Mavzu: Brauzer dasturlari bilan ishlash Reja: kirish matnli brauzerlar bilan ishlash Matnli brauzerlar turlari




Download 88,5 Kb.
bet1/4
Sana23.05.2024
Hajmi88,5 Kb.
#251458
  1   2   3   4
Bog'liq
Brauzer dasturlari bilan ishlash


Mavzu: Brauzer dasturlari bilan ishlash


Reja:

KIRISH
1. Matnli brauzerlar bilan ishlash
2. Matnli brauzerlar turlari
3. Xujjat tashkil qilish. Matn kiritish, formatlash va xujjatni formatlash
XULOSA
ADABIYOTLAR


Web brauzerlardan foydalanish va web saxifa tushunchasi
Internetning WWW xizmati kundan-kunga rivojlanib, mukammal ma’lumotlar manbasiga aylanib bormoqda. Uning yordamida istalgan soxada, istalgan mavzuda va istlagan vaqtda ma’lumotlarni qidirib topish, ulardan foydalanish, zarur bо‘lsa ulardan nusxa olish mumkin. Internetning ushbu xizmat turidan foydalanish uchun avvalo mijoz kompyuterida xuddi shunday imkoniyatlarni yaratib beruvchi maxsus dastur ta’minoti bо‘lishi zarur. Bunday dastur ta’minoti brauzer (Browsers) deb ataladi.
Eng birinchi brauzer CERN (Yevropa Fizika Tadqiqotlari Markazi) xodimi Tim Berner tomonidan kashf qilingan. AQShning NSCA (Milliy Super Xisoblash Markazi) xodimi Mark Andrisson va bir nechta talabalar tomonidan ishlab chiqilgan Mosaic brauzeri esa grafik ma’lumotlarni ekranda aks ettira oluvchi birinchi brauzer bо‘lgan.
Brauzer inglizcha sо‘z bо‘lib, kо‘rinishni ta’minlash, kо‘rsatish ma’nosini anglatadi.
Dunyoda eng kо‘p foydalaniladigan brauzerlar Netscape Communication Navigator va Internet Explorer lar xisoblanadi.
Bugungi kunda Netscape xamda Internet Explorer dan tashqari yana kо‘plab Opera, FMSD Friada, MSICE, Web celerator, AtGuard, AdWiper kabi brauzerlar mavjuddir. Brauzerlarga qо‘yiladigan asosiiy talablardan biri, bu internetning WWW xizmatidagi ma’lumotlar joylashgan web saxifalarini qaysi texnologiya yordamida ishlashidan, xamda qaysi dasturlash tilida yozilganidan qat’iy nazar, undan tо‘liq foydalanish imkoniyatlarini yaratib berishdir. Bu talabga xamma baruzerlar xam javob bera olmaydi. Bunga misol qilib Netscape Communicator ning Microsoft kompaniyasining VisualBasic Script tili qо‘llanilgan web saxifalarni ekranda aks ettira olmasligini keltirish mumkin.
Internet Explorer brauzeri esa ixtiyoriy web saxifani xech qanday muammolarsiz kо‘rish va undan tо‘liq foydalanish imkoniyatini yaratib beradi. Opera brauzerining muxlislari esa uni juda ixcham xajmda ekanligi uchun yaxshi kо‘rishadi. Chunki bu brauzer kompyuter tashqi xotirasidan atigi 2 Mb gina joyni egallaydi xolos. Uning juda xam tezkor ishlashi va kо‘plab Netscape ishlaydigan PlugIn lar Macromedia Flash, Acrobat Reader, Cosmo Player larni о‘zida aks ettira olishi unga bо‘lgan qiziqishga sabab bо‘lmoqda.





Web brauzerlarning imkoniyatlari qanday xususiyatlari bilan farqlanadilar?

Web saxifalar va ularni uzatish xaqida qisqacha tо‘xtalib о‘taylik.
Shaxsiy elektron xisoblash mashinalarida formatlashtirilgan elektron xujjat WYSIWYG (What You See Is What You Get) «Nimani kо‘rayotgan bо‘lsang, о‘shani olasan» prinsipida ishlaydigan matn taxrirlagichlar yordamida yaratiladi. Masalan MS Word, Lexicon, AmiPro kabilar yordamida.
Bunday dasturlar yordamida biz elektron xujjatni xoxlagan shriftda, о‘lchamda, chap yoki о‘ng tomondan tekislagan xolda yaratishimiz mumkin. Ammo biz ushbu elektron xujjatni internet yordamida e’lon qila olmaymiz. Sababi, uni о‘qimoqchi bо‘lgan boshqa bir internet mijozining shaxsiy komyuterida biz foydalangan matn taxrirlagich dasturi yoki shriftlar о‘rnatilmagan bо‘lishi mumkin. Buni oldindan aytib bо‘lmaydi. Undan tashqari ushbu matnni ochishga mо‘ljallangan «oyna»ning о‘lchamlari xaqida xech qanday ma’lumotlarga ega emasmiz. Shuning uchun xam SHEXMlarda foydalaniladigan matn taxrirlagichlar va ularning «format»lash usullaridan internetda foydalanib bо‘lmaydi.
Bunday noqulayliklarning oldini olish maqsadida yangi HTML (Hyper Text Markup Language) «gipermatnlarni belgilash tili» protokoli, standarti yaratildi. Bu standart bir qancha maxsus operatorlar majmuasidan iborat bо‘lgan HTML dasturlashtirish tili bо‘lib, uning yordamida elektron xujjatlarni internetda bevosita e’lon qilish mumkin.
Protokol – bu kompyuterlar orasidagi aloqa о‘rnatilishida, ma’lumotlarni qabul qilishi va uzatishda foydalaniladigan signallar standartidir. YA’ni, kompyuterlar protokol yordamida bir-biri bilan bog‘lanadi. Protokol tо‘g‘ri bо‘lsagina, kompyuterlar о‘rtasida aloqa о‘rnatiladi. Bu kompyuterlarning bog‘lanish tartibi yoki standartidir.
HTTP (Hyper Text Transfer Protocol) esa gipermatnlarni uzatish protokoli bо‘lib, u tarmoq protokollari ichida eng sodda va qulay protokollardan xisoblanadi. Uning asosiy vazifasi «giperbog‘lanish»dan xosil bо‘lgan URL manzilli elektron xujjatlarni о‘qishga oid sо‘rov (zapros)ni serverga jо‘natish (xuddi shu vaqtda sо‘ralayottgan xujjat joylashgan server bilan aloqa о‘rnatiladi) va sо‘ralayotgan xujjat olib bо‘lingandan sо‘ng server bilan aloqani uzishdan iborat.
HTML formatida tayyorlangan elektron xujjat HTML xujjat, web xujjat yoki web saxifa deb ataladi. Agar elektron xujjatni tayyorlash xaqida gap borsa, u xolda xujjat HTML xujjat deb ataladi, ushbu elektron xujjatni internetda e’lon qilish yoki tarqatish xaqida gap borsa, u xolda bunday elektron xujjat web saxifa deyiladi.

Download 88,5 Kb.
  1   2   3   4




Download 88,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Brauzer dasturlari bilan ishlash Reja: kirish matnli brauzerlar bilan ishlash Matnli brauzerlar turlari

Download 88,5 Kb.