• Gaz orqali elektr toki otishi jarayoni gaz razryadi deb ataladi.
  • Plazmada elektr o’tkazuvchanlik
  • Gazlarda elektr toki. Plazmaning elektr o'tkazuvchanligi gazda elektr razryad




    Download 0,79 Mb.
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,79 Mb.
    #242297
    Bog'liq
    GAZLARDA ELEKTR TOKI.PLAZMANING ELEKTR O\'TKAZUVCHANLIGI

    • GAZLARDA ELEKTR TOKI.PLAZMANING ELEKTR O'TKAZUVCHANLIGI
    • Yassi kondensatorni elektrometrga ulab, elekrometrni zaryadlaylik. Bunda ma'lum bir qiymatni ko'rsatib turgan elektrometr ko'rsatkichi deyarli qo'z-g'almaydi, nndagi zaryad kamaymaydi (120-a rasm).
    • Bu esa kondensator qoplamalari orasidagi havo orqali zaryad o'tmayotganligini ko'rsatadi.
    • Demak, quruq havoni xona temperaturasida dielektrik deb hisoblash mumkin.
    • Sham yoqib, kondensator qoplamalari orasidagi havoni isitaylik. Shu zahoti elektrometr ko'rsatkichi kamaya boshlaydi, ya'ni kondensator zaryadsizlanadi (120-b rasm).
    • Demak, isitilgan havodan tok o'tadi.
    • Gaz orqali elektr toki o'tishi jarayoni gaz razryadi deb ataladi.
    • Gazlarning ionlashishi
    • Havo isitilganda neytral atomlar ionlarga aylana boshlaydi, ya'ni ionlashadi. Bu jarayon qanday kechishini neon va argon inert gazlari misolida ko'rib chiqaylik.
    • Neon (Ne) yadrosi atrofida orbita bo'ylab 10 ta, argon (Ar) yadrosi atrofida esa 18 ta elektron aylanib yuradi.
    • Ularda tashqi elektron qobig'ida 8 tadan elektron bo'lib, tugallangan hisoblanadi.
    • Neon yadrosining zaryadi +10 e ga, elektronla-rining jami zaryadi 10 e ga teng. Argonniki esa mos ravishda +18 e va —18 e ga teng (121-a rasm). Alohida olingan Ne va Ar atomlari elektr jihatidan neytraldir.

    Plazmada elektr o’tkazuvchanlik

    • Modda qizdirilganda uning ayrim zarralari harakati kinetik energiyasining ortishi bilan uning tuzilishi buzaladi qattiq jism suyuqlikka, suyuqlik gazga aylanadi. Yana ham ko’proq qizdirilganda eng tez molekulalrning kinetik energiyasi atomlardagi bog’lanish energiyasi bilan taqqoslanadigan darajada bo’lib qoladi va gazning ionlanishi boshlanadi . Modda plazma holatiga o’tadi . Lekin ionlar va elektronlarning har qanday to’plami plazma deb atalavermaydi.Agar ionlashgan gaz buluti olinsa va undan bitta elektron chiqarilsa u holda bulut musbat zaryadlanib qoladi. Undan yana bir elektronni chiqarib olish qiyinroq bo’ladi. Ammo agar bu holda elektr maydoniga qarshi bajariladigan ish zarraning issiqlik energiyasidan kichik bo’lsa, shu zaryadli zarralar bulutdan ixtiyoriy chiqib ketishi demak ionlashgan gazda zaryadlar ixtiyoriy ajralishi mumkin.Plazma deb shunday ionlashgan gazni atash qabul qilinganki undagi zarralar orasidagi o’zaro elektrostatik o’zaro tasirning kattaligidan zaryadlarning ixtiyoriy ajralishi bulutning o’z o’lchamlariga nisbatan kichik sohalardagina yuz berishi mumkin.

    Demak plazma qisman yoki to’liq ionlashgan gaz bo’lib, unda musbat va manfiy zaryadlar zichligi amalda bir xil bo’ladi.Shunday qilib butunicha olib qaralganda plazma elektr jihatdan neytral sistemadir. Sharoitga qarab plazmaning ionlanish darajasi yani ionlangan atomlar sonining hamma atomlar soniga nisbati har xil bo’lishi mumkin. To’liq ionlangan plazmada neytral atomlar yo’q. Gaz ionlashib plazma hosil bo’lishiga gazni qizdirilganda emas balki gazga turli xil nurlar yog’dirish yoki gaz atomlarini tez harakatlanuvchi zaryadli zarralar bilan bombardimon qilish ham sabab bo’ladi. Bu holda past haroratli plazma deb ataladigan plazma deb ataladigan plazma hosil bo’ladi. Maning o’ziga xos qator xossalari borki bular moddaning maxsus to’rtinchi holati deb hisoblashga imkon beraddi. Harakatchanligi yuqori bo’lgani sababli plazmaning zaryadli zarralari elektr va magnit maydonlar tasirida ko’chadi.

    • Demak plazma qisman yoki to’liq ionlashgan gaz bo’lib, unda musbat va manfiy zaryadlar zichligi amalda bir xil bo’ladi.Shunday qilib butunicha olib qaralganda plazma elektr jihatdan neytral sistemadir. Sharoitga qarab plazmaning ionlanish darajasi yani ionlangan atomlar sonining hamma atomlar soniga nisbati har xil bo’lishi mumkin. To’liq ionlangan plazmada neytral atomlar yo’q. Gaz ionlashib plazma hosil bo’lishiga gazni qizdirilganda emas balki gazga turli xil nurlar yog’dirish yoki gaz atomlarini tez harakatlanuvchi zaryadli zarralar bilan bombardimon qilish ham sabab bo’ladi. Bu holda past haroratli plazma deb ataladigan plazma deb ataladigan plazma hosil bo’ladi. Maning o’ziga xos qator xossalari borki bular moddaning maxsus to’rtinchi holati deb hisoblashga imkon beraddi. Harakatchanligi yuqori bo’lgani sababli plazmaning zaryadli zarralari elektr va magnit maydonlar tasirida ko’chadi.

    Download 0,79 Mb.




    Download 0,79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gazlarda elektr toki. Plazmaning elektr o'tkazuvchanligi gazda elektr razryad

    Download 0,79 Mb.