatish uchun tayyorlangan tashuvchilar haqidagi maʼlumotlar ham „oʻtkazilishi“ mumkin. Shunday qilib, ierarxik „uzatish muhiti“ har qanday chuqurlikda (toʻlqin tashuvchilarning tarqalish muhiti bilan adashtirmaslik kerak) tashkil etiladi.
Turlari:
feldyeger — pochta ;
akustik (akustika, karnay);
elektr aloqa: optik, simli, radio, radiorele, optik tolali, sunʼiy yoʻldosh;
va boshqa turlari.
Axborotlarni jo‘natish Axborotlarni jonatish amalini bajarishning asosiy fizik usuli lokal va global uzatish tarmoqlaridan foydalanish hisoblanadi. O’zaro moslikni ta’minlash uchun tarmoqlarni ishlab chiqish va qo’llashda ochiq tizimlar yetti darajali modeliga birlashtirilgan bir qator standartlar qo’llaniladi. Tarmoqlar aro axborot almashinuvi sohasida OSI (Open System Intreconnection) modeli xalqaro standart sifatida qabul qilingan. Bu model Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (International Standards Organization – ISO) tomonidan ishlab chiqilgan. Ko’pgina tarmoq dasturiy-apparat vositalarini ishlab chiqaruvchilar bu modeldan foydalanishga harakat qilmoqdalar. Bu modelning darajalari haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz. Fizik daraja fizik boshqaruvni amalga oshiradi. Fizik zanjirga, masalan, axborot uzatiladigan telefon kiradi. Bu darajada OSI modeli aloqa zanjirining fizik, elektrik, funksional tavsiflarini, hamda tarmoq adapterlari va modemlariga bo’lgan talablarni ifodalaydi. Kanalli daraja. Bu darajada tarmoq kanalini boshqaruv va fizik kanallar orqali axborotlar blokini uzatish (bitlar mosligi) amalga oshiriladi. Masalan, blokning boshi va oxirini aniqlash, uzatishdagi xatolarni topish, jo’natmalarni manzillash va hokazo. Kanalli daraja tarmoq kompyuterlari o’rtasida tarmoq apparat vositalaridan birgalikda foydalanish qoidalarini ifodalaydi. Tarmoq darajasi virtual zanjirga tegishli bo’lib, fizik jihatdan mavjud bo’lishi shart emas. Bu daraja orqali ta’minlanuvchi interfeys orqali fizik darajadagi uzatishni boshqaruvning murakkabligi «yashiriladi». Darajaning dasturiy vositalari paketlarni tarmoqda uzatish yo’nalishlarini aniqlashni ta’minlaydi. Yo’naltirgichlar OSI modeli tarmoq darajasida manzilli axborotlarni tahlil qilish asosida optimal yo’nalishni qidirishni ta’minlaydi. Transport (jo‘natish) darajasi. Birinchi uch daraja ko’plab foydalanuvchilar jamoa bo’lib ishlashi mumkin bo’lgan umumiy tarmoqni tashkil etadi. Transport darajasida ma’lumotlar paketlari tartibi va ularning aloqadorligi nazorat qilinadi. Kompyuterlar o’rtasida almashinuv jarayonida telefon kommutatsiyasiga o’xshash virtual aloqa ta’minlanadi. Seans darajasi. Ayrim hollarda foydalanuvchilar o’rtasida aloqalarning ko’pligi sababli, bunday jarayonni tashkillashtirish murakkab bo’ladi. Bunday murakkabliklarni bartaraf etish uchun bu darajada ma’lumotlar paketlarini uzatish va qabul qilish, seansni 17 o’rnatish va tugatish jarayonlari standartlashtiriladi. Seans darajasida kompyuterlar o’rtasida virtual aloqa telefon aloqasi kabi o’rnatiladi va tugallanadi. Ifodalashni boshqarish. Bu daraja dasturiy vositalari, agar formatlar bir biridan farq qilsa, ma’lumotlarni uzatayotgan kompyuter ichki formatidan qabul qiluvchi kompyuter ichki formatiga almashtirish amalini bajaradi (masalan, IBM va DEC). Bu daraja oz ichiga ma’lumotlarni kodlash, foydalanilayotgan belgilar to’plami funksiyalari va displey ekranida yoki chop qilishda ma’lumotlarni ifodalash usullarini oladi. Bulardan tashqari, uzatilayotgan ma’lumotlarni siqish va ochish ham amalga oshiriladi. Amaliy daraja yuqori amaliy va tizim darajalarida foydalanuvchilarni qo’llashni ta’minlovchi funksiyalarga kiradi. Masalan: umumiy tarmoq manbalariga kirishni tashkillashtirish: axborotlarga, diskli xotiraga, tashqi qurilmalarga (printer, skaner va h.k.); tarmoqni umumiy boshqarish (tarmoq umumiy manbalariga kirishni chegaralash, konfiguratsiya, nosozliklardan so’ng ish qobiliyatini tiklash, samaradorlikni boshqarish); elektron xabarlarni uzatish (elektron pochtani ham o’z ichiga oladi); elektron konferensiyalarni tashkillashtirsh; yuqori daraja muloqot funksiyalari. Elektrotexnika va radioelektronika Xalqaro muxandislik instituti (IEEE)da lokal tarmoqlarda ma’lumotlarni uzatish protokollari uchun standartlar ishlab chiqilgan. Tarmoq kanallari ma’lumotlariga kirish 18 usullarini ifodalovchi bu standartlar IEEE 802 nomini olgan. Fizik sohaga ma’lumotlarni uzatish yaqinligiga qarab, tarmoqlararo bog„lanuvchi protokollarni quyidagicha ajratish mumkin: quyi, o’rta va yuqori daraja protokollari. OSI quyi daraja protokollari tarmoq apparat vositalari va tarmoq dasturiy ta’minoti quyi darajasiga mos keladi. Darajaning keng tarqalgan standartlariga quyidagilar kiradi: NDIS (Network Driver Interface Specificatoin – tarmoq drayverlari interfeysi spesifikatsiyasi), Microsoft va 3 Com firmalari hamkorligida ishlab chiqilgan. ODI (Open Datalink Interface – aloqaning ochiq interfeysi) Novell va Apple Computer firmalari hamkorligida ishlab chiqilgan. Bu standartlar, tarmoq apparat vositalaridan qat’iy nazar, o’rta daraja protokollarini bajarish imkonini beradi va daraja turli tip protokollarining hamkorlikda bajarilishini ta’minlaydi. Odatda tarmoq apparat vositalarini ishlab chiqaruvchilar ikkala standartni qanoatlantiruvchi drayverlarni ishlab chiqaradilar. OSI o‘rta daraja protokollari etalon modelning tarmoq, transport va seansli darajalariga ajratiladi. Kompyuterlar o’rtasidagi almashinuv turiga qarab, bu protokollarni quyidagicha tasniflash mumkin: seans protokollari (virtual bog„lanish protokollari); deytagram protokollar. Seans protokollarda uzatishda paketlar tartibi xabarnomaning boshlang„ich tartibiga mos keladi. Uzatish yetkazilganlik haqida xabarni tasdiqlash bilan amalga oshiriladi. Agar jo’natilgan paketlar yo’qolsa, ular takroriy uzatiladi. Deytagram protokollardan foydalanilganda xabarnomalar paketlari bir biriga bog„liq bo’lmagan holda, ya’ni deytagram ko’rinishda uzatiladi. Shu sababli, har bir xabarnomalar paketini yetkazish tartibi xabarnomaning boshlang„ich tartibiga mos kelmasligi mumkin. Bundan tashqari, xabarnomalar paketlari tasdiqsiz jo’natiladi. Ishonchlilik nuqtai nazaridan, seans protokollari qulay, ammo deytagram protokollardan foydalanilganda uzatish tezligi ancha yuqori. O’rta darajada asosan quyidagi protokollardan foydalaniladi: SPX/IPX protokollar to’plami – Net Ware tarmoq operatsion tizimi boshqaruvida ishlovchi lokal tarmoqlarda qo’llaniladi; Net BIOS va Net BEUI protokollari –IBM firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va faqat lokal kompyuter tarmoqlari uchun mo’ljallangan; 19 TCP/IP – Internet tarmog„i uchun standart bo’lib, lokal tarmoqlarda foydalaniladi va ko’pgina tarmoq operatsion tizimlarida qo’llash mumkin. OSI modeli o’rta va boshqa darajalariga tegishli bo’lgan protokollarni o’z ichiga oladi. Protokollarning qulayliklari: manzillashning qulayligi, yuqori darajada samaradorligi, o’zi sozlanuvchanligi va hatoliklardan himoyalanganligi, tezkor xotiradan tejamli foydalanish imkoniyatining mavjudligi. Global tarmoqqa nisbatan kamchiliklari: manzillashtirish funksiyalarini qo’llashning mavjud emasligi, samaradorlikning pastligi. TCP (Transmission Control Protocol) protokoli tarmoq darajasi protokoli hisoblanadi va almashinuv virtual kanalini tashkillashtirgan holda ikki kompyuter o’rtasida ma’lumotlar uzatishning ishonchliligini ta’minlaydi. Katta hajmli ma’lumotlarni uzatish uchun bu kanaldan foydalaniladi. IP (Internet Protocol) deytagram protokoli tarmoq darajasi uchun asosiy protokol hisoblanadi va uzatilayotgan xabarnomalar paketini manzillashtirishni ta’minlaydi. OSI yuqori daraja protokollari foydalanuvchi va amaliy dasturlar darajasiga mos keladi. Tarmoq aloqasi etalon modelining ifodalanish va amaliy darajasida qo’llaniladi. Quyidagi yuqori darajali protokollar keng tarqalgan: xabarnomalarni almashish va so’rovlarni qayta yo’naltirish (SMB, NCP); tarmoqlarni boshqarish (SNMP); tarmoq fayllar tizimlari (NFS); masofaviy jarayonlarni chaqirish (RPC); samaradorlikni oshiruvchi o’rta daraja TCP/IP (DNS, DNSP) protokollaridan foydalanish; kompyuter manbalariga masofaviy kirish (SLIP, PPP, Telnet); fayllarni uzatish (FTP); gipermatnlarni uzatish (HTTP); elektron pochta (SMTP, POP3, IMAP4); elektron konferensiyalarni tashkil etish va yangiliklar tizimi (NNTP). NFS (NetWork File System – tarmoq fayl tizimi) protokoli turli operatsion tizimlar, o’rta daraja protokollari va tarmoq arxitekturasi uchun fayllar bilan ishlashning universal interfeysini taqdim etish uchun mo’ljallangan. RPC (Remote Procedure Call – masofaviy jarayonlarni chaqirish xizmati) protokoli «mijoz-server» tarmoq uchun dasturlararo aloqani 20 tashkillashtirish uchun mo’ljallangan va turli kompyuter tarmoqlarida amalga oshirilgan mijoz-jarayonlar va server-jarayonlar o’rtasida aloqani ta’minlaydi. DNS (Domain Name System – domen nomlar tizimi) protokoli belgili ma’noviy nom va kompyuter IP-manzili o’rtasidagi moslikni aniqlash uchun mo’ljallangan. DHCP (Dynamic Host Configuration Protocol – kompyuterlar dinamik konfiguratsiyasi protokoli) protokoli tarmoqqa ulangan kompyuterlarga avtomatik IP-manzillashni va bir tizimostidan boshqa tizimostiga o’tilganda ularni almashtirishni ta’minlaydi. SLIP (Serial Line Internet Protocol – Internetning ketma-ket ulanish protokoli) protokoli kommutatorli telefon bog„lanishida TCP/IP protokollari ishini ta’minlaydi. PPP (Point-to-Point Protocol – «nuqta-nuqta» protokoli) protokoli bog„lanish o’rnatish va to’g„ridan-to’g„ri axborot almashishni ta’minlaydi. PPTP (Point-to-Point Tunneling Protocol – tunnelli «nuqta-nuqta» protokoli) protokoli multiprotokolli shaxsiy virtual tarmoqlar (VPNVirtual Private Networks)ni qo’llashga yo’naltirilgan va Internetda masofaviy foydalanuvchiga korporativ tarmoqlarga xavfsiz kirish imkoniyatini beradi. Telnet protokoli Internetda, masofaviy aloqa o’rnatilgan kompyuterda buyruq satri rejimida dasturlarni bajarish va ishga tushurish imkonini beruvchi masofaviy boshqaruvning umumiy standarti hisoblanadi. Axborotlarni saqlash Axborotlar ustida amalga oshiriladigan asosiy amallardan biri saqlash va jamlash bo’lib, ma’lum bir vaqt oralig„ida unga kirish mumkinligini ta’minlashning bosh vositasi hisoblanadi. Hozirgi kunda berilganlar bazalari, berilganlar omborlari (saqlagichlar) bu amalni tadbiq qilish yo’nalishini aniqlovchilar hisoblanadi. Berilganlar ombori bir necha foydalanuvchilar tomonidan ishlatilishi va saqlanishi mumkin bo’lgan o’zaro bog„langan ma’lumotlar to’plami sifatida qaralishi mumkin. Saqlanayotgan ma’lumotlar foydalanuvchilar dasturlariga bog„liq emas va o’zgartirishlar uchun umumiy boshqaruv usuli qo’llaniladi. Berilganlar banki – ma’lum bir mavzu bo’yicha foydalanuvchilar guruhiga ma’lumotlarni qidirish va saqlash xizmatlarini ko’rsatuvchi tizim. 21 Berilganlar bazasi tizimi – foydalanuvchilarga axborot xizmati ko’rsatishni ta’minlovchi boshqaruv tizimlari, amaliy dasturiy ta’minot, berilganlar bazalari, operatsion tizim va texnik vositalarning o’zaro mosligidir. Berilganlar ombori – ko’plab o’lchamlari bo’yicha agregirlangan ma’lumotlarni saqlovchi ombordir. Berilganlar omborining berilganlar bazasidan farqi: ma’lumotlarni agregirlash; berilganlar omboridan ma’lumotlar hech qachon o’chirilmaydi; berilganlar omborini to’ldirish davriy asosda amalga oshiriladi; eskilariga bog„liq yangi axborot agregatlarini shakllantirish avtomatik ravishda amalga oshiriladi; berilganlar omobriga kirish ko’p o’lchamli kub yoki giperkub asosida amalga oshiriladi. Har bir ishtirokchi (foydalanuvchi, foydalanuvchilar guruhi, «fizik xotira») axborot haqida o’z tasavvurlariga ega. Foydalanuvchilarga nisbatan predmet sohasini ifodalash uchun uch darajali taqdim qilish usuli qo’llaniladi: konseptual, mantiqiy va ichki (fizik). Konseptual daraja foydalanuvchilar guruhlari uchun ma’lumotlarni foydalanilayotgan axborotning umumiyligini birlashtiruvchi tashqi sxema ko’rinishida qisman taqdim etish bilan bog„langan. Har bir alohida foydalanuvchi berilganlar bazasining ma’lum bir qismi bilan ishlaydi va uni tashqi model ko’rinishida taqdim etadi. Bu daraja foydalaniladigan modellarning turli-tumanliligi bilan tavsiflanadi (Chena modeli, ER-model, «mohiyat-aloqa» modeli). Tarmoq modeli «ko’pchilik birga» aloqasi imkonini beruvchi obyektli-bog„langan model hisoblanadi va modellarni tavsiflash uchun qo’llaniladi. Iyerarxik model tarmoq modelining turi hisoblanib, daraxt ko’rinishiga mos keladi. Relyatsion model berilganlarni jadvallar (relyatsiya) ko’rinishida ifodalash uchun qo’llaniladi. Fizik (ichki) daraja ma’lumotlarni EHM fizik xotirasida saqlash usuli bilan bog„lq. Fizik darajaning asosiy tashkil etuvchilari quyidagilar hisoblanadi: bloklarga birlashtirilib saqlanilayotgan ma’lumotlar, ma’lumotlarni qidirish uchun zarur bo’lgan ko’rsatkichlar, bloklar orasidagi masofa, to’ldirish ma’lumotlari, xizmatchi axborot. Berilganlar bazasini loyihalashtirishda ikki xil yondashuv qo’llaniladi. Birinchisi, berilganlarning barqarorligiga asoslangan bo’lib, qo’llanilayotgan lovalarda moslanish va barqarorlikni ta’minlaydi. Bunday yondoshuvni qo’llash samaradorlikka qat’iy talablar qo’yilmagan (xotiraning hajmi, qidirish davomiyligi) hollarda maqsadga muvofiqdir. 22 Ikkinchi yondashuv berilganlar bazasiga so’rovlar jarayonining barqarorligiga asoslangan va bajarilishning samaradorligiga qat’iy talablar qo’yilgan hollarda samarali hisoblanadi (asosan tezkorlikka taalluqlidir). Berilganlar bazasini loyihalashtirishda muhim masala ma’lumotlarni jamlash va taqsimlash hisoblanadi. Ishlatilish joyi bo’yicha ma’lumotlarni taqsimlash turli usullarda amalga oshiriladi: Nusxalanuvchi ma’lumotlar. Ma’lumotlarning bir xil nusxalari turli foydalanish joylarida saqlanadi, bu ma’lumotlar uzatishni arzonlashtiradi. Ma’lumotlarni modifikatsiyalash markazlashtirilgan holda nazorat qilinadi. Ma’lumotlar to‘plamostilari. Boshlang„ich berilganlar bazasi bilan mos keluvchi berilganlar guruhi bo’lib, mahalliy ishlov berish uchun alohida saqlanadi. Qayta tashkillashtirilgan ma’lumotlar. Tizimda ma’lumotlarni yuqori darajaga uzatish jarayonida shakllanadi. Seksiyalashtirilgan ma’lumotlar. Turli obyektlarda bir xil tarkib ishlatiladi, ammo turli ma’lumotlar saqlanadi. Alohida sxemaostili ma’lumotlar. Turli obyektlarda integrallashtirilgan tizimga birlashtirilgan turli ma’lumotlar tarkibi qo’llaniladi. Mos kelmaydigan ma’lumotlar. Birlashtirishni talab qiluvchi, koordinatsiyasiz loyihalashtirilgan, mos kelmaydigan berilganlar bazari. Berilganlar bazasi bilan ishlash uchun BBBT (berilganlar bazasini boshqarish tizimi), BBM (bedrilganlar bazasi modeli) ko’rinishidagi, berilganlar bazasini boshqarish va foydalanuvchi interfeysini ta’minlashga mo’ljallangan, maxsus anjom qo’llaniladi. Hozirgi kunda berilganlar bazasini loyihalashtirishda chegaralarni tanlash noaniq bo’lib qolmoqda. Bu ko’p sonli qarorlarni aniqlash va tavsiflashning murakkabligi bilan bog„liq. Bunda optimallikning o’lchab bo’lmaydigan ko’p belgilari ma’lum bo’lib, ularga son bahosini berish yoki maqsad funksiya sifatida ifodalashning murakkabligini nazarda tutish zarur. Shu sababli, baholash chegaralarini son va sifat bo’yicha ajratish qabul qilingan. Son chegaralari: so’rovga javob uchun zarur bo’lgan vaqt; xotiraning qiymati; yaratishga sarflanadigan vaqt; qayta tashkillashtirish narxi. Sifat chegaralari: yangi foydalanuvchilar uchun tushunish osonligi; 23 boshqa tizimlar bilan mosligi; boshqa hisoblash sohasiga jo’natish imkoniyati; tiklash imkoniyati; taqsimlash va kengaytirish imkoniyati. Berilganlar omborining vazifasi ma’lumotlarga tezkor ishlov berish emas, balki, qaror qabul qilishni axborot manbalari bilan qo’llabquvvatlashdir. Shu sababli, berilganlar bazasi (BB) va berilganlar ombori (BO) bir xil tushuncha emas. Ma’lumotlarni saqlashni tashkillashtirishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: predmet oriyentatsiyasi, integratsiya vositalari, ma’lumotlarning doimiyligi va ma’lumotlar xronologiyasi. Predmet oriyentatsiyasi. Tezkor berilganlar bazasida odatda bir necha predmet muhitlari qo’llanadi va ularning har biri berilganlarni saqlash uchun manba bo’lishi mumkin. Masalan, video va musiqa vositalari bilan shug„ullanuvchi magazinni quyidagilar qiziqtiradi: mijozlar, videokassetalar, CD-disklar va audiokassetalar, xizmatchilar, tovar yetkazib beruvchilar. Integratsiya vositalari. Bir mohiyatli biror bir umumiy turi bo’yicha turli tasvirlanishlarni keltirish. Ma’lumotlarning doimiyligi. Berilganlar bazasi nuqtai nazaridan ma’lumotlarni saqlagichda modifikatsiyalash amali bajarilmaydi. Ma’lumotlarni saqlagichda o’rnatilgan qoidalar bo’yicha belgilangan vaqtda ma’lumotlarni «ommaviy yuklash» qo’llaniladi. Ma’lumotlar xronologiyasi. Ma’lumotlar saqlagich mazmuniga taalluqli bo’lgan, integratsiya vositalari yordamida xronoligik vaqtli aspekt amalga oshiriladi.
|
| |