|
-Mavzu: Axborot xavfsizligining zamonaviy tushunchasi
|
bet | 2/4 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 175,46 Kb. | | #250048 |
Bog'liq axborot xavfsizligi daftarga4-Mavzu: Axborot xavfsizligining zamonaviy tushunchasi
Axborotni himoyalashning maqsadlari quyidagilardan iborat:
- axborotning kelishuvsiz chikib ketishi, ugirlanishi, yo‘qotilishi, o‘zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish;
- shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bulgan xavf – xatarning oldini olish;
- axborotni yo‘q qilish, o‘zgartirish, soxtalashtirish, nusxa kuchirish, to`siqlash buyicha ruxsat etilmagan xarakatlarning oldini olish;
- xujjatlashtirilgan axborotning mikdori sifatida xukukiy tartibini ta’minlovchi, axborot zaxirasi va axborot tizimiga xar kanday nokonuniy aralashuvlarning kurinishlarining oldini olish;
- axborot tizimida mavjud bulgan shaxsiy ma’lumotlarning shaxsiy maxfiyligini va konfidentsialligini saklovchi fukarolarning konstitutsion
xukuklarini himoyalash;
- davlat sirini, konunchilikka mos xujjatlashtirilgan axborotning konfidentsialligini saklash;
- axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlovchi vositalarni
yaratish, ishlab chiqish va qO‘llashda sub’ektlarning xuquqlarini ta’minlash.
5-mavzu: Qasddan xavfsizlikka tahdid turlari.
Axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan axborotni quyidagicha turkumlash mumkin:
• maxfiylik — aniq bir axborotga fakat tegishli shaxslar doirasigina kirishi mumkinligi, ya’ni foydalanilishi qonuniy xujjatlarga muvofik cheklab qo‘yilib,
xujjatlashtirilganligi kafolati. Bu bandning buzilishi o‘g‘irlik yoki axborotni
oshkor qilish, deyiladi;
• konfidentsiallik — inshonchliligi, tarqatilishi mumkin emasligi, maxfiyligi kafolati;
• yaxlitlik — axborot boshlang‘ich ko‘rinishda ekanligi, ya’ni uni saqlash va uzatishda ruxsat etilmagan o‘zgarishlar qilinmaganligi kafolati; bu bandning buzilishi axborotni soxtalashtirish deyiladi;
• autentifikatsiya — axborot zaxirasi egasi deb e’lon qilingan shaxs xaqiqatan xam axborotning egasi ekanligiga beriladigan kafolat; bu bandning buzilishi xabar muallifini soxtalashtirish deyiladi;
• apellyatsiya qilishlik — yetarlicha murakkab kategoriya, lekin elektron biznesda keng qo‘llaniladi. Kerak bo‘lganda xabarning muallifi kimligini isbotlash mumkinligi kafolati. Yukoridagidek, axborot tizimiga nisbatan quyidagicha tasnifni keltirish mumkin:
• ishonchlilik — tizim meyoriy va g‘ayri tabiiy hollarda rejalashtirilganidek o‘zini tutishlik kafolati;
• aniqlilik — xamma buyruqlarni aniq va to‘liq bajarish kafolati;
• tizimga kirishni nazorat qilish — turli shaxs guruxlari axborot manbalariga xar xil kirishga egaligi va bunday kirishga cheklashlar doim bajarilishlik kafolati;
• nazorat qilinishi — istalgan paytda dastur majmuasining xoxlagan kismini tulik tekshirish mumkinligi kafolati;
• identifikatsiyalashni nazorat qilish — Hozir tizimga ulangan mijoz aniq
O‘zini kim deb atagan bulsa, aniq o‘sha ekanligining kafolati;
• qasddan buzilishlarga to‘sqinlik — oldindan kelishilgan me’yorlar chegarasida qasddan xato kiritilgan ma’lumotlarga nisbatan tizimning oldindan kelishilgan xolda o‘zini tutishi.
|
| |