|
Temir-betonning afzalliklari va kamchiliklari
|
bet | 3/6 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 31,25 Kb. | | #125132 |
Bog'liq Mavzu Beton va temir beton, temir konstruksiyalar tarixi. RejaTemir-betonning afzalliklari va kamchiliklari.
Temir-beton hozirgi qurilishda keng tarqalishiga awalambor uning boshqa qurilish materiallariga qaraganda texnikaviy va iqtisodiy afzalliklarining ancha ko'pligi sabab bo'ldi. Temir-beton massasining 70—80% gacha qismini mahalliy tosh materiallar (qum, chaqiq tosh yoki shag'al) tashkil qiladi. Po'lat va yog'och konstaiksiyalarini temir-beton konstruksiyalar bilan almashtirish xalq xo'jaligining boshqa sohalari uchun po'lat va yog'och sarfini tejashga imkon beradi. Ayniqsa, tayyor usullar bilan korxonalarda va poligonlarda tayyorlanadigan yig‘ma hamda oldindan zo'riqtirilgan temir-betondan foydalanishda texnikaviy-iqtisodiy samaradorlik ancha yuqori boiadi. Temir-beton yana bir qancha texnikaviy afzalliklarga ega. Awalambor u beton ichiga joylashtiiilgan armatura ishonchli saqlanganhgi tufayli juda uzoqqa chidaydi. Betonning mustahkamligi esa vaqt o'tishi bilan kamaymaydi, balki ortadi. Bu xil konstruksiyalarning o‘tga chidamliligi yuqori. Amalda shu narsa ma’lum boidiki, betonning 1,5—2 sm qalinlikdagi himoya qatlami temirbetonning yongin chiqqandagi o‘tga chidamliligini ta’minlash uchun etarli ekan. Ularning o ‘tga chidamliligini yanada oshirish, shuningdek, issiqqa chidamliligini oshirish maqsadlarida maxsus toidirgichlar (bazalt, diabaz, shamot, domna shlagi va boshqalar)dan foydalaniladi, shuningdek, himoya qatlamini 3—4 sm gacha oshiriladi. Temir-beton konstruksiyalarning boshqa materiallardan tayyorlangan konstruksiyalarga qaraganda bir butunligi va bikrligi katta boiganligi uchun zilzilabardoshligi juda yuqoridir. Unga istalgan konstruktiv va me’moriy shakllarni berish mumkin. Inshootlami saqlash va konstruksiyalarga qarab turish bo'yicha qilinadigan sarflar juda kam. Temir-beton konstruksiyalaming kamchiliklariga quyidagilar kiradi: 1) boshqa konstruksiyalarga nisbatan og'irligi katta; 2) issiqlik va ovoz o'tkazuvchanligi nisbatan yuqori, bu esa ba’zi hollarda maxsus izolatsiyalar qilishni talab qiladi; 3) ishlami bajarish, ayniqsa, qish faslida ish bajarish murakkab, oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalar tayyorlashda malakali kadrlar, maxsus jihozlar, bug*lash anjomlari talab etiladi; armaturaning to'g'ri joylashuvini muntazam ravishda nazorat qilib turish, beton qorishmasining tashkil etuvchilarini tozalashni va boshqa ishlami muntazam ravishda nazorat qilib turish talab etiladi; 4) favqulodda cho'kishdan, texnologik sabablarga ko'ra temir-beton o'z kuchlanishlaridan, shuningdek, betonning cho'zilishga qarshiligi juda kamligidan tashqi yuklar ta’siridan darzlar hosil bo'lish ehtimoli bor.
|
| |