|
Mavzu: bevosita amalga oshiriladigan import operatsiyalari hisobi
|
bet | 1/3 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 2,51 Mb. | | #147047 |
Bog'liq Asadbek bugalteriya Bajardi: Xudoynazarov A Tekshirdi:____________ REJA: - Eksport-import operatsiyalarini monitoring qilish
- O’zbekistonda eksport va import operatsiyalar
- Tashqi savdo operatsiyalarini sodir etish tartibi ustidan nazorat qilish
- Foydalanilgan adabiyotlar
TOSHKENT 2023
- Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tizimi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladigan tashqi savdo kontraktlari bajarilishi ustidan zarur nazoratni ta’minlash hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar, bojxona va soliq organlari, Markaziy bank va tijorat banklari o‘rtasida ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda TSOYEAT deb ataladi) orqali axborot ayirboshlash maqsadida joriy etiladi.
TOSHKENT 2023
Import qiluvchilar — yuridik shaxslar — tovarlar, ishlar va xizmatlarni import qilishga O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bilan import kontraktlari tuzgan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari;
TOSHKENT 2023
- Import kontrakti — tovarlar, ishlar va xizmatlar importiga import qiluvchi bilan O‘zbekiston Respublikasining prezidenti o‘rtasida tuzilgan kontrakt;
- Eksport qiluvchilar — yuridik shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar, — tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportiga O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bilan eksport va barter kontraktlarini tuzgan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari;
- Eksport kontrakti — tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportiga O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bilan norezidenti o‘rtasida tuzilgan xo‘jalik shartnomasi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq eksport kontraktlariga tenglashtirilgan kontraktlar (barter kontraktlaridan tashqari);
- Ishlar (xizmatlar) eksporti — O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxsi tomonidan xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsiga ishlar bajarilishi (xizmatlar ko‘rsatilishi), ular bajarilishi (ko‘rsatilishi) joyidan qat’i nazar;
- Tovarlar eksporti — agar qonunchilikda o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, tovarlarni ularni qaytarib olib kirish majburiyatisiz O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqish.
|
| |