|
MS Word va Flash MX dastur vositalari bilan tanishish. Ularni web saxifa yaratishdagi imkoniyatlari
|
bet | 2/4 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 88,5 Kb. | | #251458 |
Bog'liq Brauzer dasturlari bilan ishlash
MS Word va Flash MX dastur vositalari bilan tanishish. Ularni web saxifa yaratishdagi imkoniyatlari.
Oldingi mavzuda aytib о‘tilganidek, web xujjatlarni yaratish uchun standartlar yaratilgan. Ayniqsa HTML tili barcha brauzerlar uchun ommaviy xisoblanib, uning yordamida yaratilgan web saxifalar ixtiyoriy brauzerlarda ishlashi mumkin. Lekin bu tilda dastur tuzish xamma uchun xam qulay xisoblanavermaydi. Sababi kо‘plab operatorlarning nomlarini esda saqlab qolish bir oz qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Shuni xisobga olgan xolda, xozirgi vaqtda web saxifalarni xech qanday kod yozmasdan xam yaratish imkoniyatini beruvchi dasturlar yaratilgan. Misol sifatida MS FrontPage, MS Word va Flash MX larni keltirishimiz mumkin.
Hozirgi zamonaviy taxrir qiluvchi dasturlar yordamida oddiy animatsiyalarni va boshqa kompyuter imkoniyatlarini yaratish imkoniyati mavjud.
Xar bir web xujjat uchun bitta web saxifa mavjud bо‘lib, u uy yoki bosh saxifa (Home Page) deyiladi. Ixtiyoriy murojaat qiluvchi avvalo ushbu sahifa bilan bog‘lanadi (1-ram).
MS Word va MS FrontPage dasturlari MS Office dasturlari tо‘plamiga kiradi. Xar ikkala dasturda matnlar bilan ishlash va ularni formatlash aynan bir xilda amalga oshiriladi.
|
Web saxifa va web xujjatlar aloxida-aloxida tushunchami yoki yо‘qmi?. Javobingizni izoxlab bering.
|
Web saxifalarning fayl kengaytmasi .htm yoki .html kо‘rinishga egadir. MS Word da tashkil etilgan xujjat avtomatik tarzda .doc formatida saqlanadi. Bu faylni web saxifa kо‘rinishida saqlash uchun «Fayl» menyusidan «Soxranit kak...» buyrug‘i tanlanadi va xosil bо‘lgan muloqot oynada «Tip fayla» maydoni «web-stranitsa» ga о‘zgartirilib, «Soxranit» tugmasi bosiladi (3-rasm). Endi bu faylning natijasini web brauzerlardan birida ochib kо‘rish mumkin.
|
| |