|
Exadot biznes rivoji uchun mobil ilovalar yaratadi
|
bet | 3/5 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 0,84 Mb. | | #121505 |
Bog'liq Biznes mobil ilovalarExadot biznes rivoji uchun mobil ilovalar yaratadi
Exadot kompaniyasi biznes turidan qat’iy nazar qamrov ko‘lamini kengaytirish uchun mobil ilovalar yaratadi. Hozirgacha kompaniya InMovie, Finance App, Benny Rideshare va boshqa ilovalarni ommaga taqdim etgan
Mobil ilova — mobil aloqaga ommaviy o‘tish munosabati bilan har yili talab ortib borayotgan veb-mahsulot. Mobil ilova mijozga imkon qadar yaqin bo‘lish usulidir. Ya’ni, biznes, turidan qat’iy nazar, doimo mijoz bilan birga, uning telefon ekranida bo‘lish va bu mijoz bilan muloqot qilish uchun ajoyib imkoniyatdir. Odamlar telefondan ayro yasholmagani bois, biznes qanchalik oson va qulayligini tushuntirish uchun ortiqcha resursga hojat qolmaydi. Exadot kompaniyasi ilovaga qanday xususiyatlarni qo‘shish, biznesga ilova kerakmi yoki yo‘qligini tushuntirishadi.
Mijoz uchun imtiyozlar:
Mahsulot olishning qulay usuli. Yaqinda o‘tkazilgan RBS (Rossiyadagi yirik multimedia xoldinglaridan biri) tadqiqotiga ko‘ra, oziq-ovqat yetkazib berish xizmati mijozlarining 60% dan ortig‘i dastur orqali buyurtma berishni afzal ko‘radi.
Xizmat. Qulay katalog va savat, yetkazib berishni kuzatish imkoniyatlari, afzalliklar bo‘yicha — tanlash va boshqa xususiyatlar xarid jarayonini yanada qulay qiladi.
Qulay shartlar. Chegirmalar va bonuslar tufayli ilova orqali xarid qilish ko‘pincha foydali bo‘ladi.
Qulaylik
Odamlar telefoniga kamdan-kam hollarda keraksiz narsalarni yuklab olishadi. Agar reklama ahamiyatsiz narsani yuklab olishga ko‘ndirgan bo‘lsa, telefonni keraksiz ma’lumotlardan tozalashga qaror qilinmaguncha bu sezilmaydi. Mijoz dasturni yuklab olishi uchun u maqsadli auditoriya uchun foydali bo‘lishi kerak.
Masalan, Exedot tomonidan ishlab chiqilgan Finance App odamlarga shaxsiy yoki biznes mablag‘larini qulay va samarali boshqarishda yordam berish uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minotdir. Ushbu ilovalar odatda smartfon va planshetlar kabi mobil qurilmalarda mavjud bo‘lib, foydalanuvchilarga o‘zlarining moliyaviy ma’lumotlariga osongina kirish imkonini beradi.
Doimiylik
Mijozlarning ilovaga qanchalik tez-tez kirishini ko‘rish mumkin. Masalan, Exedot kompaniyasi tomonidan yaratilgan Benny Rideshare mobil ilovasi — yo‘lovchi va haydovchilar uchun doimiy foydalaniladigan ilovadir.
Auditoriya
Yana bir muhim jihat — kelgusidagi dastur foydalanuvchilari soni. Bularning barchasi biznes ko‘lami va o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq — birida oyiga ming foydalanuvchi allaqachon rivojlanish uchun asos bo‘ladi, boshqasida — pulni behuda sarflash ko‘rsatkichi. Exedot kompaniyasi kino ilovalari mavjud kontent, obuna modellari va qo‘llab-quvvatlanadigan qurilmalar jihatidan farq qiladigan InMovie ilovasini yaratdi.
|
| |