Mavzu: Biznes strategiyasi fanining predmeti va mazmuni «Biznes strategiyasi»




Download 35,5 Kb.
Sana20.02.2024
Hajmi35,5 Kb.
#159624
Bog'liq
1. Mavzu


Mavzu: Biznes strategiyasi fanining predmeti va mazmuni
«Biznes strategiyasi» fani korxonalarda strategik boshqaruvning nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganish bilan birga, korxona faoliyatini strategik modellar asosida tahlil qilish va strategik boshqaruv tamoyillar asosida korxonaning strategiyasiga o‘zgartirishlar kiritish, uni qayta ishlab ehiqish, shuningdek, xulosalar chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. «Biznes strategiyasi» fanining maqsadi - talabalarda biznes strategiya asoslari, strategik modellar, kompaniya va korporatsiyalaming faoliyatini tahlil qilishda mavjud strategik modellami ishlab ehiqish va amaliyotda qo‘llash uslublari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdan iborat. Fanning vazifalari:
— biznes strategiyasini iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ahamiyatini ochib berish;
— korxona faoliyatini tahlil qilishda strategik modellardan foydalanish yo‘llarini oci^anish;
— strategik rejalashtirish modellarini o‘rganish;
— korxona strategiyasini tahlil qilishda strategik modellami amaliyotga qollash bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilish;
— korxona strategiyasiga o‘zgartirish kiritish va uni qayta ishlab ehiqish bo‘yicha qarorlar qabul qilishni o‘rganadi. Zamonaviy biznesning hozii^i sharoitida har qanday boshqaruvchi shaxs uchun, o‘zi boshqarayotgan kompaniyaning taqdiri u yoki bu darajada o‘ziga bog‘liq bo‘ladi. Birinchi prezidentimiz I.A. Karimov o‘z nutqida shunday degan edi: «Iqtisodiyotimiz islohotlari va rivojining har bir bosqichida vaqtning o‘zgaruvchan talablariga, jumladan, mavjud jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga javob beradigan va boshlangan shakllanishlarning mantiqiy yakuni hisoblangan yangidan yangi vazifalar va istiqbolli yo'nalishlar aniqlanadi».1 Biznesning yo‘nalish hissiyoti — bu alohida iqtidor sohiblari tarafidan tashkilotga olib kelinuvchi tug‘ma hissiyot emas, bu hissiyot strategik boshqaruv deb atalmish, fikrlashning alohida shakli, rejalashtirish, tashkil etish va korporativ boshqaruv jarayonida yuzaga keladi. Bu holatda koiporatsiya strategiyasi turli toifadagi printsipial boshqaruv qarorlami qabul qilishda asosiy holatni cgallaydi. Strategik boshqaruv jarayonini shartli ravishda uch turga qjratish mumkin: strategik rejalashtirish, strategik tashkillashtirish, strategik nazorat va tartibga solish boshqaruvidir. Bu turlaming har birida nisbatan alohida-alohida masalalar hal qilinadi. Strategik rejalashtirish - bu raqobatbardoshlik afzalliklarini moliyalashtixish va rivojlantirish, unga erishish va saqlab qolishga olib keluvchi ichki va tashqi omillami tadbiq qilish, korxona strategik holatini tahlili jarayonidir. Strategiyaning nafaqat koiporatsiya raqobatbardoshligi jihatlarini rivojlantirishga yo‘nalgan bo£lishi, balki uni kapitalizatsiyasiga ham yo‘nalishi lozimligini ko‘pgina strategik boshqaruv muammolari bilan shug‘ullanuvchi professional mualliflar ham ta’kidlashadi. Shu jumladan Fred R. Devid shunday deb yozadi: «Tanlanayotgan strategiya qulay tashqi muhitdagi afzaliiklami ola bilishi va tashqi xatarlardan ishonchli himoya qilishi, korxonaning kuchli taraflarini samarali ravishda kapitaiizatsiyalashi va uning yordamida zaif jihatlarni bartaraf eta oli&hi kerak. Ammo, tegishli tahlil o‘tkazishda foydalanish mumkin bo‘lgan analitik qurol, hali hamon jiddiy rivojlanishga muhtoj»2. Strategik tashkillashtirish — korporatsiyani tanlagan strategiyasini nisbatan to‘liq va samarali bajarilishini taminlashni tashkil etishga moslashuv jarayonidir. Aslida bu moslashishlar qabul qilingan strategiyadan kelib chiqadigan korxonaning maqsad va vazifalari tizimini ishlab chiqish, uning o'zgarishi va resurslarini о‘mini bosishdan iborat. Strategik tashkillashtirish ko‘pincha butun strategik boshqaruv jarayonining eng qiyin bo‘g‘ini hisoblanadi, chunki bu har bir kishidan o‘ziga talabchanlikni taqozo qiladi. Buni samarali amalga oshirish menejerdan ishchilami to‘qri rag‘batlantirishni talab qiladi, bu esa san’at hisoblanadi. Strategik nazorat va tartibga solish — korporatsiya erishgan holatining tahlili va baholash jarayoni bo‘lib, pirovardida strategik maqsadlarga to‘liqroq erishishni tashkil etishdan iborat. Bizni o‘rab turgan muhit juda ko‘p elementlarning o‘zaro munosabatidan yuzaga keladigan turli voqea-hodisalardan iborat murakkab tizim. Biron bir voqeaga munosabat bildirishda, hech qachon ishonch bilan maqsad sari erishilgan barcha yutuqlami bu voqea yo‘qqa chiqara olmaydi, deb aytib bo‘lmaydi. Ammo voqea-hodisalarga munosabat bildirmay turib, o‘z maqsadimizga erishishga umid qilmasa ham bo'ladi. Shuning uchun ijobiy yutuqqa erishish imkoniyatini oshirish uchun voqealarga va u bilan aloqa tizimiga aktiv ta’sir etish, bir so‘z bilan aytganda, boshqaruv zarurdir. Tashkilotning o‘z atrofidagii munosabat xarakteriga ko‘ra boshqaruvning uch modeli (yoki turi) ko‘rsatiladi: ma’muriy situatsion va strategik. Agar bu boshqaruv turlarining mazmunini izohlasak, u holda ma’muriy va direktiv, situatsion va reaktiv, strategik va proaktiv boshqaruvlar orasiga tenglik ishorasini qo‘yish lozim bo‘ladi. Aslida ma’muriy boshqaruvning administrativ model falsafasi kabi qaror qabul qiluvchi va ijro etuvchi oiganlar mavjudligini taqozo qiladi. Javobgarlik esa qaror qabul qiluvchi organ zimmasiga tushadi. Ijro organlari esa ma’lum ko‘rsatmalar olmaguncha hech qanday harakatni amalga oshirmaydi. Shuning uchun, korxonaning ijro organi va uni o‘rab turgan olam o‘rtasida ma’muriy tizim to‘sig‘i mavjud. Voqea-hodisalar o‘zgarishiga munosabat bildirish situatsion boshqaruv falsafasi kabi, tijorat-ishlab chiqarishning samarali faoliyati trayektoriyasini bashorat qiluvchi tashkilotning normativ faoliyatini talab qiladi.
Download 35,5 Kb.




Download 35,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Biznes strategiyasi fanining predmeti va mazmuni «Biznes strategiyasi»

Download 35,5 Kb.