|
Python tili
Shunday qilib Pythonning
1.0 versiyasi 1994-yil
|
bet | 2/3 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,26 Mb. | | #234677 |
Bog'liq m6Python tili
Shunday qilib Pythonning
1.0 versiyasi 1994-yil chiqarilgan bo`lsa,
2.0 versiyasi 2000- yil,
3.0 versiyasi esa 2008-yil ishlab chiqarildi. Hozirgi vaqtda uchinchi versiyasi keng qo`llanilmoqda.
Python tili
Python bu umumiy maqsadli dasturlash uchun keng tarzda foydalaniladigan yuqori darajali dasturlash tili, chunki o'rganish oson va qulay sintaksisga ega. Undan tashqari skriptli dasturlash tillariga kiradi.
Python
- dinamik tipizatsiyaga ega
- obyektga yo'naltirilgan dasturlash(OYD)
- funksional dasturlash
- strukturali
- avtomatik xotirani boshqarish
- ko'p patokli
dasturlash tillaridan biri.
Python har xil platformalar uchun yozilgan masalan Windows, Linux, Mac OSX, Palm OS, Mac OS va hokazo. Python Microsoft.NET platformasi uchun yozilgan realizatsiyasi ham bor uni nomi IronPython.
Python tili Bugungi kunda dunyoga mashhur ko`plab kompaniyalar NASA, Google, Yandex, CERN, Apple computer, Dream Works, kosmik teleskop institutlari Pythonni ishlatishadi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlari AQSH (Koliforniya Universiteti, Florida Universiteti, Lova Universiteti, Massachustva Texnologiya Universiteti), Kanada (Toronto Universiteti, Alberto Universiteti), Buyuk Britaniya (Oksford Universiteti), Fransiya, Rossiya, Avstraliya, Ispaniyaning universitet va kollejlarida o`qitishda Python dasturlash tili qo`llaniladi.
Python tili
Pythonning o`ziga xos jihatlaridan biri bu dasturni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotirani boshqarishni hisobga olishga hojat qolmaydi. Shuningdek dasturni yozish davomida ortiqcha kod yozishdan xalos bo`linadi. Masalan: massiv elementlarini tartiblash misolini Paskal va Python dasturidagi talqinini taqqoslab solishtirib ko`raylik.
|
| |